Rasm.5.1.
Byudjet jarayoni bosqichini
Byudjet jarayoni
Byudjet
loyihasini ishlab
chiqish
Byudjetni ijro etish
va uning
bajarilishini
nazorat qilish
Byudjetni ko‗rib
chiqish va tasdiqlash
Byudjet ijrosi va
uni tasdiqlash
to‗g‗risidagi
hisobot tuzish
Byudjet jarayoni byudjet faoliyatining to‗rt bosqichini qamrab oladi:
Byudjet loyihasini tuzish bosqichida quyidagi masalalar hal etiladi:
keyingi byudjet yili uchun byudjet hajmi, soliq va pul-kredit siyosati,
mablag‗lardan foydalanishning asosiy yo‗nalishlari, byudjet defitsitini
qoplash manbalari va byudjet tizimining byudjetlari o‗rtasida
daromadlarning taqsimlanishi belgilanadi.
Byudjet loyihasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlar qo‗yiladi:
– iqtisodiyot samaradorligini oshirishga faol ta‘sir;
– moliyaviy va boshqa resurslarni iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar –
hukumat prognozlari bilan muvofiqlashtirishni ta‘minlash;
– mablag‗larni sarflashda zarur nisbat va ustuvorliklarni belgilash;
– byudjet defitsitini qoplash uchun manbalarni topish.
Byudjet loyihasini tayyorlash boshlanishidan oldin Moliya vazirligi
vazirliklar va davlat idoralari rahbarlariga muayyan sanagacha xarajatlar
smetasi va ehtimoliy daromadlar hisobini taqdim etish bo‗yicha direktiv
ko‗rsatmalar yo‗llaydi. Bir qator mamlakatlarda, masalan, Fransiyada
ularga ehtimoliy ajratmalarning umumiy nazorat raqamlari ma‘lum
qilinib, ular byudjet aziralari (so‗rovlari) va smetalarning asosi sanaladi,
boshqalarda esa byudjet so‗rovlari davlat organlari tomonidan mustaqil
ravishda jo‗natiladi.
Byudjet to‗g‗risida qaror qabul qilayotganda, iqtisodiy rivojlanish
istiqbollari, inflyatsiya darajasi, ish bilan bandlik, ijtimoiy himoyadan
foydalanadiganlar soni hisobga olinadi. Byudjetni tayyorlash jarayonida
davlat boshlig‗i, hukumat, Moliya vazirligi, vazirlar va boshqa davlat
idoralarining rahbarlari o‗rtasida axborot almashish, takliflar va
baholashlar kuzatiladi.
Kelgusi yil uchun, shuningdek, o‗rta muddatli istiqbol (3-5 yil)
uchun byudjet loyihasini ishlab chiqish paytida daromad va xarajatlarni
hisoblashning turli metodlaridan foydalaniladi: dasturiy-maqsadli metod,
jumladan, tizimli tahlil, iqtisodiy modellar va boshqalar.
Byudjet tartiboti – byudjetlarning daromad bazasini minimal
zaruriy darajagacha tenglashtirish maqsadida turli darajadagi byudjetlar
o‗rtasida daromadlarni taqsimlash va mablag‗larni qayta taqsimlash
jarayoni byudjet jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Byudjet loyihasini ko‗rib chiqish va tasdiqlash. Byudjet loyihasi
oliy ijro organi – Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma‘qullangandan
so‗ng ko‗rib chiqish va tasdiqlash uchun qonun chiqaruvchi organ –
parlamentga yuboriladi. Parlament palatalarida aniq byudjet masalalari
bilan ko‗pincha dasturlar bo‗yicha shug‗ullanadigan maxsus qo‗mita va
komissiyalar mavjud.
Ular byudjet loyihasini batafsil tahlil qilishadi, tuzatishlar
kiritishadi va xulosa berishadi. So‗ngra, har bir palata byudjetni qabul
qilganidan keyin va ular o‗rtasida ixtiloflar yo‗q bo‗lgan sharoitda
byudjet haqida parlamentning umumiy qarori qabul qilinadi. Agar
ixtiloflar yuzaga kelsa, ular ikkala palata vakillaridan tashkil topgan
kelishuv komissiyasiga taqdim etiladi. Byudjet jarayonining ushbu
bosqichi byudjetni qabul qilish bilan yakunlanadi.
Byudjet ijrosi va uning ijro etilishi ustidan nazorat. Byudjet ijrosi
byudjet jarayonining ijro hokimiyati, moliya va soliq organlari, kredit
tashkilotlari, soliq to‗lovchilar va byudjet mablag‗lari oluvchilari –
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet mablag‗laridan
foydalanish va safarbar qilish harakatlarini o‗z ichiga oluvchi muhim
bosqichi sanaladi. Ushbu jarayon daromadlarning yaxlit va har bir
manba bo‗yicha tushumini, shuningdek, moliya yili davomida byudjet
mablag‗larini tasdiqlangan chegarada tashkilot va muassasalarning
xarajatlari uchun to‗lanishini ta‘minlaydi.
Byudjet jarayonining mazkur bosqichida byudjetning kassa ijrosi –
mamlakat hududlarida byudjet mablag‗lari yig‗imini tashkil etish,
ularning saqlash va sarflash, shuningdek, hisob va hisobotini yuritish
muhim element hisoblanadi.
Byudjet ijrosi vakolatli organ tomonidan ma‘qullangandan so‗ng
boshlanadi. Moliya organlari byudjetning bajarilishini ta‘minlash uchun
har bir moliya organining bo‗linmalarining vazifalarini nazarda tutuvchi
tashkiliy rejani tayyorlaydi. So‗ngra, byudjet daromadlarini bir xil
safarbar qilish va byudjetdan to‗lanadigan tadbirlarni pul mablag‗lari
bilan uzluksiz ta‘minlash maqsadida byudjetni choraklar bo‗yicha
taqsimlash amalga oshiriladi.
Xarajatlar bo‗yicha byudjet ijrosi quyidagi bosqichlarga ega:
– byudjet mablag‗lari oluvchilariga va taqsimlovchilariga byudjet
mablag‗larini ajratish va tasdiqlash;
–byudjet
mablag‗lari
oluvchilar
tomonidan
byudjet
majburiyatlarining qabul qilinishi (byudjet mablag‗lari oluvchilar
tomonidan rasmiylashtirilgan byudjetga talablar qo‗yish huquqi);
– byudjet majburiyatlarining bajarilishini tasdiqlash va tekshirish;
– bajarilgan majburiyatlar bo‗yicha xarajatlar va to‗lovlar.
Jahon amaliyotida g‗aznachilik, bank va aralash byudjet ijro tizimi
mavjud.
G‗aznachilik tizimida byudjet ijrosini tashkil qilish, ularning hisob
va byudjet mablag‗larini boshqarish maxsus moliya organi –
G‗aznachilik tomonidan amalga oshirilib, u barcha byudjet mablag‗lari
oluvchilari va taqsimlovchilari uchun kassir sanaladi va byudjet
muassasalari nomidan va ularning topshirig‗iga ko‗ra to‗lovlarni amalga
oshiradi.
Bank tizimida byudjetlarni tashkil etish va ijrosi funksiyasini
Markaziy banki (tijorat banklari ishtiroki ham mumkin) bajaradi.
Byudjet hisobiga xizmat ko‗rsatishning aralash tizimida ham,
G‗aznachilik, ham Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Daromad bo‗yicha byudjet ijrosi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
– byudjet daromadlarini yagona G‗aznachilik hisobvarag‗iga
o‗tkazish va qayd qilish (g‗aznachilik tizimida byudjet ijrosi);
– tasdiqlangan normativlarga muvofiq davlat tartibot soliqlarini
byudjetlar o‗rtasida taqsimlash;
– tegishli byudjetlarda daromadlarni qayd qilish;
– ortiqcha to‗langan daromadlar summasini qaytarish;
– byudjet daromadlarini hisoblash va byudjet tasnifiga muvofiq
daromad haqida hisobot tuzish.
Byudjet xarajatlari ijrosi byudjet xarajatlarini tasdiqlash va
moliyalashtirish tartibini amalga oshirishni nazarda tutadi. Tasdiqlash
quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
– davlat byudjetidan byudjet mablag‗larini ajratish va tasdiqlash;
– davlat byudjetining majburiyatlari chegaralarini tasdiqlash va
etkazish;
– davlat byudjetining majburiyatlarini qabul qilish;
– davlat byudjetining to‗lov majburiyatlarini tasdiqlash.
Byudjet ijrosi jarayonida xarajatlarning rejaviy miqdorida, masalan,
daromadlar bo‗yicha prognozning bajarilmasligi yoki ortig‗i bilan
bajarilishi oqibatida o‗zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Byudjet ijrosi moliya yoki byudjet yili davomida amalga oshiriladi.
Uning boshlanishi va vaqt chegaralari turli mamlakatlarda turlicha, bu
tarixiy an‘analar, shuningdek, parlament sessiyalarining muddatlariga
bog‗liq. Misol uchun: Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Rossiya,
Qozog‗iston, O‗zbekistonda byudjet yili 1 yanvarda; Yaponiya, Buyuk
Britaniya, Kanadada – 1 apreldan; Shvetsiya, Norvegiya, Pokistonda – 1
iyuldan; Qo‗shma Shtatlarda – 1 oktyabrdan boshlanadi.
Byudjet ko‗rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan oqilona, to‗g‗ri
shakllantirishni nazorat qilish; daromadlarni safarbar etishning to‗liqligi;
byudjet mablag‗laridan maqsadli va samarali foydalanish; yuridik va
jismoniy shaxslar – byudjetga soliq va yig‗im to‗lovchilar yoki byudjet
mablag‗lari oluvchilar soliq va byudjet qonunchiligiga rioya qilishi
byudjet jarayonining majburiy elementi sanaladi.
Byudjet nazorati hukumatning vakolatli organlari, Hisob palatasi
(parlament nazorati), moliya va soliq organlari (ma‘muriy nazorat)
tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining ijrosi to‗g‗risida hisobot tuzish va uni
Parlament tomonidan tasdiqlash – byudjet jarayonining so‗nggi bosqichi
bo‗lib, moliya yili tugaganidan so‗ng boshlanadi. Byudjet ijrosi
to‗g‗risida hisobotga muvofiq byudjet ijrosining turli jihatlari tahlil
qilinadi. Byudjet ijrosi tahlilini o‗tkazish uchun muayyan metod va
vositalardan foydalaniladi.
Byudjet tahlili quyidagi metodlar bo‗yicha amalga oshiriladi:
– taqqoslash – hisobot davridagi byudjet ko‗rsatkichlari
rejalashtirilgan yoki bazis (o‗tgan davrlar uchun) ko‗rsatkichlar bilan
taqqoslanadi. Zarur hollarda ko‗rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini
ta‘minlash uchun ularning korrektirovkasi amalga oshiriladi (masalan,
inflyatsiyaning yuqori sur‘atlarida, taqqoslanayotgan ko‗rsatkichlarning
har xilligida va boshqalarda);
– guruhlash – ko‗rsatkichlar analitik hisob-kitoblarni amalga
oshirishga imkon beradigan, muayyan hodisalarning rivojlanishidagi
muayyan tendensiyalarni, ularning o‗zaro bog‗liqligi, ko‗rsatkichlarning
o‗zgarishiga ta‘sir qiluvchi omillarni aniqlashga mo‗ljallangan
jadvallarga bo‗linadi va guruhlanadi;
– zanjirli almashtirish (eliminatsiya) – alohida hisobot ko‗rsatkichini
bazaviy ko‗rsatkichga almashtirish amalga oshirilib, bunda qolgan bazis
ko‗rsatkichlar o‗zgarishsiz qoladi. Bu esa alohida omillarning jamlanma
byudjet ko‗rsatkichiga ta‘sirini aniqlash imkonini beradi.
Byudjet
tahlili
uchun
instrumentariy
sifatida
byudjet
koeffitsiyentlari – ayrim mutlaq byudjet ko‗rsatkichlarining boshqalarga
nisbatini
ifodalovchi
hududning
moliyaviy
ahvolining
nisbiy
ko‗rsatkichlari qo‗llanilishi mumkin. Byudjet koeffitsiyentlari turli
hududlarning
moliyaviy
ahvoli
ko‗rsatkichlarini
solishtirish,
shuningdek, hududlarning moliyaviy holatidagi ko‗rsatkichlar va
tendensiyalarni rivojlantirish dinamikasini aniqlash uchun ishlatilishi
mumkin.
Byudjet tahlili daromad va xarajatlar bo‗yicha alohida amalga
oshiriladi. Byudjet tahlili uchun quyidagilar qo‗llanilishi mumkin:
– gorizontal tahlil, uning borishi davomida joriy byudjet
ko‗rsatkichlari o‗tgan davr ko‗rsatkichlari bilan, shuningdek,
haqiqatdagi
ko‗rsatkichlar
rejalashtirilgan
ko‗rsatkichlar
bilan
solishtiriladi;
– vertikal tahlil, buning natijasida byudjet tuzilmasi, yakuniy
ko‗rsatkichda alohida byudjet ko‗rsatkichlarining ulushi va ularning
umumiy natijalarga ta‘siri aniqlanadi;
– trend tahlil, byudjet ko‗rsatkichlarining dinamikasi o‗zgarishi u
tendensiyalarini aniqlash uchun olib boriladi. Ushbu tahlil jarayonida
bir necha yillar uchun rejalashtirilgan yoki hisobot ko‗rsatkichlari
taqqoslanadi.
Retrospektiv
tahlil
asosida
kelgusi
byudjet
ko‗rsatkichlarini prognozlash mumkin;
– omilli tahlil, uning mohiyati alohida omillarning byudjet
ko‗rsatkichlariga ta‘sirini aniqlashdan iborat (masalan, byudjet
muassasalari xodimlarining soni, ushbu muassasalarning faoliyat davri,
narxlar darajasi, inflyatsiya indeksi va hokazo omillarning ijtimoiy-
madaniy tadbirlarga xarajatlar ko‗rsatkichlari qiymatiga ta‘siri).
Tahliliy ishlar jarayonida byudjetning daromad va xarajat
qismlarining mutlaq ko‗rsatkichlari, nisbiy ko‗rsatkichlar – byudjet
koeffitsiyentlari (o‗z daromadlari bilan ta‘minlanganligi, o‗z va tartibga
solinadigan daromadlarning nisbati va boshqalar) qo‗llanishi mumkin;
byudjet ko‗rsatkichlarining rivojlanish tendensiyalari, byudjetni
shakllantirish va ijro etish jarayoniga alohida omillarning ta‘sirini
miqdoriy va sifat jihatlari aniqlanadi.
Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko‗rib chiqish,
tasdiqlash va ijro hisoboti davlatning milliy valyutasida amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |