2.3. Xo„jalik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi
mohiyatining hozirgi talqini
Hozirgi sharoitda bozor xo‗jaligida iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solish deganda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizimni o‗zgaruvchan
sharoitlarga moslashtirish va barqarorlashtirish maqsadida vakolatli
davlat muassasalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan amalga
oshirilgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va nazorat qiluvchi
xarakterdagi namunaviy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qayta ishlab chiqarish
jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solishning aniq yo‗nalishlari, shakllari, ko‗lami muayyan
mamlakatda ma‘lum bir davrda iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning
tabiati hamda keskinligi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish obyektlari – bu
avtomatik ravishda hal qilinmaydigan yoki uzoq istiqbolda hal
qilinadigan qiyinchiliklar, muammolar yuzaga kelgan yoki yuzaga
kelishi mumkin bo‗lgan, bunday muammolarni hal etish normal
iqtisodiy faoliyatni ta‘minlash va ijtimoiy barqarorlikni saqlash uchun
zarur bo‗lgan soha, tarmoq, mintaqa, shuningdek, vaziyatlar, hodisalar
va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlaridir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish obyektlari hal
qilinadigan vazifalar darajasiga ko‗ra farqlanadi: firmalar, mintaqalar,
tarmoqlar, butun iqtisodiyot sektorlari (xo‗jalik sikli, pul muomalasi,
narxlar), global (ijtimoiy munosabatlar, ekologiya), xalqaro (boshqa
davlatlar bilan munosabatlar).
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
jamiyat, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik, mamlakatda mavjud tizimni
mustahkamlash,
uni
o‗zgaruvchan
sharoitlarga
moslashtirish,
farovonligini ta‘minlash hisoblanadi. Aralash iqtisodiyotda iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solish milliy xo‗jalikning bozor mexanizmi
yordamida hal qilib bo‗lmaydigan yo‗nalishlari samarali faoliyat
yuritishini ta‘minlashi lozim.
Ushbu asosiy maqsad asosida davlat iqtisodiy siyosatining bevosita
ifodalangan aniq maqsadlari yoki yo‗nalishlari shakllanib, ularni amalga
oshirmasdan turib asosiy maqsadga ham erishib bo‗lmaydi. Bu aniq
maqsadlar o‗zlari yo‗naltirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solish obyektlari bilan shuningdek, mo‗ljallanganligi va ko‗lami
bo‗yicha bir xil bo‗lmasa-da, bir-biri bilan ham chambarchas bog‗liq.
Bir maqsad boshqa maqsadlarga bog‗liq bo‗lmagan tarzda belgilanishi
va erishilishi mumkin emas. Masalan, bandlikni ta‘minlash maqsadi
bandlik obyektiga yo‗naltirilgan, lekin u kapital jamg‗arish uchun,
xo‗jalikning sektor, tarmoq va hududiy tuzilmalarini yuzaga keltirish
uchun, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun tegishli shart-
sharoit yaratish bilan bog‗liq.
Aniq maqsadlar boshqa, joriy vaqt uchun yanada yuksak
maqsadlarga erishishga vositachilik qilishi mumkin. Ular bir-biri bilan
qisman kesishadi, ulardan birontasi muhimroq bo‗lishi va davlat
tomonidan tanlangan ustuvorliklarga, real xo‗jalik konyunkturasiga
bog‗liq ravishda o‗ziga boshqalarni bo‗ysundirishi mumkin.
Maqsadlarning har biri boshqa maqsadga erishilishida ko‗makdosh
bo‗lishi yoki bunga to‗sqinlik qilishi mumkin.
Maqsadlar
daraxtida
davlat
iqtisodiy
tartibotining
alohida
maqsadlari yoki yo‗nalishlarining holati barqaror sanalmaydi. Ular
xo‗jalik vaziyatlari, oldinga chiquvchi iqtisodiy vazifalarga qarab
muntazam o‗zgarib turadi. Inqiroz sharoitida undan chiqib olish, ya‘ni,
konyunkturani jonlantirish birlamchi maqsadga aylanadi. Qolgan barcha
maqsadlar ortga chekinadi va birlamchi maqsadga bo‗ysundiriladi.
To‗lov balansining uzoq muddatli defitsiti, tashqi qarzdorlik o‗sishi,
valyuta zaxiralarining kamayishi sharoitida birinchi o‗ringa asosiy
maqsad – to‗lov balansini sog‗lomlashtirish va unga bo‗ysundirilgan
maqsadlar – jahon bozorida milliy tovarlar raqobatbardoshligini
oshirish, mamlakatga kapital jalb etish – chiqadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish maqsadlari ko‗plab
omillarga bog‗liq: iqtisodiyotning umumiy rivojlanganlik darajasi, uning
tuzilmasi (joriy va kelgusida ko‗zlangan), xalqaro mehnat taqsimotiga
jalb qilinganlik o‗lchovlari. Burjua davlat maqsadlarining an‘anaviy
to‗plami – iqtisodiy o‗sish, to‗liq bandlik, iqtisodiy samaradorlik,
narxlarning barqaror darajasi, iqtisodiy erkinlik, daromadlarni adolatli
taqsimlash, iqtisodiy xavfsizlik, savdo balansidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hayotning boshqa
sohalarini (siyosat, madaniyat) tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lishi
kerak. Bundan tashqari, davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini
kafolatlash, mafiya va korrupsiyadan himoya qilish, qonun ustuvorligini
ta‘minlashga majburdir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy chegarasi –
iqtisodiy qarorlarni qabul qilish erkinligi sharoitida kapital mulk
egalarining xususiy manfaatlariga mos keladigan maqsadlarga ehtimoliy
mos kelmasligidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy asoslari
yalpi ichki mahsulotning tarkibiy qismi bo‗lib, davlat byudjeti va
byudjetdan tashqari jamg‗armalar hamda davlat mulki hisobiga qayta
taqsimlanadi. Ushbu asos iqtisodiyotga davlat aralashuvining shakllarini
belgilaydi –bevosita va bilvosita aralashuv. Iqtisodiyotga bevosita davlat
aralashuvi davlatning moddiy resurslardan foydalanish huquqini
kengaytirish, qonun chiqarish, sanoat korxonalarini boshqarishdan
iborat. Iqtisodiyotga bevosita davlat aralashuvi iqtisodiy siyosatning turli
tadbirlari orqali iqtisodiyotni boshqarishda namoyon bo‗ladi.
Bu ikki shakl bir-biri bilan chambarchas bog‗liq, lekin bozor
iqtisodiyoti bilan markazlashgan iqtisodiyotda bu aloqa sezilarli darajada
farqlanadi. Ikki-uch asr avval shakllana boshlagan bozor iqtisodiyotiga
ega mamlakatlar muntazam ravishda davlat tomonidan tartibga solish
bilan tabiiy shakllangan bozor mexanizmining amal qilishi o‗rtasidagi
optimal nisbatni qidiradi. Markazlashgan iqtisodiy tizimga ega
mamlakatlar davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida davlat yordamida
(bu qanchalar ajablanarli tuyulmasin) bozor usiz bo‗lishi mumkin
bo‗lmagan o‗sha kuchli hayotbaxsh xususiy manfaatni qayta
jonlantirishga harakat qilishadi. Bunda asosiy muammo shundaki, ushbu
hayotbaxsh manfaatni davlat quchog‗ida o‗ldirib qo‗ymaslik ham lozim.
Davlat tomonidan tartibga solish turlari – markazlashgan tarzda
boshqariladigan rejali iqtisodiyot, o‗ta iqtisodiy liberalizm (hech qanday
cheklanmagan xususiy tadbirkorlik), davlat tartibotining keynscha
modeli, aralash boshqaruv (buyuk neoklassik sintez), oraliq shakllar
(Yaponiya, Shvetsiya modeli).
Davlat bozor tizimi muayyan talablar qo‗yadigan turli
instrumentlarni qo‗llash orqali o‗z funksiyalarini amalga oshiradi.
Birinchidan, bozor munosabatlarini buzuvchi har qanday davlat
harakatlari istisno qilinadi.
Ikkinchidan, o‗z-o‗zini tartibga soluvchi tizim sifatida bozorga
asosan iqtisodiy metodlar bilan ta‘sir qilish mumkin. Agar davlat faqat
ma‘muriy metodlarga tayansa, u bozor mexanizmini yo‗q qilishga qodir
bo‗ladi. Shu bilan birga, bu rivojlangan bozor iqtisodiyotida ma‘muriy
metodlar mavjud bo‗lish huquqiga ega emasligini anglatmaydi, ba‘zi
hollarda ulardan foydalanish nafaqat joiz, balki zarur hamdir.
Uchinchidan,
iqtisodiy
tartiblagichlar
bozor
stimullarini
kuchsizlantirishi yoki o‗rin almashtirmasligi kerak, ularni qo‗llashda
―bozorga xalaqit berma‖ tamoyiliga amal qilish lozim.
To‗rtinchidan, davlat iqtisodiy tartiblagichlarni qo‗llar ekan, u olib
kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni muntazam nazorat qilishi, o‗z
qarorlarining uzoq muddatli oqibatlariga javobgar bo‗lishi kerak.
Beshinchidan, mintaqalarning iqtisodiy faoliyatiga va iqtisodiy
faoliyat subyektlariga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadigan milliy xususiyatlarni
hisobga olish kerak.
Jahon xo‗jaligi amaliyotida tartibga solish metodlarining ko‗plab
kombinatsiyalari ma‘lum bo‗lsa-da, ularning ichki tuzilmasi, odatda,
o‗zgarishsiz qolmoqda. Ayrim metodlar (iqtisodiy va ma‘muriy)
iqtisodiyotda tuzuvchi vazifasini bajarib, qo‗yilgan maqsadlarga erishish
uchun yo‗naltirilgan bo‗lsa, boshqalari amortizator sifatida namoyon
bo‗lib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bilan birga
kuzatiladigan salbiy ta‘sirlarni bartaraf etish uchun mo‗ljallangan.
Iqtisodiy
siyosat
maqsadlariga
erishish
va
uning
asosiy
yo‗nalishlarini amalga oshirish iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning turli instrumentlari (ma‘muriy va iqtisodiy) bilan
ta‘minlanadi.
Ma‘muriy vositalar davlat hokimiyatining kuchiga asoslanadi va
taqiqlash, ruxsat berish hamda majburlash choralarini o‗z ichiga oladi.
Masalan, taqiqlash va ruxsat berish choralari bir yoki boshqa turdagi
faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish shaklini olishi
mumkin. Hukumat, masalan, shaharning tarixiy markazida yangi sanoat
qurilishini tugatishdan manfaatdor bo‗lsa, ular jarima undirish va
soliqlarni oshirish o‗rniga shunchaki yangi sanoat qurilishi uchun
litsenziya berishni to‗xtadi. Aksincha, u yoki bu faoliyatni amalga
oshirish uchun ruxsat berilishi kapital joylashtirishning yangi sohalarini
vujudga keltiradi, xo‗jalik faolligini kengaytiradi. Majburlash choralari
qatorida rivojlangan mamlakatlarda davlat organlari tadbirkorlarni
mehnat muhofazasining muayyan shartlariga qat‘iy rioya etish, tozalash
inshootlari o‗rnatish va yoshlar uchun ishlab chiqarish ta‘limini tashkil
etishga majbur qilib qo‗yishini keltirish mumkin.
Iqtisodiy va ma‘muriy metodlar o‗zaro bog‗liq. Masalan, istalgan
iqtisodiy tartiblagich o‗zida boshqaruv elementlarini mujassamlashtiradi,
chunki u yoki bu davlat xizmati tomonidan nazorat qilinadi. O‗z
navbatida, har bir ma‘muriy tartiblagichda iqtisodiy jihatdan qandaydir
mazmun bo‗ladi, binobarin, u iqtisodiy tizim subyektlarining xatti-
harakatiga bilvosita ta‘sir qiladi. Narxlarni bevosita nazorat qilgan
holda, davlat ishlab chiqaruvchilar uchun maxsus iqtisodiy tartib
yaratadi, ishlab chiqarish dasturlarini qayta ko‗rib chiqishni majbur
qiladi, kapital qo‗yilmalarni moliyalashtirishning yangi manbalarini
izlashga majbur qiladi va hokazo. Iste‘molchilar ham moslashishi kerak
bo‗ladi – joriy talab strukturasiga, shuningdek, uning hajmi bilan
jamg‗arish summasi o‗rtasidagi nisbat o‗zgarishiga. [26]
Ayni paytda iqtisodiy va ma‘muriy metodlar bir-biriga qarama-
qarshidir. Iqtisodiy metodlar bozor qarorini erkin qabul qilish huquqini
o‗zida saqlab qoluvchi subyektlar uchun tanlov erkinligini cheklamaydi.
Masalan, davlat iqtisodiyotni tartibga solish uchun o‗z qarz
majburiyatlari bo‗yicha foiz stavkasidan foydalanganda, pul daromadi
egasi bunda o‗zi uchun omonatni foydali joylashtirish variantlariga
(bank qo‗yilmalari, xususiy korporatsiyalar qimmatli qog‗ozlarini xarid
qilish, ko‗chmas mulk sotib olish va hokazo) yana bittasi
qo‗shilganligiga oid belgini ko‗radi. Bu yerda hamma narsa davlatning
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun omonat egasini o‗z tomoniga
jalb qilish mahoratiga bog‗liq.
Aksincha, ma‘muriy usullar iqtisodiy tanlov erkinligini sezilarli
darajada cheklaydi, ba‘zan esa hatto yo‗q holatga keltirib qo‗yadi. Bu
ma‘muriy boshqaruv iqtisodiy asoslangan chegaralardan tashqariga
chiqqan joyda yuzaga kelib, ommaviylik xususiyatlarini namoyon qiladi
va ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga aylanadi. So‗ngra nazorat butun
xo‗jalik jarayoni – ishlab chiqarish va uning tuzilmasi, xarajatlar,
narxlar, mahsulot sifati, ish haqi, daromad hamda uni taqsimlash va
boshqalarni o‗z ichiga olgan holda keng qamrovli bo‗ladi.
Shu bilan birga, ma‘muriy chora-tadbirlar individual iqtisodiy
erkinlikni bosim ostiga olar ekan, agar ular ayrim subyektlarning
maksimal erkinligi va umuman bozor xo‗jaligi uchun og‗ir
yo‗qotishlarga sabab bo‗lgan hollarda qo‗llanilgan bo‗lsa, ularni to‗liq
asoslangan deyish mumkin. Ma‘muriy metodlarni qo‗llashda samarali va
bozor mexanizmiga zid bo‗lmagan sohalar mavjud.
Birinchidan, monopol bozorlarni keskin davlat nazoratiga olish.
Ikkinchidan, tashqi ta‘sirlarni va ularning atrof-muhitdagi
oqibatlarini tartibga solish. Bu sohada iqtisodiy tartiblagichlar yetarli
emas va samarasiz, chunki ko‗l yoki o‗rmon halokatga uchragan bo‗lsa,
hech qanday moliyaviy sanksiya ularni tiklab bera olmaydi. Bu yerda
ma‘muriy choralar zarur: milliy resurslarning bir qismini
konversatsiyalash, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanishni taqiqlash,
ishlab chiqarish faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirishga yo‗l
qo‗yilmaydigan tabiiy qo‗riqlanadigan hududlarni ajratish, ekologik
zararli texnologiyalardan foydalanishni to‗g‗ridan-to‗g‗ri taqiqlash.
Uchinchidan, aholi uchun ekologik xavfsiz hayotni kafolatlaydigan
ekologik standartlarni, milliy standartlarni va boshqalarni ishlab chiqish
hamda ularga rioya etilishini nazorat qilish.
To‗rtinchidan, aholi farovonligining maqbul parametrlari –
kafolatlangan eng kam ish haqi, ishsizlik nafaqalari va boshqalarni
aniqlash va ta‘minlash.
Beshinchidan, jahon xo‗jaligi tizimida milliy manfaatlarni himoya
qilish, masalan, eksportni litsenziyalash yoki kapital importi ustidan
davlat nazoratini o‗rnatish.
O‘zbekistonda iqtisodiyot barqaror rivojlanishining muhim
yo‘nalishi sifatida xususiy mulkchilik, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni ustuvor rivojlantirishga asosiy e‘tibor qaratish lozim.
shuni hisobga olib, kichik biznesning yangi sub‘ektlarining tashkil
etilishi va rivojlanishini har tomonlama rag‘batlantirish, kichik biznes
nufuzini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashni faol-lashtirish hamda
himoya qilishning institutsional normalarini yanada takomillashtirish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |