5.
Moliyaviy
zaxiralarni
ta‟minlash
tamoyili
bozor
konyunkturasining ehtimoliy tebranishlari riski bilan bog‗liq kechadigan
tadbirkorlik faoliyatini ta‘minlovchi moliyaviy zaxiralarni shakllantirish
zarurati bilan shartlangan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk oqibatlari
to‗g‗ridan-to‗g‗ri tadbirkor zimmasiga tushadi, binobarin, u qarorlarni
mustaqil qabul qiladi, joylashtirilgan pul mablag‗larining qaytmaslik
riski ostida ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshiradi. Korxonaning
moliyaviy qo‗yilmalari ham inflyatsiya darajasi yoki kapital
joylashtirishning yanada daromadli sohalari bilan taqqoslaganda kam
daromad olish riski bilan bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |