A. A. Shernaev, N. E. Jiyanova



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/178
Sana25.06.2021
Hajmi3,81 Mb.
#101346
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   178
Bog'liq
Davlat moliyasini boshqarish

vazifalari 
O‗zbekiston  Respublikasining  Bandlikka  ko‗maklashish  davlat 
jamg‗armasi  (keyingi  o‗rinlarda  Bandlik  jamg‗armasi  deb  ataladi) 
bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga 
oshirish,  shuningdek  tuman  (shahar)  bandlikka  ko‗maklashish 
markazlarining samarali faoliyat ko‗rsatishi tadbirlarini moliyalashtirish 
uchun tashkil etilgan. 
Bandlik  jamg‗armasi  maqsadli  davlat  jamg‗armasi hisoblanadi,  yuridik 
shaxs  tashkil  etmasdan  respublika  va  mahalliy  darajalarda  tashkil 
etiladi.
106
 
Bandlik jamg‗armasining  mablag‗lari uning mustaqil balansida aks 
ettiriladi. 
Respublika  va  mahalliy  darajada  tashkil  etilgan  Bandlik 
jamg‗armasi 
mablag‗lari 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
                                                           
106
 
"Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами", 2016 йил 25 апрель, 16-сон, 160-модда
 
 


303 
 
vazirligining G‗aznachiligi, 
G‗aznachilikning Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  boshqarmalari  tomonidan 
ochiladigan  ularning  shaxsiy hisob  raqamlarida  (keyingi  o‗rinlarda 
Bandlik  jamg‗armasining g‗aznachilik hisob  raqamlari  deb  ataladi) 
jamlanadi. 
Quyidagilar  Bandlik  jamg‗armasi  mablag‗larini  shakllantirish 
manbalari hisoblanadi: 
o qonun hujjatlarida  belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladigan 
yagona ijtimoiy to‗lov ajratmalari; 
o qonun hujjatlarida  nazarda  tutilgan  talablar  buzilganligi  uchun 
davlat mehnat huquqi inspektorlari va davlat mehnat  muhofazasi texnik 
inspektorlari, 
shuningdek  mehnat  sharoitlari  bo‗yicha  davlat 
ekspertizasining  mansabdor  shaxslari  tomonidan  belgilangan  tartibda 
solinadigan ma‘muriy jazolar summalari; 

O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi  tasarrufidagi  davlat 
unitar  korxonalarida  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetiga  va 
davlat  maqsadli  jamg‗armalariga  barcha  soliqlar  va  boshqa  majburiy 
to‗lovlar  to‗langandan  so‗ng qoladigan  sof  foydaning  muassis 
tomonidan belgilanadigan miqdordagi qismi; 
o qonun hujjatlarida  belgilangan  tartibda  mehnat  daftarchalarini 
sotishdan tushadigan daromadlar; 

Bandlik  jamg‗armasining  bo‗sh  turgan  mablag‗larini  tijorat 
banklarida  va  boshqa  moliyaviy  tashkilotlarda  joylashtirishdan 
olinadigan daromadlar; 
o jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik ehsonlari; 
o qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar. 
Bandlik  jamg‗armasi  mablag‗larini  tegishli  ravishda  O‗zbekiston 
Respublikasi  Mehnat  vazirligi, Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Mehnat 
vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mehnat  bosh  boshqarmalari 
tasarruf etadilar. 
 Quyidagilar Bandlik jamg‗armasining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
  mehnat  bozorini  barqaror  va  muvozanatli  rivojlantirishni 
ta‘minlash,  aholi  bandligi  darajasini  oshirish  va  mehnat  resurslaridan 
oqilona  foydalanishga  maqsadli  yo‗naltirilgan  kompleks  chora-
tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta‘minlash; 
  ishsizlarni, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy ta‘lim 
muassasalarining 
bitiruvchilarini, 
shuningdek 


304 
 
ish qidirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan va mehnat bozorida teng 
sharoitlarda  raqobatlasha  olmaydigan  shaxslarni  ishga  joylashtirish  va 
moddiy qo‗llab-quvvatlash 
bo‗yicha qonun hujjatlarida 
belgilangan 
kafolatlarni amalga oshirish
  ishsizlarga  va  band  bo‗lmagan  aholiga,  birinchi  navbatda, 
yoshlar, ayollar va nogironlarga kasb-hunarga qayta tayyorlash va ishga 
joylashtirish  bo‗yicha  sifatli  xizmatlar  ko‗rsatilishini  tashkillashtirishga 
doir xarajatlarni moliyalashtirish. 
Bandlik 
jamg‗armasi 
mablag‗laridan quyidagilar 
uchun 
foydalaniladi: 

 
tuman  (shahar)  bandlikka  ko‗maklashish  markazlarida  (keyingi 
o‗rinlarda 
bandlikka 
ko‗maklashish 
markazlari 
deb 
ataladi) 
ish qidiruvchi  va  ishsiz  maqomiga  ega  sifatida  ro‗yxatga  olingan 
shaxslarni  kasbga  tayyorlash, qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini 
oshirish ishlarini mablag‗ bilan ta‘minlash; 

  ishsizlik 
bo‗yicha 
nafaqalar, 
bandlikka 
ko‗maklashish 
markazlarining  taklifiga  binoan  ishlash  uchun  boshqa  joyga  ixtiyoriy 
ravishda  ko‗chib  o‗tish  munosabati  bilan  kompensatsiyalar  to‗lash, 
ishsizlarga  moddiy  yordam  berish,  shuningdek qonun hujjatlariga 
muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida 
bandlikka 
ko‗maklashish 
markazlari 
tomonidan 
beriladigan 
stipendiyalarni to‗lash; 

  ishsizlarga  muddatidan  oldin  pensiya  tayinlanganligi  sababli 
O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi huzuridagi  byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‗armasi xarajatlarini qoplash; 

 
bandlikka  ko‗maklashish  markazlarining  ayrim  bo‗linmalari, 
vaqtinchalik  bir  martalik  ish  bilan  ta‘minlash  markazlari,  band 
bo‗lmagan  aholini  kasb-hunarga  o‗qitish  mintaqaviy  markazlari, 
ishsizlarni  kasb-hunarga  tayyorlash, qayta  tayyorlash  va  ularning 
malakasini  oshirish  o‗quv  markazlarini qonunchilikka  muvofiqsaqlash 
va 
moddiy-texnik 
ta‘minlash,  shuningdek  mehnat  organlarini 
joylashtirish 
uchun 
binolar, 
xonalar qurish 
va 
ularni 
rekonstruksiya qilish,  mukammal  ta‘mirlash  ishlarini  mablag‗ bilan 
ta‘minlash; 

  haq to‗lanadigan  jamoat  ishlarini qonun hujjatlarida  belgilangan 
tartibda mablag‗ bilan ta‘minlash; 


305 
 

  nogironlar  va  fuqarolarning  ijtimoiy himoyaga  muhtoj  bo‗lgan 
boshqa  toifalari  mehnatidan  foydalanish  uchun  ixtisoslashtirilgan  ish 
o‗rinlari tashkil etish tadbirlarini mablag‗ bilan qisman ta‘minlash; 

  axborot-ma‘lumotnomalar 
chiqarish  va  reklama-noshirlik 
ishlarini amalga oshirish; 

 
ish  bilan  ta‘minlash,  mehnatni  muhofaza qilish,  mehnat 
munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash va unga haq to‗lash 
masalalari  bo‗yicha  normativ-uslubiy  va  yo‗riqnoma  materiallar  ishlab 
chiqishni mablag‗ bilan ta‘minlash; 

  belgilangan  tartibda  respublika  darajasida  va hududiy  darajada 
ijtimoiy  kuzatuvlarni  tashkil  etish  va  o‗tkazish,  ish  bilan  ta‘minlash 
masalalari bo‗yicha aholining ayrim guruhlari o‗rtasida anketa so‗rovlari 
o‗tkazish; 

 
ish  bilan  band  bo‗lmagan  aholiga  yordam  ko‗rsatish,  shu 
jumladan  maslahatlar  berish  va  kasbga  yo‗naltirishni  tashkillashtirish 
bilan bog‗liq xarajatlarniqoplash; 

 
aholini ish bilan ta‘minlash maqsadli hududiy dasturlarini ishlab 
chiqishni hamda  mehnat  bozorida  vaziyat  murakkab  bo‗lgan  tuman  va 
shaharlarda ish o‗rinlari tashkil etishni, shu jumladan alohida hududlarni 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  konsepsiyalarini  tayyorlashni,  xizmatlar 
ko‗rsatish,  sanoat  vaqishloq xo‗jaligi  sohalarida  obyektlar  tashkil  etish 
uchun  muhandislik-kommunikatsiya  tarmoqlarini  loyihalashtirishni  va 
arxitektura-rejalashtirish  topshiriqlarini  ishlab  chiqishni  mablag‗ bilan 
ta‘minlash; 

  bandlik  va  mehnat  muhofazasiga  taalluqli  masalalar  bo‗yicha 
jalb etiladigan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik 
va  jismoniy  shaxslar  bilan  shartnomalarni  amalga  oshirishni 
moliyalashtirish; 

 
aholi  bandligini  ta‘minlash  va  ishga  joylashtirish,  bo‗sh  ish 
o‗rinlari  va  band  bo‗lmagan  aholining hisobini  yuritish  sohalarida 
axborot-kompyuter  tizimlari  va  texnologiyalarini  yaratish,  rivojlantirish 
va  texnik  jihatdan qo‗llab-quvvatlash,  shu  jumladan  ularga  oid  dasturiy 
mahsulotlar ishlab chiqish va texnika vositalari sotib olish

  mehnat  organlarining  moddiy-texnika  bazasini  rivojlantirishga 
yo‗naltirilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish; 

  aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni moliyalashtirish; 


306 
 

 
O‗zbekiston  Respublikasining  chet  ellarga  ishga  yuborilgan 
fuqarolarini 
ishga 
joylashtirishni 
tashkil 
etish 
va 
ularning 
ijtimoiy himoyasini  ta‘minlash  masalalari  bo‗yicha  xalqaro  loyiha  va 
shartnomalarni 
amalga 
oshirish 
bilan 
bog‗liq xarajatlarni 
moliyalashtirish; 

 
Bandlik 
jamg‗armasining g‗aznachilikdagi 
shaxsiy hisob 
raqamiga tushadigan mablag‗larning 5 foizini yo‗naltirish orqali mehnat 
organlari  xodimlarini  moddiy  rag‗batlantirish  va  moddiy-texnik  bazani 
mustahkamlash jamg‗armasini shakllantirish; 

  qonun hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  chora-tadbirlarni 
moliyalashtirish. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi  Mehnat  vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mehnat 
bosh boshqarmalari o‗zlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish 
uchun quyidagilarni amalga oshiradilar: 
 Bandlik  jamg‗armasining g‗aznachilikdagi  shaxsiy  raqamida 
yagona ijtimoiy to‗lovdan ajratmalarni jamlash; 
 ishsizlarga 
ishsizlik 
nafaqalarini, 
kompensatsiyalarni, 
stipendiyalarni, moddiy yordamni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqa to‗lovlarni o‗z vaqtida tayinlash, moliyalashtirish va to‗lash; 
 Bandlik  jamg‗armasining  moliyaviy  ahvolini  tahlil qilish  va 
prognozlash hamda  uning  moliyaviy  barqarorligini  ta‘minlash  uchun 
oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish
 yagona  ijtimoiy  to‗lovdan  ajratmalar  miqdorlarini  belgilash 
to‗g‗risida takliflar tayyorlash
 kelgusi  davr  uchun  byudjet  buyurtmasini  ishlab  chiqish  va 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish; 
 o‗z  vakolatlari  doirasida  Bandlik  jamg‗armasining  samarali 
faoliyati  uchun  zarur  bo‗lgan  normativ-huquqiy hujjatlarni  o‗z 
vakolatlari doirasida ishlab chiqish; 
 Bandlik  jamg‗armasining  daromadlari  manbalari  va  ulardan 
foydalanish  yo‗nalishlarining  kelgusi  yil  uchun  prognozi  loyihasini 
ishlab  chiqish  va  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  taqdim 
etish; 
 Bandlik  jamg‗armasi  byudjetining  ijrosi  bo‗yicha hisobotlarni, 
shuningdek yiliga bir marta - Bandlik jamg‗armasi daromadlari va uning 
mablag‗laridan  foydalanishning  ahvoli  to‗g‗risidagi  mustaqil  auditorlik 


307 
 
tekshiruvi  natijalarini  tayyorlash  va  O‗zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligiga hamda  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga 
taqdim etish; 
 Bandlik 
jamg‗armasining 
to‗lovlar 
subyektlari 
va 
moliyalashtirish 
obyektlari 
bo‗yicha  to‗liq hisobi  va  elektron 
ma‘lumotlar bazasi yuritilishini ta‘minlash. 
O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi  Bandlik  jamg‗armasi 
vakolatiga  taalluqli  masalalar  bo‗yicha  xalqaro  tashkilotlar  va  xorijiy 
davlatlarning 
vakolatli 
organlari 
bilan 
belgilangan 
tartibda hamkorlik qiladi. 
Bandlik  jamg‗armasining  yagona  ijtimoiy  to‗lov  va  boshqa 
manbalar hisobiga 
shakllantiriladigan 
mablag‗larining 
etmish 
foizi Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Mehnat  vazirligi,  viloyatlar  va 
Toshkent  shahar  mehnat  bosh  boshqarmalari  tasarrufida qoladi hamda 
ular  kelgusida  bandlikka  ko‗maklashish  markazlari  o‗rtasida qayta 
taqsimlanadi,  o‗ttiz  foizi  esa  - Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Mehnat 
vazirligi,  tegishli hududiy  mehnat  bosh  boshqarmalari  tomonidan 
to‗lov hujjati  orqali  o‗tkazilib,  markazlashgan holda  respublika 
darajasida jamlanadi. 
 Joylarda  tashkil  etilgan  Bandlik  jamg‗armasining  etishmagan 
mablag‗lari 
Bandlik 
jamg‗armasi 
mablag‗larining 
respublika qismi hisobiga qoplanadi. 
Zarurat  bo‗lganda, hisobot  davrining  yakuniga  ko‗ra,  joylarda 
tashkil  etilgan  Bandlik  jamg‗armasining g‗aznachilik  shaxsiy hisob 
raqamidagi qolgan  mablag‗lari  O‗zbekiston  Respublikasi  Mehnat 
vazirligining qaroriga 
binoan 
uning 
respublika qismiga, 
keyinchalik qayta taqsimlash uchun, yo‗naltirilishi mumkin. 
Yil 
boshida 
Bandlik 
jamg‗armasining 
bo‗sh 
turgan 
mablag‗lari, qonun hujjatlariga  muvofiq,  O‗zbekiston  Respublikasi 
Davlat byudjetining defitsitiniqoplashga yo‗naltirilishi mumkin. 
Bandlik  jamg‗armasi  mablag‗laridan qonun hujjatlarida  nazarda 
tutilmagan maqsadlarda foydalanishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish