121
Nazorat savollari
1. Vannaning ichki sirti nimalarda tayorlangan bo‘ladi?
2. Elektrolitik tozalashning asosiy maqsadi?
3. Elektroliz o‘tadigan muhit nexnologiyasi?
4.Katod mis nima?
1.19.Mis elektroliz ko‘rsatgichlari. Anod misni elektrolitik
rafinirlashning amaliyoti va dastgohlari
Kimyoviy modda sifatida qattiq plastmassani ishlatish ancha afzalroqdir.
Qattiq plastmassa tok o‘tkazmaydi va tokning isrofgarchiligi
kamayadi hamda
foydalanish koeffitsiyenti ortadi. Qattiq plastmassaning kamchiligi–u mo‘rt,
sinuvchan va mexanik ta’sirda tezda ishdan chiqishi mumkin. Qattiq plastmassali
qoplama qo‘rg‘oshinga nisbatan kamroq ishlaydi. Lekin qo‘rg‘oshinning
qimmatligini hisobga olganda qattiq plastmassa keng ishlatiladi.
Xorijiy
davlatlarda qattiq plastmassani rad etib, qo‘rg‘oshindan foydalanishga o‘tilmoqda.
Qo‘rg‘oshinning ishlash davrini oshirish uchun uning tarkibiga 3–6 % Sb va
0,0006 % Su qo‘shiladi. Kanada zavodlarining birida bunday kimyoviy material 28
yil uzluksiz ishlaganligi olimlar tomonidan e’tirof etilgan.
Anod sifatida sof misdan tayyorlangan plastina ishlatiladi.
Anodning eni
0,96 m, bo‘yi o‘rtacha 1 m, qalinligi 35–45 mm, og‘irligi270–350 kg ni tashkil
etadi. Katod sifatida toza misdan yasalgan ensiz plastina ishlatiladi. Katodning
o‘lchamlari anodnikiga nisbatan kattaroqdir. Bu elektr
tokining katod sirtida bir
tekis taqsimlanishi uchun qilinadi. Bu tadbir natijasida katodning chegara
qismlarida har xil o‘sish va dendiritlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Vannaga anod va katodlar navbat bilan maxsus ilgichlar orqali osiladi.
Anod va katodlar elektr zanjiriga parallel sxemada ulanadi. 7.5-rasmda
temirbetonli
vanna va anod, katodlarning vanna ichida maxsus ilgichlar orqali
osilib turishining umumiy ko’rinishi va qirqimi tasvirlangan. Temirbetonli vannada
anod va katodlar unung ichida maxsus ilgichlar orqali osib qo‘yiladi.
122
Vannaning
kattaligi anod, katodlar soni va ularning masofasiga bog‘liqdir.
Agarda vannada 34 anod va 35 katod bo‘lsa, vannaning ishchi o‘lchamlari
taxminan 4000x1000x1200 mm ni tashkil qiladi.
Vannaning kattaligini tanlash elektrodlararo masofani aniqlaydi. Amaliyot-
da oqilona deb topilgan bir xil elektrodlararomasofa 100–110 mm.
Agar masofa 100 mm bo‘lsa, anod va katodning orasi 28 mm ga teng
bo‘ladi. Bu masofa elektrodlarning qisqa tutashuviga yo‘l qo‘ymaslik
uchun eng
minimal me’yoriy o‘lchamdir.
Elektroliz vannalari doimiy elektr toki bilan ta’minlanadi. Sanoatda elektr
tokini doimiy shaklga o‘tkazish uchun kremniyli to‘g‘rilagichlar ishlatiladi. Ularda
tokdan foydalanish koeffitsiyenti 98–99% ni tashkil qiladi. To‘g‘rilagichning
ishchi kuchlanishi 250–300 V atrofida bo‘ladi.
Mis elektroliz sexida vannalar seriyalar va qatorlar shaklida o‘rnatiladi.
Agarda o‘rtacha 1780 dona vanna bo‘lsa, 290 vannadan 6 qator yoki 220 vannadan
terilgan 8 qator bo‘lishi mumkin. Seriyalar vannalarni tok bilan ta’minlashni
hisobga olgan holda ketma-ket o‘rnatiladi. Talab qilingan tok kuchini ta’minlash
maqsadida vannalar qatori elektr zanjiriga birin-ketin bog‘lanadi.
Agarda tok to‘g‘rilagichdan chiqayotgan tokning kuchlanishi 240 V bo‘lsa,
vannadagi kuchlanish 0,3 V ga teng bo‘ladi, bu holatda bitta to‘g‘irlagichdan
ta’minlanayotgan vannalarning soni quyidagicha topiladi:
240 : 0,30 = 800 vanna.
Jarayonning oqilona boshqarilishi vannadagi
kuchlanishning pasayishiga
imkon yaratadi. Ayrim zavodlarda vannadagi kuchlanish 0,2–0,025 Vni tashkil
qiladi. Agarda vannadagi kuchlanish 0,25 V bo‘lsa,
unda bitta seriyadagi
vannalarning soni
250 : 0,25 = 960 ni tashkil qiladi.