A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

Huquqiy  metodlar  normativ  hujjatlar,  talablar  tizimiga  tayanib, 
normal  sharoitda  barcha  xo‗jalik  yurituvchi  subyektlar  ularga  amal 
qilishi  lozim.  Bu  yerda  gap,  masalan,  shartnomalar  tuzish  shartlari, 
korxonalar  faoliyat  yuritishini  belgilab  beruvchi  huquqiy  normalar, 
mehnat  munosabatlari  sohasida  o‗zaro  majburiyatlar,  muayyan 
texnologiyalar va mahsulotlar sifati va sertifikatiga normativ talablar va 
hokazolar haqida bormoqda.  
Huquqiy normalar va ularni qo‗llash mexanizmi iqtisodiyotni davlat 
tomonidan  tartibga  solish  va  tegishli  iqtisodiy  siyosatni  amalga 
oshirishning  asosi  sanaladi.  Hozirgi  madaniy  jamiyatda  deyarli  barcha 
xo‗jalik  jarayonlari  huquqiy  shaklda  amalga  oshiriladi.  Bu  ularga 
maxsus  belgilangan  maqomni  berib,  shu  orqali  uning  rivojlanishini 
sekinlashtirish,  iqtisodiyot  uchun  zarur  makonni  vujudga  keltirish, 
kerakli yo‗nalishni berish yoki uni butunlay ―o‗z holiga tashlab qo‗yish‖ 
mumkin  bo‗ladi.  Mohirona  tuzilgan  qonunchilik  tizimi  va  uni  to‗g‗ri 


qo‗llash mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini sezilarli darajada tezlashtirishi, 
xo‗jalik jarayonlari samaradorligini oshirishi mumkin. 
Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqqan holda, huquqiy normalar 
tizimi  jamiyatning,  xususan,  iqtisodiyotning  haqiqiy  ahvoliga  mos 
kelishi  (bu  ularni  izchil  o‗rganish  va  tushunishni  talab  etadi),  ijobiy 
tendensiyalarni  rivojlantirish  va  salbiy  tendensiyalarga  barham  berish 
uchun tegishli makonni vujudga keltirish zarur bo‗ladi. 
Iqtisodiyotni tartibga solishning ma‟muriy metodlari quyidagilarni 
o‗z ichiga oladi: 
1)  qandaydir  faoliyatni  taqiqlash,  u  yoki  bu  tovarlar  va  xizmatlarni 
hamda ularning komponentlarini ijtimoiy zararli, keraksiz, foydalanilishi 
uchun yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi deb e‘tirof etish; 
2)  iqtisodiy  faoliyatning  ko‗plab  turlarini  olib  borishga,  tovarlar 
(dori  vositalari,  oziq-ovqat  mahsulotlari)  olib  kelish  va  olib  chiqishga 
ruxsat berish (litsenziyalash, kvotalash va boshqalar); 
3)  majburlash  (xodimlar  uchun  xavfsiz  mehnat  sharoitlarini 
ta‘minlash,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  chora-tadbirlarini  amalga 
oshirish); 
4) nazorat (daromad, narxlar va hokazolar ustidan). 
Ushbu  chora-tadbirlar  iqtisodiy  manfaatlarga  va  ularni  amalga 
oshiruvchi stimullarga asoslanmaydi, balki davlat hokimiyatiga, buyruq 
―kuchi‖ga tayanadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda  tartibga solishning  ma‘muriy  metodlari 
sezilarsiz  ko‗lamda  qo‗llaniladi.  Ularning  ko‗lami  asosan  atrof-muhit 
muhofazasi,  aholining  ijtimoiy  kam  himoyalangan  qatlamini  qo‗llab-
quvvatlash  uchun  sharoitlar  yaratish,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  amalga 
oshirish bilan cheklanadi. 
Masalan,  davlat  import  va  eksport  kvotasini  o‗rnatish,  muayyan 
tovarlar  importi  yoki  eksportini  vaqtinchalik  taqiqlash  to‗g‗risida  qaror 
qabul  qiladi  (masalan,  2006-yili  Rossiyada  Gruziya  va  Moldovadan 
vino,  ―Borjomi‖  mineral  suvi,  polyak  firmalari  tomonidan  yetkazib 
beriladigan  go‗sht  mahsulotlari  va  hokazolarni  olib  kirish  taqiqlangan 
edi).  Davlat  korxonalarni  joylarda  xodimlar  malakasini  oshirish,  ishlab 
chiqarish  o‗quvini  tashkil  qilish,  xodimlari  uchun  xavfsiz  mehnat 


sharoitlarini yaratishni majbur qilib qo‗ydi. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish