A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

37
 
                                                           
37
 Byudjеt Kodеksi ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan tayorlandi. 


Davlat  byudjeti  pul  resurslarining  markazlashtirilgan  jamg‗armasi 
(fondi)  bo‗lib,  mamlakat  hukumati  boshqaruv  organlarini,  qurolli 
kuchlarni  tutib  turish,  shuningdek,  iqtisodiy,  ijtimoiy  funksiyalarni 
bajarish uchun uni tasarruf etadi.  
Hozirgi  shart-sharoitda  byudjet  davlatning  iqtisodiyotni  tartibga 
solish, xo‗jalik faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatish, shuningdek, inqirozga qarshi 
chora-tadbirlarni  amalga  oshirishning  qudratli  vositasi  hamdir.  Hozirgi 
davlat  byudjeti  uning  butun  xilma-xil  funksiyalarini  aks  ettiradigan 
murakkab,  ko‗p  ko‗rinishli  hujjat  hisoblanadi.  Avvalo  byudjetda  davlat 
xarajatlari  va  daromadlari  tartibi  o‗z  aksini  topadi.  Xarajatlar  byudjet 
mablag‗ini sarflanish yo‗nalishlari va maqsadlarini ko‗rsatadi. 
Xarajat  moddalarining  ahamiyati  juda  muhim,  chunki  ularning 
qanchalik  maqsadga  muvofiqliligi  mazkur  davlat  soliq  to‗lovchilari 
zimmasiga yuklatiladigan soliq yukiga bog‗liq bo‗ladi. Bundan shu narsa 
ravshanki,  mazkur  aniq  davrda  amal  qiladigan  soliqlar  tizimi  (soliq 
miqdori,  ularni  stavkalari,  soliq  solinadigan  baza)  davlat  byudjetida 
xarajatlarning  qanday  moddalari  ko‗zda  tutilganiga  va  ularni  qoplash 
uchun qancha miqdorda mablag‗lar zarurligiga to‗la ravishda bog‗liqdir. 
Iqtisodiyotni  ishlab  chiqarish  sektorlari  faoliyati  uchun  eng  qulay 
shart-sharoitlarini  yaratish  bilan  bog‗liq  xarajatlar  davlat  xarajatlarining 
eng muhim moddalari qatoriga kiradi.  
Nazorat-iqtisodiy 
ishlarni 
tashkil 
qilishda 
yetakchi 
rolni 
O‗zbekiston  Respubikasi  Moliya  vazirligi  bajaradi.  Har  yili 
mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  tahlil  qilinadi 
va o‗tgan yillar bilan solishtiriladi. 
Mahalliy  byudjetlar  ijrosini  taftish  va  tekshirishlardan 
o‗tkazish Moliya vazirining buyrug‗iga asosan amalga oshiriladi va 
vazirlikning barcha soha mutaxassislari jalb qilinadi. 
Bundan  tashqari,  moliya  organlarida  hukumat  topshiriqlari  va 
Moliya  vazirligi  Hay‘ati  yig‗ilishi  hamda  vazirlik  rahbariyati 
topshiriqlariga asosan ma‘lum bir yo‗nalish, soha bo‗yicha mavzuli 
tekshirishlar ham o‗tkazilishi mumkin. 
Yana  shuni  e‘tirof  etish  lozimki,  o‗tgan    yilni  muvaffaqiyatli 
yakunlash  va  joriy    yilgi  Davlat  byudjeti  parametrlari  ijrosi  jarayonida 


byudjet  intizomiga  qat‘iy  rioya  etilishini    hamda  O‗zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining    ―O‗zbekiston  Respublikasining  kelgusi  
yilgi  asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti 
parametrlari to‗g‗risidaˮgi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida har  yili 
Moliya  vazirligining  1-2-sonli  buyruqlari  chiqariladi  va  shu 
buyruqqa  asosan  moliya  organlari  ustidan  nazorat  ishlari  amalga 
oshirilib boradi. 
Davlat  byudjeti  parametrlari  ijrosi  jarayonida  byudjet  intizomiga 
qat‘iy rioya etilishini ta‘minlash maqsadida quyidagilar belgilanadi: 
O‗tgan    yil  uchun  Davlat  byudjeti  ijrosi  to‗g‗risidagi  hisobotlarni 
o‗z  vaqtida  va  sifatli  shakllantirilishini  ta‘minlash  maqsadida,  Davlat 
byudjeti  bosh  boshqarmasi  va  Hududlar  moliyasi  bosh  boshqarmasi, 
Moliya  vazirligi  G‗aznachiligi  va  uning  hududiy  bo‗linmalari,  hududiy 
moliya  idoralari  belgilangan  muddatda  byudjetlararo  o‗zaro  hisob-
kitoblarni tartibga solinishini ta‘minlashlari;  
Byudjet  tashkilotlarining  joriy  yil  uchun  xarajatlar  smetalari  va 
shtatlar  jadvallarini  ro‗yxatga  olish  tugallangunga  qadar,  quyidagilar 
ma‘lumot va ijro uchun qabul qilishlari: 
-xarajatlarni moliyalashtirish (to‗lovlarini amalga oshirish);   
―O‗zbekiston  Respublikasi  Byudjet  Kodeksi‖  hamda  O‗zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligining  ―Byudjet  tashkilotlari  va  byudjet 
mablag‗lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, 
tasdiqlash  va  ro‗yxatdan  o‗tkazish  tartibi  to‗g‗risidagi  Nizomni 
tasdiqlash  haqida‖gi    (ro‗yxatga  olish  raqami  №  2634,  15.12.2014) 
buyrug‗iga muvofiq amalga oshiriladi. 
Respublika va mahalliy byudjetlar xarajatlari quyidagilarga asosan 
amalga oshiriladi:  
-Respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriluvchi 
tashkilotlar 
bo‗yicha – joriy  yil; 
-I chorak uchun dastlabki (vaqtinchalik) xarajatlar yoyilmalari; 
-Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjetidan,  viloyatlar,  Toshkent 
shahar va tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriluvchi 
tashkilotlar  bo‗yicha – joriy    yil  I  chorak  uchun  vaqtinchalik  xarajatlar 
smetalari.  


O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining    joriy    yilgi  Davlat 
byudjeti parametrlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, Moliya vazirligining 
tarmoqlarni 
moliyalashtirish 
boshqarmalari 
boshliqlari, 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Moliya  vaziri,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar  Moliya  boshqarmalari  boshliqlari,  shuningdek,  tuman  (shahar) 
moliya bo‗limi mudirlari: 
-xarajatlar  yoyilmasini  tuzish  hamda  byudjet  tashkilotlarining 
xarajatlar  smetalari  va  shtatlar  jadvallarini  ro‗yxatdan  o‗tkazishda 
O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetida  turuvchi  tashkilotlarning 
xarajatlar smetasi  va shtatlar jadvalini tuzish, ko‗rib chiqish, tasdiqlash 
va  ro‗yxatdan  o‗tkazish  tartibi  to‗g‗risidagi  nizomga,  shuningdek, 
amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga qat‘iy rioya etilishini;  
-birinchi navbatda I va II guruh xarajatlariga, IV guruh xarajatlari 
bo‗yicha esa tegishli byudjetlarning tasdiqlangan xarajatlar parametrlari 
doirasida kommunal xizmatlar, ko‗mir sotib olish va yetkazish, yoqilg‗i 
va  YaMM,  dori-darmon  va  oziq-ovqat  mahsulotlariga  zarur  mablag‗lar 
rejalashtirilishini;  
-o‗tgan   yilda  amalga  oshirilgan  haqiqiy  xarajatlarni,  byudjet 
mablag‗lari  oluvchilar  sonining  o‗zgarishini  har  tomonlama  tahlili 
asosida, shuningdek, xarajatlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda 
byudjet mablag‗lari oluvchilariga byudjet mablag‗larini taqsimlanishini. 
Bunda,  xarajatlar  smetasini  ro‗yxatdan  o‗tkazish  jarayonida 
vujudga  kelgan  bo‗shab  qoladigan  mablag‗larni  kelgusi    yil  byudjet 
xarajatlari  yoyilmasining  tegishli  bo‗limi,  999-kichik  bo‗limi  ―Alohida 
tashkilotlarga  maqsadli  xarajatlar  uchun  ajratiladigan  mablag‗lar‖,  92-
bobi ―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi‖, 48,21,180 moddasida 
ko‗zda tutish lozim;  
-byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  yoyilmasini  belgilangan 
muddatda va tartibda tayyorlanishini;  
-byudjet  tashkilotlarining  joriy    yilgi  shtatlar  jadvali  va  xarajatlar 
smetasini  tegishli  byudjet  parametrlari  tasdiqlangandan  boshlab  40 
kundan    kechiktirmay  ro‗yxatdan  o‗tkazish,  shuningdek,  ro‗yxatdan 
o‗tkazilgan  xarajatlar  smetalarida  qayd  etilgan  ma‘lumotlarni 


―G‗aznachilik-4‖  dasturiy  majmuasiga  o‗z  vaqtida  kiritish  choralari 
ko‗rilishini; 
-joriy    yil  uchun  byudjet  xarajatlari  yoyilmasiga  indeksatsiya 
mablag‗larini  belgilangan  ilovadagi    koeffisiyentlarga  muvofiq  kiritish 
hamda  ularni  belgilangan  tartibda  faqatgina  O‗zbekiston  Respublikasi 
Moliya vazirligining ruxsati bilan ishlatilishini ta‘minlashlari lozim. 
 
Yuqoridagi  rasmda  Davlat  byudjeti  xarajatlari  dinamikasi  aks 
ettirilgan. Davlat byudjeti xarajatlarining salmog‗i o‗sib bo‗lmoqda.  
Asosiysi,  byudjet  sohasi  xodimlari  ish  haqlari,  pensiya  va 
nafaqalarini  inflyatsiya  ko‗rsatkichidan  yuqori  oshirish  bilan  birga 
tarbiyachilar,  o‗qituvchilar,  ilmiy  xodimlar,  professor-o‗qituvchilar, 
madaniyat  xodimlarining  ish  haqlari  30  foizdan  100  foizgacha 
oshirildi
38

2018-yilda  davlat  byudjeti  xarajatlarining  asosiy  parametrlarida 
davlat  byudjet  xarajatlari  (maqsadli  jamg‗armalarsiz)  jami  79736.1 
mlrd.so‗mni  tashkil  qilgan.  Uning  tarkibidagi  eng  yuqori  ko‗rsatkich 
ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo‗llab-quvvatlash  xarajatlari 
hisoblanadi.  Ikkinchi  o‗rinda  esa  19538,2  mlrd  so‗m  bilan  boshqa 
xarajatlar  hisoblanadi.  Bu  ko‗rsatkichlardan  shuni  ko‗rishimiz 
mumkinki,  davlatimiz  byudjeti  ijtimoiy  yo‗naltirilgan  byudjet 
hisoblanadi. 
1-jadval 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish