Nazorat savollari
1.
Kobaltni eritmadan ajratib olish usuli?
2.Konverter jarayonining asosiy maqsadi?
3.Kobalt metalli nimalarda ishlatiladi?
4.Kobalt metalning jahon bozoridagi narxi?
3 BOB. RUX ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
3.1.
Rux metallurgiyasiga doir ma'lumotlar, hom ashyo tavsifi va ajratib
olishning asosiy texnologiyalar
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rux, alyuminiy va misdan keyin uchinchi
o‘rinda turadi. Bir yilda dunyoda 5-7 mln.t rux ishlab chiqariladi. Olmaliq tog‘-
metallurgiya kombinati tarkibidagi rux zavodi bir yilda 100 ming tonnadan
ziyodroqdir rux ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Xorijiy davlatlarda rux ishlab chiqarish quyidagilarda mavjuddir: AQSH,
YAponiya, Rossiya, Kanada, Avstraliya, Olmoniya, Fransiya, Bolgariya, Polsha,
Qozog‘iston va boshqalardir.
142
Dunyo miqyosida ishlab chiqarilgan rux quyidagi sohalarda ishlatiladi,%:
- oq tunika olish 36;
- latun va bronza olish 26;
- quymakorlik 26;
- rux prokati 3;
- kimyo mollari 6,5.
Ruxni asosiy o‘zlashtiruvchi davlatlar AQSH, YAponiya, Olmoniya,
Rossiya. O‘zbekiston o‘zining mahsulotini xorijiy davlatlarga eksport qiladi. 1
tonna ruxning narxi dunyo bozorida (2011 yilning ko‘rsatgichlari bo‘yicha) 2200 -
2300 AQSH dollarida sotiladi.
Rux xom ashyosining tavsifi
Tabiatda rux asosan sulfid birikmasi holatida uchraydi, shunindek ruxning
oksidlangan birikmalari ham mavjuddir.
Ishlab chiqarishda keng miqdorda kompleks rux – qo‘rg‘oshin sulfidli
polimetallik rudalar qo‘llaniladi. Bu rudalarda asosiy metallardan tashqari mis,
kadmiy, nodir va kamyob metallar mavjud. Hozirgi paytda qayta ishlaga jalb
etiladigan rudalarning tarkibida ruxning miqdori 1,5 %, rux-qo‘rg‘oshin rudalarda
1,0 – 1,5% Zn va 0,4 -0,5% Pb mavjud. Bu rudalar qayta ishlashdan oldin
boyitiladi. Asosiy boyitish usuli - selektiv flotasiyadir. Oldin rudadan kollektiv
rux-qo‘rg‘oshin boyitmasi olinadi, keyin u alohida rux va qo‘rg‘oshin
boyitmalariga ajratiladi.
Sulfidli rudalarda rux asosan sfalerit – ZnS shaklda uchraydi. Oksidlangan
rudalarda rux karbonat ZnCO
3
(smitsonit) va gidrosinkiy ZnSO
3
* 2 ZnS (ON) va
silikat (valletit Zn
2
SiO
4
) turlarda uchraydi.
Boyitish natijasida ruxni boyitmaga o‘tish darajasi 70-85% tashkil qiladi.
Rux boyitmasini taxminiy tarkibi quyidagicha, %: Zn 40-60; Pb 0,2-3,5; Cu 0,15 -
2,3; Fe 2,5-13; S 30-35; Cd 0,1-0,5; As 0,03-0,3; Sb 0,01-0,07; In 0,001-0,07.
Boyitmaninggranulometrik tarkibi 30-35% (-75 mkm) dan 70-90% (-75mkm)
gacha o‘zgaradi.
143
Boyitmaning asosiy texnologik ko‘rsatgichlar quyidagilardir:
- zichlik - 3,4-4,3 g/sm
3
;
- to‘kilmoq massasi - 1,9-2,3 g/sm
3
;
- namlik - 10-16%;
- quritilgandan keyingi namligi - 6-8 %.
Do'stlaringiz bilan baham: |