Iqtisodiy
metodlar
xo‗jalik
subyektlarining
moddiy
manfaatdorligiga ta‘sir qiladi. Bunga quyidagilar kiradi:
* soliqlar va byudjet to‗lovlari, ular orqali xo‗jalik subyektlariga
to‗g‗ridan-to‗g‗ri manzilli ta‘sir amalga oshiriladi;
* pul-kredit instrumentlari (Markaziy bank tomonidan amalga
oshiriladigan hisob stavkasini manipulyatsiya qilish, moliya institutlari
Markaziy bankda saqlashi majburiy bo‗lgan minimal zaxiralar miqdorini
belgilash va o‗zgartirish, davlat majburiyatlari emissiyasi, ular bilan
savdo qilish va qaytarish kabi davlat qimmatli qog‗ozlari bilan
operatsiyalar). Ushbu instrumentlar yordamida davlat moliya bozorida
talab va taklif nisbatini kerakli yo‗nalishda o‗zgartirishga intiladi;
* amortizatsiya siyosati;
* iqtisodiyotni dasturlash, prognozlash va rejalashtirish;
* davlat mulki obyektlarini tashkil etish va ularning asosida xususiy
biznes samarali faoliyat yuritishini ta‘minlovchi tadbirkorlik va boshqa
faoliyatni amalga oshirish.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish metodlari orasida
butunlay yaroqsizi va samarasizi yo‗q, ularning barchasi kerak; bunda
eng asosiysi – u yoki bu metodni qaysi sohalarda qo‗llash va maqsadga
muvofiqligini aniqlash hisoblanadi.
Boshqaruv – odamning turli obyektlarga va tevarak olamda
kechayotgan jarayonlarga, shuningdek, ular bilan bog‗liq odamlarga
ongli ta‘sir etishi bo‗lib, bu jarayonlarga muayyan yo‗nalish berish va
kerakli natijalarga erishish uchun amalga oshiriladi.
Boshqaruv ta‘siri yo‗naltirilgan obyekt turiga, boshqarayotganlar
qanday odamlar doirasiga ta‘sir o‗tkazayotganiga bog‗liq ravishda,
jamiyatni, davlatni, iqtisodiyotni, ijtimoiy jarayonlarni, korxonalarni,
ishlab chiqarish jamoalarini va uy xo‗jaliklarini boshqarish kabi turli xil
moliyaviy boshqaruvlar ajratib ko‗rsatiladi.
Moliyaviy boshqaruv – ularni takomillashtirish va rivojlantirish
maqsadida moliyaviy, aralash iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarga ta‘sir
ko‗rsatish jarayonidir.
Moliyaviy boshqaruvni quyidagicha tasniflash mumkin:
1) Moliyaviy boshqaruv obyektlarining manfaatlarini hisobga olish
nuqtayi nazaridan iqtisodiy va ma‘muriy boshqaruv farqlanadi.
2) Boshqariladigan obyektga ta‘sir ko‗rsatish bo‗yicha tarmoq va
hududiy moliyaviy boshqaruv uchun ajratiladi.
3) Qabul qilinayotgan qarorlarni bajarish muddatiga bog‗liq holda
boshqaruv tezkor va strategik moliyaviy boshqaruvga bo‗linadi.
Moliyaviy boshqaruv asosida quyidagi tamoyillar yotadi:
– ilmiy asoslanganlik;
– maqsadga muvofiqlik, sifat va miqdoriy jihatdan aniqlik;
– optimallik;
– o‗z vaqtidalik;
– haqqoniylik.
Moliyaviy boshqaruv tizimi moliya organlarini umume‘tirof etilgan
moliyaviy islohotlarning dasturiy maqsadlari va vazifalariga muvofiq
kuchlar bilan ta‘minlash bo‗yicha metodik va tashkiliy jihatdan o‗zaro
bog‗liq chora-tadbirlar majmuini o‗zida aks ettiradi.
Moliyani davlat tomonidan tartibga solish – bozor iqtisodiyotiga xos
bo‗lgan davlat moliyaviy boshqaruvining ajralmas qismidir.
Davlat moliyaviy tartibotining shakllari sifatida byudjet-soliq, pul-
kredit va ma‘muriy tartibga solishni aytish mumkin.
Byudjet-soliq tartiboti davlat byudjetini ishlab chiqish, tasdiqlash va
ijro etishni talab qiladi. Pul-kredit tartiboti davlatning valyuta
barqarorligini saqlash, inflyatsiyaga qarshi kurash bo‗yicha harakatlarini
o‗z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyotini ma‘muriy tartibga solish majburiy
kartellashtirish yoki kichiklashtirish, litsenziyalash, kvotalash va h.k.
kabi chora-tadbirlar bilan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy tartibotiga oid instrumentlar:
– iqtisodiy prognozlash;
– iqtisodiy rivojlanishni dasturlash;
– iqtisodiy rivojlanishni byudjetlashtirish;
– indikativ rejalashtirish.
Moliyaviy ko‗rsatkichlarni tahlil qilish va asoslash metodlari
ro‗yxati juda ko‗plab aniq yondashuvlarni o‗z ichiga oladi. Bunga
quyidagilar kiradi:
tuzilmaviy-mantiqiy va matematik modellar;
balansli va omilli metodlar;
―maqsadlar daraxti‖ vositasidan foydalangan holda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqish metodlari;
moliyaviy rivojlanish variantlarini optimallashtirish va shu asosda
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash uchun ustuvor yo‗nalishlarni
aniqlash metodlari;
iqtisodiyotning tarmoq tuzilmalarini istiqbol uchun asoslash
instrumenti sifatida tarmoqlararo balanslashtirish;
ratsional mintaqalararo munosabatlarni asoslashning balansli
metodlari.
Davlat bir qator omillarga bog‗liq ravishda iqtisodiy taraqqiyotda
ishtirok etadi:
– tanlangan jamiyatni rivojlantirish modeli;
– siyosiy tuzum;
– mavjud an‘analar;
– tashqi omillar.
Bunda u quyidagi funksiyalarni bajaradi:
– iqtisodiy rivojlanish normal kechishiga imkon beruvchi huquqiy
bazani belgilaydi;
– raqobatni himoya qiladi va monopol faoliyatni cheklaydi;
– daromad va boylikni qayta taqsimlaydi;
– iqtisodiyotni barqarorlashtirishga ko‗maklashadi;
– resurslarni qayta taqsimlaydi.
Ushbu funksiyalar to‗g‗ridan-to‗g‗ri yoki bilvosita moliya
tushunchasi bilan bog‗liq bo‗lib, bu aloqa ko‗proq oxirgi 3 funksiyada
namoyon bo‗ladi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy jarayonlarga davlat aralashuvi nafaqat
zarur, balki asoslangan sanaladi.
Davlatning moliya, kredit va soliq siyosati jamiyatning iqtisodiy
o‗sishi va ijtimoiy barqarorlashuviga xizmat qilishi lozim.
Bozor jarayonlariga davlat aralashuvi ko‗proq yumshoq iqtisodiy va
huquqiy metodlar orqali amalga oshirilishi kerak.
Davlat moliyaviy tartibotining minimal va maksimal chegaralarini
aniqlash mumkin.
Minimal talab qilinadigan davlat tomonidan tartibga solish normal
faoliyatni ta‘minlash, jumladan, iqtisodiyotning davlat sektori, mudofaa
va xavfsizlik, mudofaa sanoati, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, ilm-fan,
madaniyat va davlat apparatini moliyalashtirish; ijtimoiy ne‘matlarni
zarur miqdorda va kerakli sifatda ta‘minlash; inflyatsiyaga qarshi va
inqirozga qarshi siyosatni amalga oshirish bilan cheklanadi.
Davlat tomonidan tartibga solishning maksimal ruxsat etilgan
chegaralari
bozor
mexanizmining
normal
ishlashiga
putur
yetkazmaydigan shakllar va miqdorlarda bozor jarayonlariga aralashuvi
bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning turlari:
- aralashmaslik;
- normativ va huquqiy tartibga solish;
- dirijizm.
- indikativ va direktiv rejalashtirish.
Iqtisodiyotning davlat tomonidan moliyaviy tartibga solish – bu
uning faoliyatini har bir aniq bosqichida iqtisodiyotning makroiqtisodiy
muvozanatiga ta‘sir ko‗rsatish uchun davlat shakllari va xo‗jalik
subyektlarida moliyaviy ta‘sir metodlarini maqsadga yo‗naltirilgan va
izchil tarzda qo‗llash jarayonidir.
Tartibga
solish
jarayoni
turli
kategoriyalar
va
ularning
elementlaridan foydalangan holda obyektiv va subyektiv omillar,
iqtisodiy faoliyat shart-sharoitlarining xilma-xilligi bilan tavsiflanadi.
Shuning uchun mazkur asoslarga ko‗ra davlat tomonidan tartibga solish
tizimini chegaralash turlari, ko‗rinishlari, shakllari va metodlarini
tasniflash muhim sanaladi.
Ularning turlari quyidagilardir: iqtisodiy (moliyaviy, kredit, narx,
valyuta) va ma‘muriy.
Moliyaviy tartibga solinadigan turlari: soliq, byudjet, moliya-kredit,
bojxona-tarif, valyuta-moliyaviy, ichki firma.
Tartibga solish shakli moliyaviy subkategoriyaning tegishli
ko‗rinishi uchun ham, boshqa barchasi uchun ham xarakterli bo‗lgan
sanab o‗tilgan turlarda sodir bo‗layotgan jarayonlarni anglatadi:
masalan,
byudjet
ko‗rinishida
quyidagi
shakllar
sanaladi:
moliyalashtirish
(subvensiyalar,
subsidiyalar,
transfertlar),
soliq
ko‗rinishida – bevosita va bilvosita soliqqa tortish, valyuta-moliya
ko‗rinishida – tashqi investitsiyalash, tashqi zayomlar va tashqi qarzlar.
Rejalashtirish (prognozlash) umumiy shakl hisoblanadi.
Tasnifning eng ko‗p sonli elementlari ham tartibga solish metodlari
sanalib, ular alohida shakllar uchun maxsus bo‗lishi (masalan, soliqda
stavka metodi, zayomlardagi konversiya) yoki bir nechta shakllarda
foydalanish uchun qo‗llanilishi mumkin (masalan, byudjetlarda va
xo‗jalik subyektlarining moliyaviy rejalarida balanslash metodi, ushbu
shakllarda zaxiralarni shakllantirish). Uslublar mustaqil usullar, uslublar
bilan ajralib turadi va tartibga solish tizimining o‗zgaruvchan
elementlari hisoblanadi.
Davlatni tartibga solish tizimining turlari - usullari, uslublari
shakllari tanlangan yo‗nalishda muvofiqlashtirilgan, barqaror iqtisodiy
rivojlanishni ta‘minlash uchun mo‗ljallangan. Bozor sharoitida davlat
tomonidan tartibga solishning bilvosita usullariga ko‗proq e‘tibor beradi.
Ayniqsa, ishlab chiqilgan rivojlanish yo‗lidan sezilarli darajada noto‗g‗ri
chayqalishlar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri, aniq ko‗rsatmalar bilan
to‗ldiriladi.
Boshqaruv obyektlari uchta makroiqtisodiy tuzilmalardan iborat.
Birinchidan, bu umumiy ishlab chiqarish: barcha mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi korxonalar majmuasi. Ikkinchidan, tartibga solishning
obyekti yalpi ijtimoiy mahsulot sanaladi: muayyan davr uchun
mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar (mahsulot va xizmatlar)ning
umumiy miqdori. Uchinchidan, bu yalpi ehtiyojni o‗z ichiga oladi:
jamiyatning barcha a‘zolari ehtiyojlarining umumiy miqdori.
Ushbu makroiqtisodiy tuzilmalar uchta doiraviy diagramma
ko‗rinishida keltirilgan (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |