Byudjetdan tashqari Pensiya jamg„armasi tomonidan 2014-2018-yillarda
yangi tayinlangan pensiya va nafaqalar soni
104
№
Ko„rsatkichlar
2014- yil
2015-
yil
2016-
yil
2017-
yil
2018-
yil
1
Hisobot davrida yangi
tayinlangan pensiya
va nafaqalar jami soni
163769 183868 225307 257812 298007
2
Pensiyalar
139219 157491
195
928
225317 251894
2.1. yoshga doir
111123 128292 164622
192
157
206
176
2.2. nogironlik
13608
14 564
15005
16101
25304
2.3.
boquvchisini
yo‗qotganlik
14488
14 635
16301
17059
20414
3
Ijtimoiy nafaqalar
24550
26 377
29379
32495
46113
3.1. yoshga doir
631
877
1802
2934
5291
3.2.
1 va 2-guruh nogiron
(staji yo‗q)
2028
2386
2945
3821
7621
3.3. boquvchisini yo‗qotgan
3148
3393
3802
4267
4535
3.4.
1 va 2-guruh 16
yoshdan katta nogiron
6509
6299
6473
6379
9660
3.5.
16 yoshgacha nogiron
bola
12234
13422
14357
15094
19006
Bu esa oxirgi yillarda hukumatimiz tomonidan davlat pensiya
ta‘minoti tizimini isloh qilish, uning mablag‗laridan samarali
foydalanish tizimidagi say-harakatlari natijasidir (2-ilova).
O‗zbekistonda 2019-yilning 1-yanvar holatiga jami pensiya va
nafaqa oluvchilar soni 3296,8 ming nafarni tashkil qilib, mamlakat
aholisining 10,2 foizini qamrab oladi. HelpAge International xalqaro
xayriya
tashkiloti
tomonidan
Birlashgan
Millatlar
Tashkiloti
104
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasining yillik hisoboti ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan
shakllantirilgan.
281
hamkorligida tuzilgan va 1 oktabr – ―Xalqaro keksa kishilar kuni‖da
e‘lon qilingan Global AgeWatch Index 2014 reytingi natijalariga ko‗ra,
2050-yilga kelib, O‗zbekiston umumiy aholisi sonida keksa kishilar
ulushi 19,4 foizga yetishi taxmin qilingan.
2018-yilda Pensiya jamg‗armasi tomonidan fuqarolarga yangi
tayinlangan pensiya va nafaqalar jami soni 298007 tani tashkil qilib, bu
ko‗rsatkich 2014-yilga nisbatan 134238 taga ko‗pdir. 2014-2018-
yillarda o‗rta hisobda yiliga 193969 ta pensiyalar hamda 31782 ta
nafaqalar tayinlangan (5-jadval).
Bunday holat Pensiya jamg‗armasi tomonidan fuqarolarga yangi
tayinlangan pensiya va nafaqalar sonining muttasil o‗sib borish
tendensiyasiga ega ekanligini hamda mamlakatimizda pensiya va nafaqa
oluvchi fuqarolar sonining ko‗payib borayotganligini ko‗rsatadi.
So‗nggi besh yil ichida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi
mablag‗lari hisobidan jami pensiya va nafaqa oluvchilarning jami
aholidagi ulushi 9,7 foizdan 10,3 foizga ortgan yoki 375,2 ming nafarga
ko‗paygan. Jami pensiya va nafaqa oluvchilarning mehnatga layoqatli
aholiga nisbati 2014-yilda 22,2 foizdan 2018-yil oxirida 23,0 foizga
yetgan. Ammo mehnatga layoqatli aholining atigi 4,8 mln nafari yoki 33
foizi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga majburiy ijtimoiy
sug‗urta badallari to‗lamoqdalar
105
.
Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyasiga muvofiq, fuqarolarning
davlat pensiya ta‘minoti tizimi barqaror faoliyat yuritishi uchun pensiya
ta‘minoti tizimiga sug‗urta badali to‗lovchilar sonining pensiya
105
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasining yillik hisoboti ma‘lumotlari asosida muallif tomonidan
shakllantirilgan.
282
oluvchilarga o‗zaro nisbati 4 : 1 darajada bo‗lishi ijobiy holat
hisoblanadi. Biroq, bugungi kunda O‗zbekistonda mazkur ko‗rsatkich
amalda 1,5 : 1 nisbatni tashkil qiladi.
2018-2025-yillar
uchun
demografik
prognozlarga
ko‗ra,
O‗zbekiston aholisi tarkibida pensiya yoshidagi aholining ulushi (1,2
mln kishiga) ko‗payishi kutilmoqda. Bu esa, o‗z navbatida, byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‗armasi xarajatlarining mutanosib ravishda
ortishiga olib keladi.
Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun murojaat qilgan fuqarolarning
yillik soni 2017-yilda 2013-yilga nisbatan 1,85 barobarga yoki 95,1
ming nafarga ko‗paygan. Agar, yoshga doir pensiyani tayinlashning
amaldagi tartiblari saqlab qolinadigan bo‗lsa, murojaatlar soni 2025-
yilga borib 300 ming nafardan ortishi prognoz qilinmoqda. Yoshga doir
pensiya tayinlash uchun murojaatlarning yuqori sur‘atlarda ko‗payib
borishiga, tug‗ilish darajasi yuqori bo‗lgan (o‗tgan asrning 50–60
yillaridagi ―Bebi-bum‖ davri) davrda tug‗ilgan fuqarolarning umumiy
belgilangan pensiya yoshiga yetishi bilan bog‗liqdir.
O‗zbekistonda ham jahon mamlakatlarida sodir bo‗lganidek,
demografik vaziyatning keskinlashuvi, jumladan, aholi yosh tarkibining
jiddiy o‗zgarishi, ya‘ni aholi yosh tarkibida keksa yoshdagi fuqarolar
ulushining ortib borishi, aholining o‗rtacha umr ko‗rish davomiyligining
oshib borishi kabilar pensiya ta‘minoti tizimi xarajatlarining
ko‗payishiga olib kelmoqda.
Jahon bankining hisobot ma‘lumotlariga ko‗ra, dunyo bo‗yicha
2017-yilda 60 yosh va undan yuqori yoshdagilar 962 mln kishini tashkil
283
etib, 1980-yilga nisbatan 383 mln kishiga yoki 1,5 barobarga ko‗paygan.
Mazkur ko‗rsatkich 2030-yilga borib, 1,4 mlrd ga, 2050-yilga kelib esa
2017-yilga nisbatan 2 baravar ko‗payishi, ya‘ni 2,1 mlrd kishini tashkil
etishi prognoz qilingan.
Bugungi kunda umr ko‗rish davomiyligi dunyo bo‗yicha o‗rtacha
71,9 yoshni tashkil etadi. Bu esa 1990-1995-yillarga nisbatan 7,3 yilga
ko‗pdir. 2030-yillarga kelib, umr ko‗rish davomiyligi o‗rtacha 73,8
yoshni, 2050-yillarga kelib esa ushbu ko‗rsatkich 82,6 yoshni tashkil
etishi prognoz qilingan. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, o‗rtacha umr
ko‗rish davomiyligi 75 yoshdan yuqori bo‗lgan barcha mamlakatlarda
pensiya yoshi o‗rtacha 65 yoshni tashkil etmoqda.
O‗zbekistonda umumiy belgilangan pensiyaga chiqish yoshi 1956-
yilda sobiq Ittifoq mamlakatlari fuqarolarining pensiya ta‘minoti
qonunchiligi bilan belgilangan miqdorda (ayollarga 55 yosh, erkaklarga
60 yosh) saqlanib turibdi. O‗sha davrning statistikasiga nazar soladigan
bo‗lsak, o‗rtacha umr ko‗rish davomiyligi 47 yoshni tashkil etganligini
ta‘kidlash o‗rinlidir. O‗rtacha umr ko‗rish davomiyligi ko‗rsatkichi
so‗nggi yillarda o‗sish tendensiyasiga ega bo‗lib, jumladan, 1991-yilda
ushbu ko‗rsatkich 66,4 yoshni tashkil etgan bo‗lsa, 2000-yilda 70,8
yoshni, 2010-yilda 73,0 yoshni, 2017-yilda 73,8 yoshni (ayollarda – 76,2
yosh, erkaklarda – 71,4 yosh) tashkil etgan.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining ―Ijtimoiy ta‘minotning minimal
me‘yorlari to‗g‗risida‖gi 102-sonli Konvensiyasining 26-moddasiga
muvofiq, ―belgilangan pensiyaga chiqish yoshi 65 yoshdan oshmasligi
lozim yoki vakolatli organlar tomonidan mamlakatdagi keksalarning
284
pensiyaga chiqish yoshini belgilashda ularning mehnatga layoqati
hisobga olinishi zarur‖. Demak, Xalqaro Mehnat Tashkilotining
talablariga ko‗ra, dunyo bo‗yicha pensiyaga chiqish yoshi 65 yoshdan
oshmasligi maqsadga muvofiq, ammo bunda keksalarning mehnatga
layoqatliligidan kelib chiqib, bu yosh oshirilishi ham mumkin. Bugungi
kunda dunyo bo‗yicha o‗rtacha pensiya yoshi erkaklar va ayollar uchun
62 yoshni tashkil qiladi. Bunday holat, o‗z navbatida, O‗zbekistonda
ham pensiyaga chiqish yoshini bosqichma-bosqich oshirib borish
zarurligini ko‗rsatmoqda.
Amaldagi pensiya ta‘minoti tizimi, 7 yildan kam bo‗lmagan stajga
ega bo‗lgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda tutadi. Bu huquq,
faqatgina 7 yil ishlab, o‗zining butun mehnatga layoqatlilik davri uchun
Pensiya jamg‗armasi mablag‗larini shakllantirishda eng kam hissa
qo‗shgan shaxslarga pensiya olish imkonini beradi.
Fuqarolarning pensiya miqdorlari va mehnat qilish davomiyligi
o‗rtasidagi bog‗liqlik zaif bo‗lib, xususan, 7 yillik mehnat stajiga ega
bo‗lgan va 10 yillik mehnat stajiga ega bo‗lgan erkak pensionerlarning
pensiya miqdorlarining o‗rtacha miqdorlari o‗rtasidagi farq 13 ming
so‗mni yoki 6 foizga farq qiladi yoki 20 yillik stajga ega bo‗lgan va 25
yillik stajga ega bo‗lgan pensionerlarning pensiyalari o‗rtasidagi farq
93,4 ming so‗mni yoki 23,2 foizni tashkil etmoqda. Bundan ko‗rinadiki,
pensiya miqdori va xodimning mehnat davomiyligi ulushi o‗rtasidagi
o‗zaro bog‗liqlik sezilarsizdir va fuqarolarning munosib pensiya
olishlari uchun mehnat faoliyatini rag‗batlantirish maqsadiga ega emas.
Mamlakatda pensiya ta‘minoti darajasini, uning samaradorligini
285
ifodalovchi asosiy ko‗rsatkichlardan biri qoplash koeffitsiyenti
(wage replacement rate) hisoblanadi. Ishlovchi mehnat qilish jarayonida
ma‘lum miqdorda ish haqi oladi. Qonunchilikda belgilangan pensiya
yoshiga yetganida pensiyaga chiqadi va tegishli miqdorda pensiya oladi
(davlat pensiya ta‘minoti, jamg‗arib boriladigan pensiya ta‘minoti va
h.k.). Olayotgan pensiya miqdori mehnat qilgan davrda olgan ish
haqining qancha foizini tashkil etayotganligini qoplash koeffitsiyenti
ifodalaydi. Bu ko‗rsatkich o‗rtacha pensiya miqdorining (Db) o‗rtacha
ish haqiga (Da) nisbatini (K = Db / Da * 100) ifodalaydi. Xalqaro
Mehnat Tashkilotining tavsiyasiga ko‗ra, bu ko‗rsatkich 40 foizdan kam
bo‗lmasligi tavsiya etiladi. O‗zbekistonda mazkur ko‗rsatkich o‗rta
hisobda 42,9 foizni tashkil qilgan.
Pensiyaning miqdoriga ta‘sir qiluvchi asosiy omillardan biri
pensiya miqdorini hisoblashda olinadigan o‗rtacha oylik ish haqining
maksimal chegarasining belgilanganligidir. O‗zbekistonda mazkur
chegara, amaldagi qonunchilikka ko‗ra, eng kam oylik ish haqining 8
barobari miqdorida belgilangan.
Bugungi kunda, qonunchilikda, yetarlicha mehnat stajiga ega
bo‗lmasdan turib, ijtimoiy nafaqa olish imkoniyatining mavjudligi,
nafaqa miqdori umumiy belgilangan yoshga doir pensiyaning eng kam
miqdoridan 1,6 barobarga kamligi, minimal (to‗liqsiz) pensiya
miqdoridan esa 1,2 barobarga ko‗pligi iqtisodiy faol aholining pensiya
ta‘minotidagi ishtirokidan manfaatdor emasligini ko‗rsatadi. Bu esa
mehnat staji davomiyligi va pensiya miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni
kuchaytirish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishini taqozo etadi.
286
Xalqaro Mehnat Tashkilotining ―Ijtimoiy ta‘minotning minimal
me‘yorlari to‗g‗risida‖gi 102-sonli Konvensiyaning 29-moddasi 2-
bandiga ko‗ra, fuqarolar keksalik davrida minimal ta‘minot (pensiya)
olishlari uchun kamida 15 yil davomida sug‗urta badallari to‗lashlari
zarur. Pensiyaga chiqish uchun talab qilinuvchi minimal mehnat
stajining past darajada belgilanganligi, amalda fuqarolarning davlat
ijtimoiy sug‗urtasidagi ishtirokiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Mamlakatimizda pensiya ta‘minoti tizimining moliyaviy holati
tahlili shundan dalolat beradiki, Pensiya jamg‗armasi xarajatlari yildan-
yilga oshib borish tendensiyasiga ega. Bunday holat so‗nggi yillarda
pensiya yoshiga yetgan fuqarolar sonining ko‗payib borishi, fuqarolarga
to‗liqsiz mehnat staji bilan pensiya tayinlanishi, imtiyozli pensiya
oluvchilar sonining ortib borishi va kishilarning o‗rtacha umr ko‗rish
davomiyligining oshib borayotganligini ko‗rsatadi;
–
fuqarolarning pensiya miqdori va mehnat staji o‗rtasidagi
tafovutlar, pensiyaga to‗lanadigan ustamalar, imtiyozli shartlardagi
pensiyalar, to‗liqsiz mehnat stajiga ega bo‗lmagan fuqarolarga
tayinlanadigan davlat pensiyalari kabilar pensiya ta‘minoti tizimini
jiddiy isloh qilish zarurligini ko‗rsatadi;
–
sug‗urta badali bo‗yicha tushumlar hajmi Pensiya jamg‗armasi
daromadlari hajmining o‗sishiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqdir va bu
bog‗liqlik juda kuchli. Shu sababli, Pensiya jamg‗armasi daromadlari
barqarorligini ta‘minlashda sug‗urta badali to‗lovi bo‗yicha tushumlar
miqdorini ko‗paytirish eng muhim omillardan hisoblanadi. Biroq,
Pensiya jamg‗armasining kelajakda ham barqaror faoliyat yuritishini
287
ta‘minlash, uni kelgusidagi demografik va iqtisodiy o‗zgarishlarga
moslagan holda takomillashtirib borish, daromad manbalaridan
tushumlar miqdorini ko‗paytirish makroiqtisodiy darajadagi dolzarb
masaladir. Ushbu masala, avvalo, demografik omillarga bog‗liq bo‗ladi:
–
ijtimoiy sug„urta tizimini moliyalashtirishda aholining
mutanosib ishtirokini ta‟minlash zarurligi: fuqarolarning ijtimoiy
sug‗urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli ishtirokini rag‗batlantirish
mexanizmlarining murakkabligi va shaffof emasligi; mehnatga layoqatli
aholining deyarli 60 foizi pensiya ta‘minoti tizimiga qamrab
olinmaganligi, ularning aksariyatini norasmiy sektorda band bo‗lganlar
va mehnat migrantlari tashkil etishi o‗rta va uzoq muddatli istiqbolda
pensiya ta‘minoti tizimiga badal to‗lamagan fuqarolarning aksariyati
pensiya olish huquqiga ega bo‗lmasligi holatini yuzaga keltiradi. Buning
natijasida,
birinchidan,
Pensiya
jamg‗armasining
moliyaviy
mablag‗larining kamayishiga, ikkinchidan, fuqarolarning keksayganda
turmush farovonligining yomonlashuviga olib kelishi mumkin;
–
moliyaviy mablag„larni taqsimlashdagi samarasiz vositalar va
ijtimoiy sug„urtadagi rag„batlantiruvchi mexanizmlarning zaifligi:
Pensiya jamg‗armasi mablag‗larining sezilarli qismi imtiyozli
pensiyalarni
moliyalashtirishga
sarflanayotganligi,
imtiyozli
pensiyalarning o‗rtacha miqdori yoshga doir pensiyaning o‗rtacha
miqdoridan yuqoriligi; ish stajiga nisbatan 7 yil davomiylikdagi minimal
talabning mavjudligi fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‗urtasidagi
ishtirokida salbiy ta‘sir o‗tkazadi;
–
Pensiya jamg‗armasining daromadlari tarkibida asosiy tushum
288
ish haqi fondiga nisbatan ajratiladigan yagona ijtimoiy to‗lovning
hissasiga to‗g‗ri kelib, yillar davomida uning jami daromaddagi tutgan
ulushi pasayish xususiyatiga egadir. Aksincha, fuqarolarning ish haqlari
hisobidan Pensiya jamg‗armasiga ajratiladigan ijtimoiy sug‗urta
badallari hissasi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi aholining ish
bilan bandligining oshish sur‘atlari va o‗tgan yillarga nisbatan ajratma
stavkalarining oshishi hisoblanadi.
289
Do'stlaringiz bilan baham: |