A ahronqulov, A. Rahmonqulov jahon bolalar adabiyoti namoyondalari


«TELEFONDA AYTILGAN ERTAKLAR» TURKUMIDAN



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/55
Sana14.01.2022
Hajmi1,04 Mb.
#360457
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
jahon bolalar adabiyoti namoyondalari

 

«TELEFONDA AYTILGAN ERTAKLAR» TURKUMIDAN 

QUTBDAGI GUNAFSHA 

 

Bir kuni ertalab Shimoliy qutbda katta ayiq uyqudan uyg’onibdi. Uyg’onibdi-

yu,  havoni hidlay  boshlabdi. O’ng tomonga qayrilib hidlabdi  – hech nimaning isi 

kelmabdi, chap tomonga o’girilib hidlabdi — birdan g’alati bir hid sezibdi. 

– Hm, – deb to’ng’illabdi ayiq yonidagi urg’ochi ayiqqa, — bu tomonga biror 

ekspeditsiya kelib qolganga o’xshaydimi? 

Lekin  shu  payt  ayiq  bolalari  sal  naridan  binafsharang  gunafsha  topib 

olishibdi.  Gunafsha  juda  nimjon,  poyasi  ham  ingichka  ekan.  U  sovuqda  dir-dir 

qaltirarmish, lekin sira bo’sh kelmay, dadil hid taratarmish, chunki bu uning burchi 

ekan-da. 

– Oyi! Dada! — deb qichqirishibdi ayiqchalar. 

–  Shu  atrofda  g’alati  bir  narsa  bor  deb  darrov  aytdim-a,  —  debdi  oq  ayiq 

oilasiga, — Lekin menimcha, bu baliqqa o’xshamaydi. 

– Albatta, baliq emas, — debdi ona ayiq, — Qush ham emas. 

–  Ha,  to’g’ri  aytding,  –  debdi  ayiq,  xotinining  gapini  chuqur  o’ylab  olgach. 

Kechga borib bu yangi gap butun qutbga tarqalibdi. Bepoyon, ko’z ilg’amas  muz 

sahrosida  ushoqqina  binafsharang  jonivor  paydo  bo’lib,  chor  atrofga  g’alati  bir 

xushbo’y hid taratarkan. U birgina ingichka oyoqchasida qad ko’tarib turarmish va 

o’lmas emish. 

Gunafshani  tomosha  qilgani  kelganlarning  son-sanog’i  yo’q  emish.  Sibirdan 

bug’ular  chopib  kelishibdi.  Amerikadan  ho’kizsimon  hayvon  darak  topib  kelibdi, 



44 

 

morj va tyulenlar suzib kelishibdi, qayoqdandir uzoq-uzoqlardan oq shimol tulkisi 



kelib  qolibdi,  bo’rilar  yetib  kelishibdi,  birinchi  bo’lib,  albatta,  chaqimchi  dengiz 

zag’izg’onlari  yetib  kelishibdi.  Hamma  bu  g’alati,  yovvoyi  gulni,  uning  ingichka 

qaltiroq  poyasini  ko’rib  hang-u  mang  bo’libdi,  uning  nafis  xushbo’y  hididan 

to’yib-to’yib nafas olishibdi. 

Shunisi  qiziqki,  uning  hidi  kech  kelganlarga  ham  yetibdi.  Eng  so’nggi 

daqiqada ham u avvalgiday hid taratib turibdi. 

– Doimo shunday xushbo’y hid taratib turish uchun, – debdi tyulen, – butun 

bir  omborxonaga  ega  bo’lish  kerak.  Uning  muz  tagida,  qayerdadir  hoynahoy 

ombori bo’lsa kerak. 

–  Men  buni  darrov  sezgandim,  o’sha  zahoti  aytdim-a,  –  debdi  oq  ayiq,  – 

O’sha yerda bir nimasi bor! 

Ayiq  hecham  bunaqa  demagandi,  albatta,  lekin  hech  kim  uning  gapirgan-

gapirmaganini eslayolmabdi. 

Hammadan  keyin  chayka  qaytib  kelibdi,  uni  g’alati  notanish  haqida  biror 

narsa  bilib  kelgin,  deb  janubga  jo’natishgan  ekan,  u  nafasini  rostlab  olgach,  bu 

kichkina xushbo’y jonivorning gunafsha deb atalishini, boshqa joylarda – janubda 

ular millionlab topilishini gapirib beribdi. 

–  Yuborgan  elchimizni  qarang-u,  –  debdi  tyulen  ensasi  qotib,  —  Biz  biror 

yangi  gap  bilganimiz  yo’q.  Xo’sh,  bu  gunafsha  boshqa  yerga  emas,  xuddi  shu 

joyga  qanday  kelib  qoldi?  Yo’q,  to’g’risini  aytsam,  nima  gapligiga  hech  aqlim 

yetmay qoldi, juda hayron bo’lib qoldim. 

– U nima dedi, nima bo’lib qoldim dedi? — shivirlab so’rabdi ayiq xotinidan. 

– Hayron bo’lib qoldim deyapti, – urg’ochi ayiq ham shivirlab javob beribdi, 

– Xullas, boshi qotib qolganmish-da, qaysi oyog’ini bosishni bilmasmish. 

– Ha, ha, – deb gapni ilib ketibdi ayiq, – Men xuddi shunday deb o’ylovdim-

a, ko’nglimda xuddi o’sha so’zlarni takrorlovdim-a. 

O’sha  kuni  kechasi  butun  qutb  kuchli  qars-qurs  va  gumburlashdan  larzaga 

kelibdi. Butun-butun muz parchalari dag’-dag’ qaltirab, yupqa oynaday chirs-chirs 

sinibdi.  Bechora  gunafsha  muzday  havoga  o’zidagi  bor  muattar  hidini  taratibdi, 

go’yo  u  bu  bepoyon  muz  sahrosini  bir  zumda  eritib,  iliq  moviy  dengizga  yoki 

ko’m-ko’k  maysa  bilan  qoplangan  poyonsiz  ko’kalamzorga  aylantirmoqchi 

bo’layotganday  edi.  Keyin  gunafsha  holdan  toyib,  boshini  egib,  qaddini  bukibdi-

yu, shu-shu boshqa o’rnidan turolmabdi. 

Tongda  hamma  gunafshaning  so’lib  qolganini  ko’ribdi,  u  ingichka  tolasida 

egilib,  oppoq  qor  ustida  rangsiz  va  jonsiz  yotganmish.  Agar  uning  oxirgi  o’y-

fikrlarini  so’zda  ifodalash  mumkin  bo’lsa,  biz,  hoynahoy  quyidagi  so’zlarni 

eshitgan bo’lardik: 

«Mana,  men  o’lyapman,  Lekin  kimdir  boshlashi  kerak  edi-da.  Qachonlardir 

bu  yerda  million-million  gunafsha  ochilib  yotadi.  Muzlar  eriydi,  orollar  hosil 

bo’ladi, ulardan bolalarning qo’ng’iroqday sho’x kulgisi eshitilib turadi». 




Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish