M UQADDIM A
XXI asrda o ‘zbek xalqi milliy a n ’analarini o ‘rganish borasida
tarix sahifasiga yangi zarvaraqlar muhrlanmoqda. Ayniqsa, mamla-
katimiz istiqlolga erishganidan keyin xalqimizning etnomilliy
o'zligini anglash hissining kuchayishi, milliy qadriyatlar, tarixiy
a n ’analarga bo ‘lgan e ’tiborning ortishi natijasida o ‘zbek xalqi
etnogenezi va etnik tarixi m uam m olari dolzarb ilmiy-amaliy
aham iyat kasb etmoqda. Qolaversa, uzoq yillar davomida ajdod-
larimiz tom onidan yaratilgan bebaho meros, milliy qadriyatlar
va urf-odatlarning qaytadan jonlanishi ham da ularning eng ibratli,
qadriyatlarga daxldor jihatlarining jam iyat hayotiga olib kirilishi
ham etnologik tadqiqotlar dolzarbligi oshishiga turtki boMmoqda.
Boshqa tom o n d an esa aynan keyingi o ‘n yilliklarda dunyo
miqyosida kechayotgan ulkan globallashuv jarayonlari va turli
tarixiy-etncgrafik, m intaqalararo kom m unikatsiya tizim ining
takomillashuvi etnom illiy a n ’analarga jiddiy ta ’sir qilmoqda.
Qolaversa, o‘tgan XX asr tarix sahifasiga nafaqat fan-texnika
taraqqiyoti asri, balki turli-tum an m ojarolar va milliy-etnik
nizolar davri sifatida ham kirib keldi. Shu sababga ko'ra hozirgi
davrda zamonaviy etnologiya fani oldida tarixiy, ijtimoiy-siyosiy
voqyelikda shaxs va jam oa munosabatlari, zamonaviy sivilizat-
sion jamiyatda milliy madaniyatlarning o ‘rni va ahamiyati hamda
ularning saqlanib qolish omillari, etnomilliy mojarolar, ularning
paydo bo‘lish sabablari hamda m azkur jarayonlarda etnik fak-
torning o ‘rni kabi m uam m olarni o ‘rganishga jiddiy e ’tibor qara-
tilmoqda.
Maxsus adabiyotlar va darsliklardan m a’lumki, etnologiya —
etnos hayoti va u bilan bevosita bog‘liq jarayonlar to ‘g‘risida tizimli
bilimlarni beruvchi fandir.
XX asrning so‘nggi choragidan boshlab fanning tadqiqot
obyekti va m etodlarida ham ayrim o ‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
E ndilikda etnologik yo ‘nalishda ilmiy izlanishlarni am alga
oshirayotgan tadqiqotchilar nafaqat arxaik turm ush tarzi sohiblari
b o 'lg an xalqlar, balki zam onaviy industrlashgan xalqlar va
madaniyatlarni ham tadqiqot obyekti sifatida o ‘rganishga jiddiy
e’tibor qaratmoqdalar. Shuningdek, hozirgi davrda mahalliy mada-
niyatlarning etnik omillari ham tadqiqotchi olimlar diqqatini
ko‘proq jalb etmoqda.
Respublikamizda ham so‘nggi yillarda etnologlar tom onidan
tarix, arxeologiya, sotsiologiya, folklorshunoslik, m adaniyat -
shunoslik va boshqa ko‘plab ijtimoiy fanlar yutuqlari asosida
tadqiqotlar yaratish borasida e ’tiborga sazovor ilmiy ishlar
bajarilm oqda. M utaxassis olim lar to m o n id an 0 ‘zbekiston
Respublikasining turli tarixiy-etnografik mintaqalari etnologiyasi,
o'zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi, xalqimizga xos bo'lgan
etnomilliy a n ’analar va zamonaviy etnom adaniy jarayonlarni
o ‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Lekin, afsuski, a n ’anaviy
va zamonaviy jamiyatning o ‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy
etnologiyaning dolzarb m u am m o lari, yangi m ak tab lar va
nazariyalar tahlili, dunyo madaniyati evolutsiyasida etnik omil-
ning o ‘rni, madaniyatlaming tarixiy xiltna-xilliligi, antropogenez
va etnogenetik jarayonlar, milliy-etnik madaniyatning sivilizat-
sion jarayonlardagi o ‘rni va ahamiyati m uam m olarini yoritib
beruvchi ham da ularni yosh avlod tafakkuriga singdiruvchi
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar hali hanuz yetishmaydi. Shu
boisdan ham mazkur kitobda yuqorida qayd etilgan muammolarni
yaxlit bir tizimli ravishda umumlashtirgan holda talabalarga
yetkazishga harakat qilindi.
Xullas, m azkur kitobda zam onaviy etnologiya fanining
mazm un-mohiyati, tadqiqot obyekti va metodlari hamda jamiyat
hayotida ushbu fanning tutgan o ‘rni va amaliy ahamiyati keng
qamrovli manbalar, maxsus ilmiy adabiyotlar va yangi materiallar
asosida tahlil etilgan. Qisqasi, ushbu qo‘llanma m a’naviy yetuk
va malakali mutaxassislarni tayyorlashda ulkan m a’naviy ko‘z-
gu sifatida katta amaliy ahamiyatga ham ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |