O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilgi Davlat
byudjeti parametrlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, Moliya
vazirligining
tarmoqlarni
moliyalashtirish
boshqarmalari
boshliqlari,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent
shahar Moliya boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, tuman (shahar)
moliya bo‗limi mudirlari:
-xarajatlar yoyilmasini tuzish hamda byudjet tashkilotlarining
xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallarini ro‗yxatdan o‗tkazishda
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning
xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko‗rib chiqish, tasdiqlash
va ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi to‗g‗risidagi nizomga, shuningdek,
amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga qat‘iy rioya etilishini;
-birinchi navbatda I va II guruh xarajatlariga, IV guruh xarajatlari
bo‗yicha esa tegishli byudjetlarning tasdiqlangan xarajatlar parametrlari
doirasida kommunal xizmatlar, ko‗mir sotib olish va yetkazish, yoqilg‗i
va YaMM, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlariga zarur mablag‗lar
rejalashtirilishini;
-o‗tgan yilda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlarni, byudjet
mablag‗lari oluvchilar sonining o‗zgarishini har tomonlama tahlili
asosida, shuningdek, xarajatlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda
byudjet mablag‗lari oluvchilariga byudjet mablag‗larini taqsimlanishini.
Bunda, xarajatlar smetasini ro‗yxatdan o‗tkazish jarayonida
vujudga kelgan bo‗shab qoladigan mablag‗larni kelgusi yil byudjet
xarajatlari yoyilmasining tegishli bo‗limi, 999-kichik bo‗limi ―Alohida
tashkilotlarga maqsadli xarajatlar uchun ajratiladigan mablag‗lar‖, 92-
bobi ―O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi‖, 48,21,180 moddasida
ko‗zda
tutish lozim;
-byudjet daromadlari va xarajatlari yoyilmasini belgilangan
muddatda
va tartibda tayyorlanishini;
-byudjet tashkilotlarining joriy yilgi shtatlar jadvali va xarajatlar
smetasini tegishli byudjet parametrlari tasdiqlangandan boshlab 40
kundan kechiktirmay ro‗yxatdan o‗tkazish, shuningdek, ro‗yxatdan
o‗tkazilgan xarajatlar smetalarida qayd etilgan ma‘lumotlarni
―G‗aznachilik-4‖ dasturiy majmuasiga o‗z vaqtida kiritish choralari
ko‗rilishini;
-joriy yil uchun byudjet xarajatlari yoyilmasiga indeksatsiya
mablag‗larini belgilangan ilovadagi koeffisiyentlarga muvofiq kiritish
hamda ularni belgilangan tartibda faqatgina O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining ruxsati bilan ishlatilishini ta‘minlashlari lozim.
Yuqoridagi rasmda Davlat byudjeti xarajatlari dinamikasi aks
ettirilgan. Davlat byudjeti xarajatlarining salmog‗i o‗sib bo‗lmoqda.
Asosiysi, byudjet sohasi xodimlari ish haqlari, pensiya va
nafaqalarini inflyatsiya ko‗rsatkichidan yuqori oshirish bilan birga
tarbiyachilar, o‗qituvchilar, ilmiy xodimlar, professor-o‗qituvchilar,
madaniyat xodimlarining ish haqlari 30 foizdan 100 foizgacha
oshirildi
38
.
2018-yilda davlat byudjeti xarajatlarining asosiy parametrlarida
davlat byudjet xarajatlari (maqsadli jamg‗armalarsiz) jami 79736.1
mlrd.so‗mni tashkil qilgan. Uning tarkibidagi eng yuqori ko‗rsatkich
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari
hisoblanadi. Ikkinchi o‗rinda esa 19538,2 mlrd so‗m bilan boshqa
xarajatlar hisoblanadi. Bu ko‗rsatkichlardan shuni ko‗rishimiz
mumkinki, davlatimiz byudjeti ijtimoiy yo‗naltirilgan byudjet
hisoblanadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: