18
kelmoqda. Rudani saqlash maskani 5 km masofagacha bo‘lgan joyga avtoulovda,
so‘ng 20 km gacha temiryo‘l bilan boyitish fabrikasiga jo‘natiladi.
Pog‘ona balandligi 15 metr. Ortish jihozlari sifatida ekskavatorlar, parmalash
jihozlari, sharsimon parmalash dastgohlari, BelAZ–549
avtosamosvallari
ishlatiladi.
Karyer o‘lchovlari: uzunligi–1,5 km; kengligi–1 km, nisbiy chuqurligi–0,25 km.
Ruda bo‘yicha yillik loyihaviy karyer quvvati–5 mln. tonna, balans ma’dan zaxiralari
taxminan 85 mln. tonnani tashkil qiladi.
Uchquloch koni
.
Kon O‘zbekiston Respublikasining Jizzax viloyatida,
Olmaliqdan 320 km janubi-g‘arb tomonda joylashgan. Uchquloch qo‘rg‘oshin-rux
koni strat shaklidagi qo‘rg‘oshin-rux konlariga xos namuna va eksgalatsion
quyqadan hosil bo‘lgan (pnevmotolitgidrotermal, Popov bo‘yicha, 1965-y). Asosiy
minerallar murakkab tasmasimon va qatlamsimon shaklga ega bo‘lib, yuqori
Uchquloch tog‘ jinsining qator qatlami dolomitlarda
joylashgan hamda
vulkonogen-quyqadan hosil bo‘lgan tog‘ jinslarida sig‘imli jinslarning struktura
elementlarini takrorlaydi. Mineral jismlarga to‘yinib kengayishi va quvvat bo‘yi-
cha ortiqcha qisilganligi ko‘pincha ularning linzali shakliga sabab bo‘lgan.
Makonda joylashish xususiyati va geologik tuzilishiga ko‘ra, Uchquloch
konidagi ma’dan jinslari ikki guruhga ajratilgan. Ma’dan jismlarning birinchi
guruhi antiklinal markaziy qismida sinklial murakkablashtirish tarzida joylashgan.
Keltirilgan va bir necha nishabli linza konlari birin-ketin joylashgan.
Mineral
jinslarning ikkinchi guruhi Xanbanditau antiklinalning shimoliy qanotiga ulanib va
asosan, tikka tushayotgan kondan iboratdir.
Uchquloch geologik qirqmasida metallurgik jarayon pastki Uchqulochdan
Quruqsoy bo‘g‘zi qatlamlarida biroz kuchaygan. Mineral jismlarning ikkinchi
guruhi – bu sanoat ma’danlanishining asosiy qismi bo‘lib, u Uchquloch dolomit
qalinligi yoyilmasi shaklida bir joyda to‘planib qolgan.
Pastki Uchquloch va
mensvitalariga ulangan ma’danlanish oz va ancha sust kechadi.
19
Mineral jismlarning kimyoviy tarkibi oddiy. Minerallar galenit, sfalerit va
bariy bilan joylashgan bo‘lib, faqat qirqma holda hamda rejada joylashganligi
nisbati bilan ajralib turadi. Asosiy ma’dan minerallardan tashqari (galenit, sfalerit,
barit) pirit, bornit va boshqa ma’danlar rivojlangan.Yer po‘stlog‘ining yorig‘idan
chiqariladigan minerallar: dolomit, kalsit, kvarsdan iboratdir.
Zararli aralashmalar
amalda qayd etilmagan. Uchquloch konining asosiy zaxiralari ochiq usulda qazib
olinmoqda. Karyerdan maydalash punktiga rudani avtomobil transporti bilan
yetkazib, u yerdan temiryo‘l bilan 320 km masofaga Olmaliq qo‘rg‘oshin-rux
boyitish fabrikasiga yuklab jo‘natiladi. Uchquloch suv tanqisligi sababli o‘z
boyitish fabrikasiga ega emas. Kelgusida zaxiralarning bir qismini yerosti usuli
bilan ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Lekin Uchquloch
rudasidan foydalanish
iqtisodiy jihatdan uncha katta foyda bermasligi aniqlanganligi, jahon amaliyotida
qayta ishlab chiqaradigan asosiy ma’danlarga nisbatan qo‘rg‘oshin va ruxning jami
miqdori 3–4 marta kamligi sababli yerosti konining qurilishi vaqtincha
to‘xtatilgan. Rudani qazib olish bo‘yicha karyerning loyihaviy quvvati yiliga 1100
ming tonna mineralli rudani tashkil qiladi. Karyerda ma’dan zaxiralari:
qo‘rg‘oshin, rux, bu esa kon ishlarining loyihaviy unumdorligi 20–35
yilga
ta’minlanishi rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: