materiallar orasida eng muhimlaridan biri aholini ro‘yxatga olishga
oid turli yillardagi m a’lumotlar hisoblanadi. M azkur materiallar-
dan foydalanish jarayonida tadqiqotchi o ‘zini qiziqtirgan keng
doiradagi savollarga javob topishi mumkin. Shuningdek,
bunday
materiallarning qimmati nafaqat turli yillarda bajarilganligi, balki
ularning m a’lum bir tizimlashtirilgan tartibda amalga oshirilgan-
ligi bilan ham ahamiyatlidir. Aholini ro‘yxatga olish bilan bog‘-
liq hujjatlar m a’lum yo‘nalishlarga doir savollar majmui va
ularning javoblaridan iboratdir. Bunday turkum materiallar orasida
ijtimoiy-demografik savollar majmui: jinsi, yoshi, ijtimoiy mav-
qyei, m a’lumoti, kasbi, uy-joyi turi,
mazkur hududda yashash
vaqti va shu kabi savollar muhim aham iyatga ega. Bunday
m a’lumotlarni olish — tadqiqotchi uchun umumiy etnik m an-
zarani o ‘rganish va bir nechta aholi manzillari ro‘yxati m ate-
riallarini taqqoslash orqali etnik jarayonlar dinamikasini ko‘rsatib
berishida muhim ahamiyatga molik.
Etnologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishida bevosita
xalqning hayotini o ‘rganish yoki etnologiya
tili bilan aytganda
dala tadqiqotlari
muhim ahamiyat kasb etadi. Dala tadqiqotlari
metodining shakllanishi mustamlaka xalqlar xo‘jaligi, ijtimoiy
tuzilmalari, e’tiqodi, urf-odatlari to ‘g‘risida kengroq m a’lum ot
larga ega boMish ehtiyoji tufayli shakllangan. 0 ‘sha davrdagi
mustamlakachilik siyosati manfaatlari bilan chambarchas bog'liqlik
buni taqozo etgandi. Chunki, mustamlakachilar o ‘z koloniyalari
va u hududdagi aholini boshqarishlari uchun doimiy ravishda
bunday m a’lumotlarga muhtoj bo‘lganlar.
Dala tadqiqotlari metodi ilmiy izlanuvchiga o ‘rganilayotgan et
nik muhitda uzoq muddat bo‘lish va bevosita o ‘sha
m uhitga
ko‘nikishni talab qiladi. Shu o ‘rinda ta ’kidlash joizki, tadqiqotchi
uchun, odatda, mavjud obyektda statsionar tarzda ishlash muddati
bir etnik yildan kam bo‘lmasligi kerak. Etnolog-tadqiqotchi uchun
dastlabki 2—3 oy tanishish va yangi muhitga inoslashish davri
hisoblanadi. Shundan keyingi na u etnik jamoa yoki uning bir qismi
turmush tarzini yil mobaynida ilmiy nuqtai nazardan kuzatadi.
D ala tadqiq otlarin in g qonuniyligi va sam arali b o ‘lishi
tadqiqotchi tom onidan o'rganilayotgan etnos orasida uzoq
muddat yashashni talab qiladi. Bunga amerikalik olim L.G.M organ
va rus etnografi Mikluxo Maklay tadqiqotlarini yorqin misol
sifatida keltirish m um kin. M organ
Amerikadagi hindularning
irokez qabilasida uzoq muddat yashagan b o ‘lsa, Mikluxo Maklay
Yangi Gvineya papuaslari orasida yashab, juda boy etnografik
materiallar to ‘plagan olim hisoblanadi. Statsionar tarzdagi dala
tadqiqotlari metodlarining o ‘ziga xos yutug‘i shundaki, etnologlar
xalq k u n d alik tu rm u sh ta rz in in g b ev o sita
ish tiro k ch isig a
aylanadilar. Hozirgi kunda etnologiyada m azkur m etodning
mavsumiy yoki shoshilinch tarzda o ‘tkaziladigan uslublaridan
foydalaniladi. Bu m etodda tadqiqotchi m a ’lum bir tarixiy-
etnografik hududda yashovchi aholini oldindan belgilangan reja
asosida o ‘rganadi. Bu m etod tadqiqotchi
uchun qulay b o ig a n
davrda o ‘tkaziladi. Lekin bunday holdagi izlanishlarni amalga
oshirish etnosning barcha fasllardagi turm ush tarzini o ‘rganish
imkonini bermaydi.
Dala tadqiqotlari m etodlari etnologlar uchun m oddiy va
m a’naviy m adaniyat to ‘g‘risida ham m a’lum otlar olish imkonini
beradi. Foto suratlar, chizmalar, sxemalarda moddiy, m a’naviyat
obyektlari:
etnosning m ehnat qurollari, uy-joylari, uy -ro ‘zg‘or
anjom lari, kiyim -kechaklari va shu kabi m oddiy m adaniyat
nam unalari aks etadi. Zamonaviy texnika vositasida (raqamli
videokamera va raqamli fotoapparat, audio yozuvlar) va an’anaviy
dala yozuvlarida xalq m a’naviy hayotining obyektlari va ko‘ri-
nishlari (an’analar, marosimlar, urf-odatlar, folklor qo‘shiqlari
va shu kabilar) aks etadi. Ba’zan dala
tadqiqotlari jarayonida
muzeylar kolleksiyasi uchun ayrim moddiy va m a’naviy m ada
niyat nam unalari yig‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: