A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


Davlat korxonalarining faoliyati va faoliyat yuritishi uchun



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

3.3 Davlat korxonalarining faoliyati va faoliyat yuritishi uchun 
normativ-huquqiy asoslarni tartibga solish 
 
Davlat  korxonalarining  faoliyati  va  ularning  moliyasi  bir  qator 
normativ-huquqiy  hujjatlar,  xususan,  ―O‗zbekiston  Respublikasining 
Fuqarolik 
kodeksiˮ, 
soliq 
to‗lovlari 
bo‗yicha 
―O‗zbekiston 
Respublikasining  Soliq  kodeksiˮ,  ―Davlat  korxonalari  to‗g‗risidaˮgi 
nizom  (Vazirlar  Mahkamasining  16.10.2006  yildagi  215-sonli  qaroriga 
1-ilova),  ―Mahsulotlar  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  va  sotish 
xarajatlarining  tarkibi  va  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish  tartibi 


to‗g‗risidaˮgi nizom (O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
05.02.1999 
yildagi 
540-sonli 
qaroriga 
ilova), 
O‗zbekiston 
Respublikasining 30.08.1996 yildagi N 279-I- sonli ―Buxgalteriya hisobi 
to‗g‗risida‖gi  qonuni,  buxgalteriya  hisobida  hujjatlar  va  hujjatlar 
aylanmasi  to‗g‗risida  nizom  (Moliya  vazirining  23.12.2003  yildagi  N 
131-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2004- 
yil 14-yanvarda 1297-son bilan ro‗yxatga olingan), ―Milliy buxgalteriya 
standartlariˮ va boshqalar bilan tartibga solinadi. 
O‗zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksiga  muvofiq, 
mulkdor  tomonidan  mulkka  biriktirilgan  shaxsga  egalik  huquqi 
berilmagan tijorat tashkiloti unitar korxona hisoblanadi. 
Unitar  korxonaning  mulki  bo‗linmas  sanalib,  hissalar  (ulushlar, 
paylar)  bo‗yicha,  shu  jumladan,  korxona  xodimlari  o‗rtasida 
taqsimlanmaydi. 
Unitar korxonaning ustavida korxona ustav kapitalining miqdori, uni 
tuzish tartibi va manbalari to‗g‗risida ma‘lumotlar bo‗lishi kerak. 
Unitar  korxonaning  mulki  unga  xo‗jalik  yuritish  yoki  tezkor 
boshqarish  huquqi  bilan  tegishlidir.  Unitar  korxonaning  firma  nomida 
uning mulki egasi ham ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak. 
Unitar korxonaning organi mulkdor yoki vakolatli organ tomonidan 
tayinlangan va ularga hisobdor bo‗lgan rahbar hisoblanadi. 
Unitar  korxona  o‗ziga  qarashli  barcha  mol-mulk  uchun  o‗z 
majburiyatlari  bo‗yicha  javobgar  sanaladi.  U  mulk  egasining 
majburiyatlari  bo‗yicha  javobgar  bo‗lmaydi.  Unitar  korxona  mulkining 
egasi  korxona  majburiyatlari  bo‗yicha  javobgar  sanalmaydi.  Ushbu 
qoida, shuningdek, sho‗ba korxonaga muassis unitar korxonaning sho‗ba 
korxona  majburiyatlari  bo‗yicha  javobgarligiga  nisbatan  ham  tatbiq 
etiladi. 
Xo‗jalik  yuritish  huquqiga  asoslangan  unitar  korxona  mulk 
egasining yoki u vakolat bergan organning qarori bilan tuziladi. Xo‗jalik 
yuritish  huquqiga    asoslangan  korxonaning  ta‘sis  hujjati  uning 
o‗rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan nizomi hisoblanadi. 
Xo‗jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona yuridik shaxs 
sifatida  o‗rnatilgan  tartibda  o‗z  mulkining  bir  qismini  xo‗jalik  yuritish 


uchun  taqdim  etgan  holda  boshqa  unitar  korxona  (sho‗ba  korxona) 
tashkil etishi mumkin. Muassis sho‗ba korxonaning nizomini tasdiqlaydi 
va uning boshlig‗ini tayinlaydi. 
Mulkni xo‗jalikni boshqarish huquqi asosida tasarruf etuvchi unitar 
korxona  ushbu  mol-mulkka  egalik  qiladi  va  undan  foydalanadi. 
Qonunga  muvofiq,  mol-mulkini  xo‗jalik  yuritishga  bergan  mulkdor 
korxonani  tashkil  etish,  uning  faoliyati  maqsadlari  va  predmetini 
belgilash,  uni  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  masalalarini  hal  qiladi, 
korxona  direktori  (boshlig‗i)ni  tayinlaydi,  korxona  tomonidan  o‗ziga 
tegishli  mulkdan  maqsadga ko‗ra foydalanilishi va saqlanishini nazorat 
qiladi.  Mulkdor  korxonaning  xo‗jalik  yuritishda  bo‗lgan  mulkdan 
foydalanishdagi daromadning bir qismini olish huquqiga egadir. 
Unitar  korxona  o‗ziga  xo‗jalik  yuritish  huquqi  asosida  tegishli 
bo‗lgan  ko‗chmas  mulkni  sotishga  haqli  emas.  Shuningdek,  mulkdor 
roziligisiz uni ijaraga berishi, garovga qo‗yishi, xo‗jalik sherikchiligi va 
jamiyatlarining ustav fondiga ulush sifatida kiritishi yoki usulda tasarruf 
etishi mumkin emas. Korxonaga tegishli mol-mulkning qolgan qismini u 
mustaqil tasarruf etadi. 
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, davlat organining qaroriga 
ko‗ra davlat tasarrufida bo‗lgan mulk bazasida tezkor boshqarish huquqi 
asosida  davlat  unitar  korxonasi  (davlat  korxonasi)  tashkil  etilishi 
mumkin. 
Davlat  korxonasining  ta‘sis  hujjati  uning  nizomi  sanaladi.  Tezkor 
boshqarish  huquqiga  asoslangan  davlat  korxonasining  firma  nomida 
korxona davlat korxonasi ekanligini ko‗rsatish lozim. 
Davlat  korxonasining  mulki  yetarli  bo‗lmagan  hollarda  uning  
majburiyatlari bo‗yicha davlat ham subsidiar tartibda javob beradi. 
Davlat  korxonasi  uni  tashkil  etish  to‗g‗risida  qaror  qabul  qilgan 
davlat organi tomonidan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. 
Davlat korxonasi o‗ziga biriktirilgan mulkdan qonunda belgilangan 
doirada,  o‗z  faoliyati  maqsadlariga,  mulkdorning  (yoki  uning 
topshirig‗iga  ko‗ra  u  vakolat  bergan  davlat  organi  –  muassisning) 
topshiriqlariga  hamda  egalik  qilish  huquqidagi  mulkning  maqsadiga 
muvofiq mulkdan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi. 


Davlat  korxonasi  yoki  muassasasiga  topshirilgan  mulk  egasi 
ortiqcha, 
 
foydalanilmayotgan 
yoki 
maqsadiga 
zid 
ravishda 
foydalanilayotgan  mulkni    olib  qo‗yish  va  uni  o‗z  xohishiga  ko‗ra 
tasarruf  etish  huquqiga  ega.  Davlat  korxonasi  o‗z  tasarrufidagi  mol-
mulkni  ushbu  mulk  egasining  roziligi  bilan  davlat  ixtiyoriga  o‗tkazishi 
yoki boshqacha tarzda tasarruf etishi mumkin. 
Davlat  korxonasi,  agar  qonun  hujjatlarida  boshqacha  tartib  nazarda 
tutilgan  bo‗lmasa,  o‗z  mahsulotlarini  mustaqil  ravishda  sotadi.  Davlat 
korxonasining  daromadlarini  taqsimlash  tartibi  uning  mol-mulki  egasi 
tomonidan belgilanadi. 
Muassasa  o‗ziga  biriktirilgan  mulk  va  smeta  bo‗yicha  unga 
ajratilgan  mablag‗lar  hisobidan  sotib  olingan  mulkni  davlat  ixtiyoriga 
o‗tkazishi yoki boshqacha tarzda tasarruf huquqiga ega emas. Agar ta‘sis 
hujjatlariga  muvofiq  muassasaga daromad keltiruvchi faoliyatni amalga 
oshirish  huquqi  taqdim  etilgan  bo‗lsa,  u  holda  bunday  faoliyatdan 
olingan  daromad  va  ushbu  daromadlar  hisobidan  sotib  olingan  mulk 
muassasaning  mustaqil  tasarrufiga  o‗tadi  va  alohida  balansda  qayd 
etiladi. 
Mulkdor  tomonidan  unitar  korxona  yoki  muassasaga  biriktirish 
haqida  qaror  qabul  qilingan  mulkka  nisbatan  ushbu  korxona  yoki 
muassasada  xo‗jalik  yuritish  huquqi  yoki  mulkni  operativ  boshqarish 
huquqi  agar  qonunchilikda  yoki  mulkdorning  qarorida  boshqa  holat 
nazarda  tutilmagan  bo‗lsa,  mulk  o‗tkazilgan    paytdan  boshlab  paydo 
bo‗ladi. 
Xo‗jalik  yuritish  yoki  tezkor  boshqarishda  bo‗lgan  mulkdan 
foydalanish  mevasi,  mahsulotlari  va  daromadlari,  shuningdek,  unitar 
korxona  yoki  muassasa  tomonidan  shartnoma  bo‗yicha  yoki  boshqa 
asoslarda sotib olingan mulk egalik huquqini qo‗lga kiritish uchun unitar 
korxona yoki  muassasaning xo‗jalik yuritishi yoki tezkor boshqarishiga 
kelib tushadi. 
Mulkka  nisbatan  xo‗jalik  yuritish  huquqi  va  tezkor  boshqarish 
huquqi  mulkdorning  qaroriga  binoan  va  qonunchilikda  nazarda  tutilgan 
boshqa asoslarda bekor qilinadi. 
2.  O‗zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi  va  boshqa 


qonunchilik  hujjatlariga  muvofiq,  davlat  korxonalari  to‗g‗risida  nizom 
davlat  korxonalarining  huquqiy  maqomini,  davlat  korxonasi,  uning 
sho‗‗balari  va  vakolatxonalarini  tuzish  hamda  ularning  faoliyatiga  xos 
xususiyatlarni,  muassisning,  ijro  organining  huquq  va  majburiyatlari, 
davlat  korxonasi  va  uning  muassisi  o‗rtasidagi  mulkiy  munosabatlarni 
belgilab beradi. 
  Davlat  korxonasi  alohida  mol-mulkka,  mustaqil  balansga,  bank 
hisob  raqamlariga,  shu  jumladan  valyuta  hisob  raqamlariga,  ramzi, 
shtamplari  va  blankalariga,  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  gerbi 
tasviri tushirilgan, o‗zining firma nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega 
bo‗ladi. Davlat korxonasining firma nomida ―davlat korxonasiˮ so‗zlari 
bo‗lishi kerak. 
Davlat  korxonasi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  o‗z 
nomidan  mulkiy  va  shaxsiy  nomulkiy  huquqlarni  olishi  va  amalga 
oshirishi,  majburiyatlar  olishi,  sudda  da‘vogar  va  javobgar  bo‗lishi 
mumkin.  
Davlat  korxonasi  muassis  roziligi  bilan  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
tijorat 
tashkilotlari, 
shuningdek, 
ularda 
yuridik 
shaxslarning 
qatnashishiga  yo‗l  qo‗yiladigan  notijorat  tashkilotlar  qatnashchisi 
(a‘zosi) bo‗lishi mumkin. Davlat korxonasi davlatning boshqa korxonasi 
muassisi bo‗lishga haqli emas. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  yoki  O‗zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  bilan  tashkil  etilgan 
davlat  unitar  korxonalari  faoliyatning  litsenziyalanadigan  turlarini, 
faoliyatning  ushbu  turlarini  amalga  oshirish  O‗zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  yoki  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
qarorlarida  nazarda  tutilgan  hollarda,  tegishli  litsenziya  olmasdan 
amalga oshirishga haqlidirlar. 
Quyidagilarning  qarorlari  davlat  korxonasini  tashkil  etish  uchun 
asos sanaladi: 
– O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti; 
– O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
– davlat boshqaruvi organi; 
– mahalliy davlat hokimiyati organi. 


Davlat  korxonasi,  agar  uni  tashkil  etish  to‗g‗risidagi  qarorda 
boshqacha  qoida  belgilanmagan  bo‗lsa,  faoliyat  ko‗rsatish  muddati 
cheklanmagan holda tashkil etiladi.  
Muassis  tomonidan  tasdiqlangan  va  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda  tegishli  davlat  organlarida  ro‗yxatga  olingan  ustav  davlat 
korxonasining ta‘sis hujjati hisoblanadi. 
Davlat korxonasi ustavida quyidagi ma‘lumotlar bo‗lishi kerak: 
–  firma nomi, joylashgan joyi (pochta manzili); 
– faoliyatining predmeti va maqsadi
– davlat korxonasi faoliyatini boshqarish tartibi; 
– ustav fondining miqdori, uni shakllantirish tartibi va manbalari
– ustav fondini ko‗paytirish va kamaytirish tartibi; 
–  mulkni tasarruf etish shartlari
–  daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi; 
– zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi
– rahbarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi; 
– yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi
– davlat korxonasini qayta tashkil etish va tugatish tartibi. 
Jamiyat ustavida qonun hujjatlariga zid bo‗lmagan boshqa qoidalar 
bo‗lishi mumkin. 
Davlat korxonasi ustaviga o‗zgartirishlar muassisning qaroriga ko‗ra 
kiritiladi va belgilangan tartibda davlat ro‗yxatidan o‗tkaziladi. 
Davlat korxonasining mulki: 
-  muassis  tomonidan  davlat  korxonasiga  tezkor  boshqarish  huquqi 
bilan birkitilgan mulk; 
- davlat korxonasining o‗z faoliyatidan olingan daromadlari; 
-  qonun  hujjatlariga  zid  bo‗lmagan  boshqa  manbalar  hisobiga 
shakllantiriladi. 
Davlat korxonasi mulkining qiymati korxonaning mustaqil balansida 
aks ettiriladi. 
Tashkil etilgan davlat korxonasida davlat mulkini tezkor boshqarish 
huquqi,  topshirish –  qabul  qilib olish  dalolatnomasi  korxona  rahbari  va 
muassis tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab paydo bo‗ladi. 
Davlat  korxonasi  mulki  bo‗linmas  mulk  hisoblanadi  va  qo‗shilgan 


hissalar  (ulushlar,  paylar)  bo‗yicha,  shu  jumladan  davlat  korxonasi 
xodimlari o‗rtasida taqsimlanishi mumkin emas. 
Davlat  korxonasi  mulkini  tasarruf  etish  quyidagi  hollarda  davlat 
korxonasining  ijro  etuvchi  organi  tomonidan  muassis  bilan  kelishgan 
holda amalga oshiriladi: 
–  asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga topshirish
–  mulkni xo‗jalik jamiyati ustav fondiga ulush sifatida qo‗shish; 
– xo‗jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish; 
– mulkni  davlat  korxonasi  faoliyati  maqsadlariga  muvofiq 
bo‗lmagan boshqacha tarzda tasarruf etish. 
Davlat korxonasi  muassis  bilan kelishuv bo‗yicha, qonun hujjatlari 
talablariga  rioya  qilgan  holda  filiallar  tashkil  etishi  va  vakolatxonalar 
ochishi mumkin.  
Filial yoki vakolatxona tashkil etilgandan keyin bir hafta  muddatda 
davlat  korxonasi  bu  to‗g‗rida  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  mulki 
qo‗mitasini  (uning  hududiy  organini)  xabardor  qilishi  shart.  Davlat 
korxonasining  filiallari  va  vakolatxonalari  ularni  tashkil  etgan  davlat 
korxonasi  nomidan,  davlat  korxonasi  tomonidan  tasdiqlangan  nizomlar 
asosida faoliyat ko‗rsatadi va uni tashkil etgan davlat korxonasi mulkiga 
ega  bo‗ladi.  Davlat  korxonasi  filiali  yoki  vakolatxonasi  rahbari  davlat 
korxonasining  rahbari  tomonidan  muassis  bilan  kelishgan  holda 
tayinlanadi  va  uning  ishonchnomasi  asosida  faoliyat  ko‗rsatadi.  Filial 
yoki vakolatxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‗xtatilgan 
taqdirda  ishonchnoma  davlat  korxonasi  rahbari  tomonidan  bekor 
qilinishi kerak. 
Davlat  byudjetiga  va  byudjetdan  tashqari  jamg‗armalarga  barcha 
soliqlar  hamda  boshqa  majburiy  to‗lovlar  to‗langandan  keyin  davlat 
korxonasida  qoladigan  sof  foyda  korxona  ixtiyorida  qoladi  va  undan 
muassisning qaroriga binoan foydalaniladi. 
Davlat  korxonasi  o‗z  ixtiyorida  qoladigan  sof  foyda  hisobiga 
korxona  ustavida  nazarda  tutilgan  tartibda  va  muassis  tomonidan 
tasdiqlanadigan  miqdorlarda  zaxira  fondi  va  boshqa  fondlarni  tashkil 
etishi mumkin. 
Davlat  korxonasi  o‗z  majburiyatlari  bo‗yicha  o‗ziga  tegishli  mulk 


bilan  javob  beradi.  Muassis  korxona  mulki  yetarli  bo‗lmaganda  davlat 
korxonasi majburiyatlari bo‗yicha subsidiar tartibda javob beradi. Davlat 
korxonasi  muassisning  majburiyatlari  bo‗yicha  javob  bermaydi.  Davlat 
korxonasining  filiali  va  vakolatxonasi  majburiyatlari  bo‗yicha  ularni 
tashkil etgan davlat korxonasi javob beradi. 
Davlat  korxonasi  hisobot  davri  tugagach  vakolatli  organlarga 
moliyaviy  hisobotni  va  ro‗yxati  qonun  hujjatlarida  belgilangan  boshqa 
hujjatlarni  taqdim  etadi  hamda  hujjatlarning  saqlanishi  va  ularning 
belgilangan  tartibda  davlat  tomonidan  saqlashga  berilishi  uchun  javob 
beradi. 
Davlat  korxonasi  faoliyatini  xo‗jalik  yurituvchi  organ  sifatida 
nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis va boshqa 
vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat  korxonasi  muassis  qaroriga  ko‗ra,  tegishli  ravishda  Davlat 
mulki qo‗mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda, 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoxud sud qaroriga binoan qayta 
tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.  
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ―O‗zbekiston 
Respublikasining  Xususiylashtirish,  monopoliyadan  chiqarish  va 
raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‗mitasi  huzuridagi  Davlat  aktivlarini 
boshqarish 
markazi 
faoliyatini 
tashkil 
etish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi  qarori  qabul  qilingan.  Mazkur  qaror  davlat  aktivlarini 
samarali  boshqarishni  ta‘minlash,  yagona  texnik-iqtisodiy,  ishlab 
chiqarish 
siyosatini 
amalga 
oshirish, 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalash, shu jumladan investitsiyalarni  jalb etish yo‗li bilan 
mahsulotlar  (ishlar,  xizmatlar)ning  yangi  turlarini  ishlab  chiqarish  va 
o‗zlashtirish hajmlarini kengaytirish maqsadida qabul qilindi. 
Qarorga muvofiq, davlat unitar korxonasi hisoblanadigan Markazga 
aksiyadorlik  jamiyatlarining  ustav  fondlaridagi  aksiyalarning  davlat 
paketlari,  shuningdek,  mas‘uliyati  cheklangan  jamiyatlarning  ustav 
fondlaridagi  davlat  ulushlarini  tasarruf  etish  huquqisiz  egalik  qilish  va 
foydalanish uchun beriladi. 
Davlat  raqobat  qo‗mitasining  Toshkent  shahri  bo‗yicha  hududiy 
boshqarmasi  huzuridagi  Davlat  mulki  ijarasi  markazi  tomonidan 


Toshkent  shahri  byudjetiga  yo‗naltiriladigan  mablag‗larning  bir  qismi 
2013-yilda,  2014-yildan  boshlab  esa  –  davlat  ulushi  bo‗yicha 
O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetiga  amalda  tushgan 
dividendlarning  bir  qismi  hamda  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat 
raqobat qo‗mitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi 
bo‗yicha  davlat  korxonalari  foydasining  bir  qismidan  ajratiladigan 
ajratmalar,  ta‘minot,  zarur  moddiy-texnik  bazani  shakllantirish, 
shuningdek,  Markazning  faoliyat  ko‗rsatishi  bilan  bog‗liq  bo‗lgan 
boshqa xarajatlarini qoplash manbai hisoblanadi. 
3. 
Davlat 
korxonasi 
faoliyatining 
moliyaviy 
natijalarini 
shakllantirish  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
05.02.1999-yildagi  ―Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va 
sotish  xarajatlari  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish 
tartibi  to‗g‗risidaˮgi  nizomni  tasdiqlash  haqida
 
54-sonli  qarori  bilan 
tartibga solinadi. 
Ushbu nizomga muvofiq, xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy 
ko‗rsatkichlari quyidagicha ifodalanadi: 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish