5
shunchalik ko‘p bo‘ladi, bu esa signal chastotasi F ni ko‘payishi-
ga asos bo‘ladi.
Inson qulog‘i tovush tebranishlarining F
min
= 16 Hz dan
F
max
= (16
– 20) kHz gacha bo‘lgan oralig‘ini qabul qiladi.
Radiotelefoniya, ya’ni tovush xabarlarini elektromagnit
to‘lqin yordamida uzatish. Oraliq bosqichida ikki zanjirdan
tash kil topgan sxemani ko‘rib chiqamiz (2-rasm). Uzatuvchi,
doimiy kuchlanish manbayi U
o
, mikrofon M va induktivlik
L
uzat
tash kil topgan va qabul qiluvchi, induktivlik L
q.q.
va tele-
fon T dan tashkil topgan.
Zanjirlar magnit maydoni bilan bog‘langan ikkala induk-
tiv g‘altakni o‘z ichiga oladi. Uzatuvchi zanjirning toki tovush
teb ranishlari qonuni bo‘yicha pulslanadi. O‘z navbatida magnit
maydon toki ham o‘zgaradi. Maydoning o‘zgaruvchan tashkil
etuvchisi qabul qiluvchi zanjirda EYuKni induksiyalaydi va un-
da telefonga ta’sir ko‘rsatuvchi tovush chastotali tok hosil qi-
ladi.
Bu usul bilan simsiz aloqani tashkil qilish mumkindek tuyu-
ladi. Haqiqatda esa buning iloji yo‘q. Bio-Savar qonuniga aso-
san doimiy yoki sekin-asta o‘zgaruvchi tok keltirib chiqargan
magnit maydon kuchlanuvchanligi o‘tkazgichli tokdan r maso-
fada uning to‘rtinchi darajasiga proporsional boladi. Agar may-
don energiyasi kuchlanuvchanlik kvadratiga proporsionalligini
inobatga olsak, energiya zichligi r masofada to‘rtinchi darajaga
proporsional kamayadi. Bunday sharoitda kichik masofada va
zanjirlar orasidagi kuchli bog‘lanishda telefon membranasi in-
tensiv tebranishlarini hosil qilishga erishish mumkin. Signallar-
ni erkin o‘zgaruvchan elektromagnit maydon yordamida uza-
tishda boshqacha nisbatlar olinadi.
Faraz qilaylik, bizda erkin elektromagnit maydon hosil qilin-
gan, ya’ni manba uyg‘otgandan uzluksiz uzoqlashayotgan va
unga qaytib kelmaydigan, uyg‘otgich quvvati P
Σ
bo‘lgan elek-
tromagnit to‘lqinlar tarqatsin. Agar tashqi muhitdagi elektro-
magnit energiyasi yutinishini inobatga olmasak, u holda tarqa-
tilayotgan barcha energiya sfera orqali o‘tadi. Sferaning r radiu-
sida uning yuzasi 4πr
2
ga teng, quvvat oqimi zichligi esa ush-
6
bu sfera orqali o‘tuvchi P=P
Σ
/4πr
2,
bu zichlik r masofa kvadra-
tiga teskari proporsional. Demak, elektromagnit to‘lqinlari oqi-
mi quvvatining zichligi maydon kuchlanuvchanligi kvadratiga
proporsional. Agarda uzatuvchi antenna yuqori chastotali tok
bilan oziqlantirilsa, u holda induksiya hududidan nurlanish hu-
dudi keladi, unda elektromagnit maydoni erkin; erkin maydon
energiyasi uzatuvchi antennaga qaytib kelmaydi, balki elektro-
magnit to‘lqin ko‘rinishida turli yo‘nalishlarda tarqaladi. An-
tennadan uzilgan maydon elektromagnit to‘lqinlarini hosil qi-
ladi va fazoda yorug‘lik tezligi bilan tarqaladi.
Maydon induksiyasi qanchalik tez o‘zgarsa, maydon nurla-
nishi intensivligining hosil bo‘lishi shunchalik tez bo‘ladi. Shu-
ning uchun eff ektiv radioto‘lqin nurlanishi faqatgina yuqori
chastotalardagina bo‘lishi mumkin. Bu yuqori chastotalar ra-
diochastotalar deb nomlanadi. Tovush chastotalarida ham nur-
lanishni amalga oshirsa bo‘ladi, ammo buning uchun juda kat-
ta o‘lchamdagi antennalar talab qilinadi. Keyingi vazifa ma’lu-
mot ni radioto‘lqinlar orqali qanday qilib uzatish mumkinligi-
dir: chunki to‘lqinlar yuqori chastotaga ega, ma’lumotni aks e i-
ruvchi signal esa nisbatan past chastotaga ega. Buni modulyat-
siya yordamida amalga oshiriladi. Modulyatsiya jarayonida
yuqori chastotali radiosignal past chastotali signalning qonu-
ni bo‘yicha o‘zgartiriladi. O‘zgarish qonuni amplituda, chastota
yoki faza bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Modulyatsiyalangan yuqo-
ri chastotali tebranishlar ma’lumotni tashuvchi hisobla nadi.