A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


Davlat korxonalarining moliyaviy resurslarini



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

3.4. Davlat korxonalarining moliyaviy resurslarini 
shakllantirish va ulardan foydalanish manbalari 
 
Xo‗jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy  boshqaruv  tizimining 
tashkiliy  tuzilmasi,  shuningdek,  uning  kadrlar  tarkibi  korxona  kattaligi 
va  uning  faoliyati  turiga  qarab  turli  xil  yo‗llar  bilan  tuzilishi  mumkin. 
Yirik  kompaniya  uchun,  odatda,  buxgalteriya  va  moliya  bo‗limini  ham 


o‗z ichiga oluvchi moliya bo‗yicha vitse-prezident (moliyaviy direktor) 
tomonidan  boshqariladigan  maxsus  xizmatni  ajratish  xarakterlidir. 
Kichik korxonalarda moliya menejeri vazifasini, odatda, bosh buxgalter 
bajaradi. 
Firmaning  moliyaviy  resurslarini  boshqarish,  uning  namoyon 
bo‗lishi  ko‗p  variantli  ekanligini  nazarda  tutgan  holda,  amaliyotda  bu 
ishlarni  professional  tashkil  etmasdan  turib  amalga  oshirilishi  mumkin 
emas. 
Uzoq  vaqt  mahalliy  amaliyotda  firmalarning  moliyaviy  xizmatlari 
hech qanday mustaqil ahamiyat kasb etmagan, ularning ishi qat‘iy aniq 
shakllardan  foydalangan  holda  hisob-kitoblarga  xizmat  qilish,  real 
oqibatlarga ega bo‗lmagan oddiy moliyaviy rejalar va hisobot tayyorlash 
bo‗lgan.  Faqatgina    buxgalteriya  ishi  real  oqibatlarga  ega  edi,  ya‘ni, 
moliyaviy  ishni  buxgalteriya  hisobi  bilan  bitta  xizmat  –  buxgalteriya 
doirasida birlashtirish maqsadga muvofiq sanalardi. 
Moliyani tashkil qilishning bunday amaliyoti aksariyat korxonalarda 
mavjud  bo‗lgan  va  hozirgacha  mavjud.  Biroq  korxona  boshlig‗i  odam 
bir  vaqtning  o‗zida  ham  yaxshi  buxgalter,  ham  yaxshi  moliyachi  bo‗la 
olmasligini e‘tiborga olishi lozim. 
Buxgalter  ishida  asosiy  narsa  –  birlamchi  hujjatlarni  diqqat  bilan 
tushunib  olish  va  ko‗rsatmalarga  mutanosiblikda    o‗ta  aniqlik  bilan  
buxgalteriya registrlaridagi ularni aks ettirish qobiliyatidir. 
Moliyaviy  resurslarni  boshqarish  korxona  boshqaruvining  umumiy 
tizimining  asosiy  kichik  tizimlaridan  biridir.  Uning  doirasida  quyidagi 
masalalar hal etiladi: 

 
Korxona  oldiga  qo‗yilgan  maqsadlar  va  vazifalarga  erishish 
imkonini    beruvchi  korxona  aktivlarining  optimal  tarkibi  va  miqdori 
qanday bo‗lishi kerak? 

  Moliyalashtirish manbalarini qayerdan topish mumkin va ularning 
optimal tarkibi qanday bo‗lishi kerak? 

 
Korxonaning  to‗lov  qobiliyatini  va  moliyaviy  barqarorligini 
ta‘minlash,  moliyaviy faoliyatni joriy va istiqbolli boshqarishni qanday 
tashkil etish kerak? 
 ―Moliyaviy  instrument‖  konsepsiyasini  talqin  qilishda  turli 


yondashuvlar  mavjud.  Eng  umumiy  ko‗rinishda  moliyaviy  instrument 
deganda  bitta  korxonaning  moliyaviy  aktivlari  va  boshqa  korxonaning 
moliyaviy 
majburiyatlarining 
bir 
vaqtning 
o‗zida 
o‗sishini 
ta‘minlaydigan har qanday shartnoma tushuniladi. 
Moliyaviy aktivlar quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
– pul mablag‗lari; 
– boshqa korxonadan pul mablag‗lari yoki boshqa turdagi moliyaviy 
aktivlarni olish uchun shartnomaviy huquq
– moliyaviy instrumentlarni boshqa korxona bilan potensial jihatdan 
qulay sharoitlarda almashtirish bo‗yicha shartnomaviy huquq
– boshqa korxona aksiyalari. 
Moliyaviy majburiyatlar quyidagi shartnomaviy majburiyatlarni o‗z 
ichiga oladi: 
–  boshqa  korxonaga  pul  mablag‗lari  berish  yoki  boshqa  turdagi 
moliyaviy aktivlarni taqdim etish
– potensial noqulay sharoitlarda boshqa korxonalar bilan moliyaviy 
instrumentlarni  ayirboshlash  (xususan,  debitorlik  qarzini  majburiy 
sotishda shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkin). 
Moliyaviy  instrumentlar  birlamchi  (pul  mablag‗lari,  qimmatli 
qog‗ozlar, joriy operatsiyalar bo‗yicha kreditorlik va debitorlik qarzlari) 
va  ikkilamchi  yoki  hosila  (moliyaviy  opsionlar,  fyucherslar,  forvard 
shartnomalar, foiz svoplari, valyuta svoplari) instrumentlarga ajratiladi. 
Bundan  tashqari,  ―moliyaviy  instrument‖  tushunchasi  mohiyatini 
bundan-da soddaroq tushunish ham  mumkin. Unga  muvofiq,  moliyaviy 
instrumentlarning  uchta  asosiy  toifasi  ajratiladi:  pul  mablag‗lari 
(kassadagi  pul  mablag‗lari  va  joriy  hisobdagi  valyuta),  kredit 
instrumentlari  (obligatsiyalar,  forvard  shartnomalar,  fyucherslar, 
opsionlar,  svop  va  boshqalar)  va  ustav  kapitalidagi  ishtiroki  usullari 
(aksiyalar va paylar). 
Moliyaviy  boshqaruv  metodlari  xilma-xil.  Ularning  asosiylari 
quyidagilardir:  prognozlash,  rejalashtirish,  soliq,  sug‗urta,  o‗z-o‗zini 
moliyalashtirish,  kreditlash,  to‗lov  tizimi,  moliyaviy  yordam  tizimi, 
moliyaviy jazo tizimi, amortizatsion ajratmalar tizimi, imtiyozlar tizimi, 
narxni 
shakllantirish 
tamoyillari, 
trast 
operatsiyalari, 
garov 


operatsiyalari,  transfert  operatsiyalari,  faktoring,  ijara,  lizing.  Maxsus 
stavkalar,  dividendlar,  valyuta  kurslari  kotirovkasi,  aksizlar,  diskont  va 
boshqalar  keltirilgan  metodlarning    tarkibiy  unsuri  hisoblanadi. 
Moliyaviy  boshqaruv  tizimining  axborot  ta‘minoti  asosini  moliyaviy 
xarakterdagi ixtiyoriy axborot tashkil etadi: 
– buxgalteriya hisoboti
–  moliya organlari xabarnomalari
– bank tizimi muassasalarining axboroti; 
–  tovar, fond, valyuta birjalari axboroti
–  boshqa axborotlar. 
Moliyaviy  menejment  tizimini  texnik  qo‗llab-quvvatlash  uning 
mustaqil  va  juda  muhim  elementi  hisoblanadi.  Qog‗ozsiz 
texnologiyalarga asoslangan ko‗pgina zamonaviy tizimlarni (banklararo 
hisob-kitoblar,  tarmoqlar,  kredit  kartalari  bilan  hisob-kitoblar  va 
boshqalar)  kompyuter  tarmoqlaridan,  ilovalardan  foydalanmasdan  turib 
qo‗llash mumkin emas. 
Har  qanday  moliyaviy  boshqaruv  tizimining  faoliyat  yuritishi 
amaldagi  qonunchilik  va  tartibga  solish  qoidalari  doirasida  amalga 
oshiriladi.  Bular:  qonunlar,  Prezident  farmonlari,  hukumat  qarorlari, 
vazirliklar  va  idoralarning  buyruqlari,  litsenziyalar,  normativ  hujjatlar, 
normalar, ko‗rsatmalar va boshqalar. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish