A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova


 Xo„jalik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

 
2.3. Xo„jalik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi 
mohiyatining hozirgi talqini 
 
Hozirgi  sharoitda  bozor  xo‗jaligida  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan 
tartibga  solish  deganda  mavjud  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimni  o‗zgaruvchan 
sharoitlarga  moslashtirish  va  barqarorlashtirish  maqsadida  vakolatli 
davlat muassasalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan amalga 
oshirilgan  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  nazorat  qiluvchi 
xarakterdagi namunaviy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qayta ishlab chiqarish 
jarayonining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan 
tartibga  solishning  aniq  yo‗nalishlari,  shakllari,  ko‗lami  muayyan 
mamlakatda  ma‘lum  bir  davrda  iqtisodiy  va  ijtimoiy  muammolarning 


tabiati hamda keskinligi bilan belgilanadi. 
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  obyektlari  –  bu 
avtomatik  ravishda  hal  qilinmaydigan  yoki  uzoq  istiqbolda  hal 
qilinadigan  qiyinchiliklar,  muammolar  yuzaga  kelgan  yoki  yuzaga 
kelishi  mumkin  bo‗lgan,  bunday  muammolarni  hal  etish  normal 
iqtisodiy  faoliyatni  ta‘minlash  va  ijtimoiy  barqarorlikni  saqlash  uchun 
zarur  bo‗lgan  soha,  tarmoq,  mintaqa,  shuningdek,  vaziyatlar,  hodisalar 
va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlaridir. 
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  obyektlari  hal 
qilinadigan  vazifalar  darajasiga  ko‗ra  farqlanadi:  firmalar,  mintaqalar, 
tarmoqlar,  butun  iqtisodiyot  sektorlari  (xo‗jalik  sikli,  pul  muomalasi, 
narxlar),  global  (ijtimoiy  munosabatlar,  ekologiya),  xalqaro  (boshqa 
davlatlar bilan munosabatlar).  
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  asosiy  maqsadi 
jamiyat,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  barqarorlik,  mamlakatda  mavjud  tizimni 
mustahkamlash, 
uni 
o‗zgaruvchan 
sharoitlarga 
moslashtirish, 
farovonligini ta‘minlash hisoblanadi. Aralash iqtisodiyotda iqtisodiyotni 
davlat  tomonidan  tartibga  solish  milliy  xo‗jalikning  bozor  mexanizmi 
yordamida  hal  qilib  bo‗lmaydigan  yo‗nalishlari  samarali  faoliyat 
yuritishini ta‘minlashi lozim.  
Ushbu asosiy  maqsad asosida davlat iqtisodiy siyosatining bevosita 
ifodalangan aniq maqsadlari yoki yo‗nalishlari shakllanib, ularni amalga 
oshirmasdan  turib  asosiy  maqsadga  ham  erishib  bo‗lmaydi.  Bu  aniq 
maqsadlar  o‗zlari  yo‗naltirilgan  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga 
solish  obyektlari  bilan  shuningdek,  mo‗ljallanganligi  va  ko‗lami 
bo‗yicha  bir  xil  bo‗lmasa-da,  bir-biri  bilan  ham  chambarchas  bog‗liq. 
Bir  maqsad  boshqa  maqsadlarga  bog‗liq  bo‗lmagan  tarzda  belgilanishi 
va  erishilishi  mumkin  emas.  Masalan,  bandlikni  ta‘minlash  maqsadi 
bandlik  obyektiga  yo‗naltirilgan,  lekin  u  kapital  jamg‗arish  uchun, 
xo‗jalikning  sektor,  tarmoq  va  hududiy  tuzilmalarini  yuzaga  keltirish 
uchun,  kadrlarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  uchun  tegishli  shart-
sharoit yaratish bilan bog‗liq. 
Aniq  maqsadlar  boshqa,  joriy  vaqt  uchun  yanada  yuksak 
maqsadlarga  erishishga  vositachilik  qilishi  mumkin.  Ular  bir-biri  bilan 


qisman  kesishadi,  ulardan  birontasi  muhimroq  bo‗lishi  va  davlat 
tomonidan  tanlangan  ustuvorliklarga,  real  xo‗jalik  konyunkturasiga 
bog‗liq  ravishda  o‗ziga  boshqalarni  bo‗ysundirishi  mumkin. 
Maqsadlarning  har  biri  boshqa  maqsadga  erishilishida  ko‗makdosh 
bo‗lishi yoki bunga to‗sqinlik qilishi mumkin. 
Maqsadlar 
daraxtida 
davlat 
iqtisodiy 
tartibotining 
alohida 
maqsadlari  yoki  yo‗nalishlarining  holati  barqaror  sanalmaydi.  Ular 
xo‗jalik  vaziyatlari,  oldinga  chiquvchi  iqtisodiy  vazifalarga  qarab 
muntazam o‗zgarib turadi. Inqiroz  sharoitida undan chiqib olish, ya‘ni, 
konyunkturani jonlantirish birlamchi maqsadga aylanadi. Qolgan barcha 
maqsadlar  ortga  chekinadi  va  birlamchi  maqsadga  bo‗ysundiriladi. 
To‗lov  balansining  uzoq  muddatli  defitsiti,  tashqi  qarzdorlik  o‗sishi, 
valyuta  zaxiralarining  kamayishi  sharoitida  birinchi  o‗ringa  asosiy 
maqsad  –  to‗lov  balansini  sog‗lomlashtirish  va  unga  bo‗ysundirilgan 
maqsadlar  –  jahon  bozorida  milliy  tovarlar  raqobatbardoshligini 
oshirish, mamlakatga kapital jalb etish – chiqadi. 
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  maqsadlari  ko‗plab 
omillarga bog‗liq: iqtisodiyotning umumiy rivojlanganlik darajasi, uning 
tuzilmasi  (joriy  va  kelgusida  ko‗zlangan),  xalqaro  mehnat  taqsimotiga 
jalb  qilinganlik  o‗lchovlari.  Burjua  davlat  maqsadlarining  an‘anaviy 
to‗plami  –  iqtisodiy  o‗sish,  to‗liq  bandlik,  iqtisodiy  samaradorlik, 
narxlarning  barqaror  darajasi,  iqtisodiy  erkinlik,  daromadlarni  adolatli 
taqsimlash, iqtisodiy xavfsizlik, savdo balansidir. 
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  hayotning  boshqa 
sohalarini  (siyosat,  madaniyat)  tartibga  solish  bilan  bog‗liq  bo‗lishi 
kerak.  Bundan  tashqari,  davlat  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini 
kafolatlash, mafiya va korrupsiyadan himoya qilish, qonun ustuvorligini 
ta‘minlashga majburdir. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy chegarasi –
iqtisodiy  qarorlarni  qabul  qilish  erkinligi  sharoitida  kapital  mulk 
egalarining xususiy manfaatlariga mos keladigan maqsadlarga ehtimoliy 
mos kelmasligidir. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning iqtisodiy asoslari 
yalpi  ichki  mahsulotning  tarkibiy  qismi  bo‗lib,  davlat  byudjeti  va 


byudjetdan  tashqari  jamg‗armalar  hamda  davlat  mulki  hisobiga  qayta 
taqsimlanadi. Ushbu asos iqtisodiyotga davlat aralashuvining shakllarini 
belgilaydi –bevosita va bilvosita aralashuv. Iqtisodiyotga bevosita davlat 
aralashuvi  davlatning  moddiy  resurslardan  foydalanish  huquqini 
kengaytirish,  qonun  chiqarish,  sanoat  korxonalarini  boshqarishdan 
iborat. Iqtisodiyotga bevosita davlat aralashuvi iqtisodiy siyosatning turli 
tadbirlari orqali iqtisodiyotni boshqarishda namoyon bo‗ladi.  
Bu  ikki  shakl  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‗liq,  lekin  bozor 
iqtisodiyoti bilan markazlashgan iqtisodiyotda bu aloqa sezilarli darajada 
farqlanadi.  Ikki-uch  asr  avval  shakllana  boshlagan  bozor  iqtisodiyotiga 
ega  mamlakatlar  muntazam  ravishda  davlat  tomonidan  tartibga  solish 
bilan  tabiiy  shakllangan  bozor  mexanizmining  amal  qilishi  o‗rtasidagi 
optimal  nisbatni  qidiradi.  Markazlashgan  iqtisodiy  tizimga  ega 
mamlakatlar  davlat  tasarrufidan  chiqarish  jarayonida  davlat  yordamida 
(bu  qanchalar  ajablanarli  tuyulmasin)  bozor  usiz  bo‗lishi  mumkin 
bo‗lmagan  o‗sha  kuchli  hayotbaxsh  xususiy  manfaatni  qayta 
jonlantirishga harakat qilishadi. Bunda asosiy muammo shundaki, ushbu 
hayotbaxsh manfaatni davlat quchog‗ida o‗ldirib qo‗ymaslik ham lozim. 
Davlat  tomonidan  tartibga  solish  turlari  –  markazlashgan  tarzda 
boshqariladigan rejali iqtisodiyot, o‗ta iqtisodiy liberalizm (hech qanday 
cheklanmagan  xususiy  tadbirkorlik),  davlat  tartibotining  keynscha 
modeli,  aralash  boshqaruv  (buyuk  neoklassik  sintez),  oraliq  shakllar 
(Yaponiya, Shvetsiya modeli).  
Davlat  bozor  tizimi  muayyan  talablar  qo‗yadigan  turli 
instrumentlarni qo‗llash orqali o‗z funksiyalarini amalga oshiradi. 
Birinchidan,  bozor  munosabatlarini  buzuvchi  har  qanday  davlat 
harakatlari istisno qilinadi. 
Ikkinchidan,  o‗z-o‗zini  tartibga  soluvchi  tizim  sifatida  bozorga 
asosan iqtisodiy  metodlar bilan ta‘sir qilish  mumkin. Agar davlat faqat 
ma‘muriy metodlarga tayansa, u bozor mexanizmini yo‗q qilishga qodir 
bo‗ladi.  Shu  bilan  birga,  bu  rivojlangan  bozor  iqtisodiyotida  ma‘muriy 
metodlar  mavjud  bo‗lish  huquqiga  ega  emasligini  anglatmaydi,  ba‘zi 
hollarda ulardan foydalanish nafaqat joiz, balki zarur hamdir. 
Uchinchidan, 
iqtisodiy 
tartiblagichlar 
bozor 
stimullarini 


kuchsizlantirishi  yoki  o‗rin  almashtirmasligi  kerak,  ularni  qo‗llashda 
―bozorga xalaqit berma‖ tamoyiliga amal qilish lozim. 
To‗rtinchidan,  davlat  iqtisodiy  tartiblagichlarni  qo‗llar  ekan,  u  olib 
kelgan  ijobiy  va  salbiy  oqibatlarni  muntazam  nazorat  qilishi,  o‗z 
qarorlarining uzoq muddatli oqibatlariga javobgar bo‗lishi kerak. 
Beshinchidan,  mintaqalarning  iqtisodiy  faoliyatiga  va  iqtisodiy 
faoliyat  subyektlariga  sezilarli  ta‘sir  ko‗rsatadigan  milliy  xususiyatlarni 
hisobga olish kerak. 
Jahon  xo‗jaligi  amaliyotida  tartibga  solish  metodlarining  ko‗plab 
kombinatsiyalari  ma‘lum  bo‗lsa-da,  ularning  ichki  tuzilmasi,  odatda, 
o‗zgarishsiz  qolmoqda.  Ayrim  metodlar  (iqtisodiy  va  ma‘muriy) 
iqtisodiyotda tuzuvchi vazifasini bajarib, qo‗yilgan maqsadlarga erishish 
uchun  yo‗naltirilgan  bo‗lsa,  boshqalari  amortizator  sifatida  namoyon 
bo‗lib,  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  bilan  birga 
kuzatiladigan salbiy ta‘sirlarni bartaraf etish uchun mo‗ljallangan. 
Iqtisodiy 
siyosat 
maqsadlariga 
erishish 
va 
uning 
asosiy 
yo‗nalishlarini  amalga  oshirish  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga 
solishning  turli  instrumentlari  (ma‘muriy  va  iqtisodiy)  bilan 
ta‘minlanadi. 
Ma‘muriy  vositalar  davlat  hokimiyatining  kuchiga  asoslanadi  va 
taqiqlash,  ruxsat  berish  hamda  majburlash  choralarini  o‗z  ichiga  oladi. 
Masalan,  taqiqlash  va  ruxsat  berish  choralari  bir  yoki  boshqa  turdagi 
faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  litsenziya  berish  shaklini  olishi 
mumkin. Hukumat, masalan, shaharning tarixiy markazida yangi sanoat 
qurilishini  tugatishdan  manfaatdor  bo‗lsa,  ular  jarima  undirish  va 
soliqlarni  oshirish  o‗rniga  shunchaki  yangi  sanoat  qurilishi  uchun 
litsenziya  berishni  to‗xtadi.  Aksincha,  u  yoki  bu  faoliyatni  amalga 
oshirish uchun ruxsat berilishi kapital joylashtirishning yangi sohalarini 
vujudga  keltiradi,  xo‗jalik  faolligini  kengaytiradi.  Majburlash  choralari 
qatorida  rivojlangan  mamlakatlarda  davlat  organlari  tadbirkorlarni 
mehnat muhofazasining muayyan shartlariga qat‘iy rioya etish, tozalash 
inshootlari  o‗rnatish  va  yoshlar uchun  ishlab  chiqarish  ta‘limini  tashkil 
etishga majbur qilib qo‗yishini keltirish mumkin. 
Iqtisodiy  va  ma‘muriy  metodlar  o‗zaro  bog‗liq.  Masalan,  istalgan 


iqtisodiy tartiblagich o‗zida boshqaruv elementlarini mujassamlashtiradi, 
chunki  u  yoki  bu  davlat  xizmati  tomonidan  nazorat  qilinadi.  O‗z 
navbatida,  har  bir ma‘muriy  tartiblagichda  iqtisodiy  jihatdan  qandaydir 
mazmun  bo‗ladi,  binobarin,  u  iqtisodiy  tizim  subyektlarining  xatti-
harakatiga  bilvosita  ta‘sir  qiladi.  Narxlarni  bevosita  nazorat  qilgan 
holda,  davlat  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  maxsus  iqtisodiy  tartib 
yaratadi,  ishlab  chiqarish  dasturlarini  qayta  ko‗rib  chiqishni  majbur 
qiladi,  kapital  qo‗yilmalarni  moliyalashtirishning  yangi  manbalarini 
izlashga majbur qiladi va hokazo. Iste‘molchilar ham moslashishi kerak 
bo‗ladi  –  joriy  talab  strukturasiga,  shuningdek,  uning  hajmi  bilan 
jamg‗arish summasi o‗rtasidagi nisbat o‗zgarishiga. [26] 
Ayni  paytda  iqtisodiy  va  ma‘muriy  metodlar  bir-biriga  qarama-
qarshidir.  Iqtisodiy  metodlar  bozor  qarorini  erkin  qabul  qilish  huquqini 
o‗zida saqlab qoluvchi subyektlar uchun tanlov erkinligini cheklamaydi. 
Masalan,  davlat  iqtisodiyotni  tartibga  solish  uchun  o‗z  qarz 
majburiyatlari  bo‗yicha  foiz  stavkasidan  foydalanganda,  pul  daromadi 
egasi  bunda  o‗zi  uchun  omonatni  foydali  joylashtirish  variantlariga 
(bank qo‗yilmalari, xususiy korporatsiyalar qimmatli qog‗ozlarini xarid 
qilish,  ko‗chmas  mulk  sotib  olish  va  hokazo)  yana  bittasi 
qo‗shilganligiga oid belgini ko‗radi. Bu  yerda  hamma  narsa davlatning 
tartibga solish maqsadlariga erishish uchun omonat egasini o‗z tomoniga 
jalb qilish mahoratiga bog‗liq. 
Aksincha,  ma‘muriy  usullar  iqtisodiy  tanlov  erkinligini  sezilarli 
darajada  cheklaydi,  ba‘zan  esa  hatto  yo‗q  holatga  keltirib  qo‗yadi.  Bu 
ma‘muriy  boshqaruv  iqtisodiy  asoslangan  chegaralardan  tashqariga 
chiqqan joyda yuzaga kelib, ommaviylik xususiyatlarini namoyon qiladi 
va  ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimiga  aylanadi.  So‗ngra  nazorat  butun 
xo‗jalik  jarayoni  –  ishlab  chiqarish  va  uning  tuzilmasi,  xarajatlar, 
narxlar,  mahsulot  sifati,  ish  haqi,  daromad  hamda  uni  taqsimlash  va 
boshqalarni o‗z ichiga olgan holda keng qamrovli bo‗ladi.  
Shu  bilan  birga,  ma‘muriy  chora-tadbirlar  individual  iqtisodiy 
erkinlikni  bosim  ostiga  olar  ekan,  agar  ular  ayrim  subyektlarning 
maksimal  erkinligi  va  umuman  bozor  xo‗jaligi  uchun  og‗ir 
yo‗qotishlarga  sabab  bo‗lgan  hollarda  qo‗llanilgan  bo‗lsa,  ularni  to‗liq 


asoslangan deyish mumkin. Ma‘muriy metodlarni qo‗llashda samarali va 
bozor mexanizmiga zid bo‗lmagan sohalar mavjud.  
Birinchidan, monopol bozorlarni keskin davlat nazoratiga olish. 
Ikkinchidan,  tashqi  ta‘sirlarni  va  ularning  atrof-muhitdagi 
oqibatlarini  tartibga  solish.  Bu  sohada  iqtisodiy  tartiblagichlar  yetarli 
emas va samarasiz, chunki ko‗l yoki o‗rmon halokatga uchragan bo‗lsa, 
hech  qanday  moliyaviy  sanksiya  ularni  tiklab  bera  olmaydi.  Bu  yerda 
ma‘muriy  choralar  zarur:  milliy  resurslarning  bir  qismini 
konversatsiyalash,  ulardan  tijorat  maqsadlarida  foydalanishni  taqiqlash, 
ishlab  chiqarish  faoliyatining  ayrim  turlarini  amalga  oshirishga  yo‗l 
qo‗yilmaydigan  tabiiy  qo‗riqlanadigan  hududlarni  ajratish,  ekologik 
zararli texnologiyalardan foydalanishni to‗g‗ridan-to‗g‗ri taqiqlash. 
Uchinchidan,  aholi  uchun  ekologik  xavfsiz  hayotni  kafolatlaydigan 
ekologik standartlarni, milliy standartlarni va boshqalarni ishlab chiqish 
hamda ularga rioya etilishini nazorat qilish. 
To‗rtinchidan,  aholi  farovonligining  maqbul  parametrlari  – 
kafolatlangan  eng  kam  ish  haqi,  ishsizlik  nafaqalari  va  boshqalarni 
aniqlash va ta‘minlash. 
Beshinchidan,  jahon  xo‗jaligi  tizimida  milliy  manfaatlarni  himoya 
qilish,  masalan,  eksportni  litsenziyalash  yoki  kapital  importi  ustidan 
davlat nazoratini o‗rnatish. 
O‘zbekistonda  iqtisodiyot  barqaror  rivojlanishining  muhim 
yo‘nalishi    sifatida    xususiy    mulkchilik,    kichik    biznes    va    xususiy  
tadbirkorlikni    ustuvor  rivojlantirishga  asosiy  e‘tibor  qaratish  lozim. 
shuni  hisobga  olib,  kichik    biznesning  yangi  sub‘ektlarining  tashkil 
etilishi  va  rivojlanishini  har  tomonlama    rag‘batlantirish,  kichik  biznes 
nufuzini  oshirish,  ularni  qo‘llab-quvvatlashni  faol-lashtirish  hamda 
himoya  qilishning  institutsional  normalarini  yanada  takomillashtirish 
lozim. 
 



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish