Jismoniy (fizicheskiy) qatlam. AS-i bir-xil bo‘lmagan, ikki simli, himoya qatlamiga ega bo‘lmagan kabel, 31 tagacha bo‘lgan ko‘makchi qurilmalarga ham aloqa almashinish, ham quvvat manbai sifatida xizmat qiladi. Yagona asosiy qurilma moduli AS-i tarmog‘I uzra aloqa almashinishni nazorat qiladi. Ular turli usullarda o‘zaro bog‘lanishi mumkin, masalan ketma-ket, xalqa, yoki daraxtsimon usulda (16.5-rasmga qarang). AS-i kabeli yagona kesishish qismiga ega bo‘lib, modullar o‘rtasida aloqa o‘rnatishda faqat aniq bir taraflama aloqaga ruxsat beradi(16.6-rasmga qarang). AS-i kabeli spetsifikatsiyasi talablariga javob beradigan boshqa tur kabellar ham amaliyotda qo‘llanishi mumkin. Yuqori ovozli muhitlar uchun mahsus himoyalangan kabellar ham mavjud.
Har bir qo‘shimcha qurilma 30 V o‘zgarmas kuchlanish ostida maksimum 65 mA iste’mol qilishi mumkin. Agar qurilmalar ushbu quvvatdan yuqori quvvat talab etsa, har bir shunday qurilma alohida quvvat manbai bilan ta’minlanadi. Jami 31 ta qo‘shimcha qurilmaga 65mA dan jami maksimum 2A tok kuchi 100 metrlik ruhsat etilgan tarmoq uzunligida kuchlanish yo‘qotilishi oldini olish uchun tanlangan. 16 AWG kabeli ush bu holat uchun mo‘ljallangan.
Ko‘makchi qurilma (yoki soha) modullarining 4 ta konfiguratsiyasi mavjud:
2 va 3 simli o‘zgarmas kuchlanishli sezgir elementlar yoki kontaktorlar kirish modullari;
ijrochilar uchun Chiqish modullari;
ikki maqsadli holatlarda Kirish va Chiqish (Input/Output) modullari;
AS-i raqobatdosh qurilmalarining erkin aloqasi uchun soha aloqa modullari.
Kiritish/Chiqarish (I/O) modullari har bir ko‘makchi qurilmadan 4 tagacha I/O signallarini qabul qilishi mumkin, Natijada jami bo‘lib 124 ta I/O dan iborat tarmoq hosil bo‘ladi. Yagona dizayn soha modullarini aloqa liniyasiga oson ulanishini ta’minlaydi (16.5-rasmga qarang).
Soha modullari yuqori va quyi qismlarga bo‘linadi; himoyalangan bitta kabel o‘rnatilgan. Mahsus ishlab chiqilgan ulanish kontaktiga ega kabellar aloqa liniyasida I/O larni va/yoki tarmoqning davom etishini ta’minlaydi. Modullash dizayni konsepsiyasida Rost holat bo‘lsa, ikki turdagi quyi qism va 3 turdagi yuqori qismlar “aralashtirish va moslash” kombinatsiyalarini turli bog‘lanish sxemalari va qurilmalariga bog‘lanish imkonini beradi. Simli konnectorlar ko‘makchi qurilmalar bilan I/O qurilmalari o‘rtasida interfeysni ta’minlaydi va butun modulni tashqi muhitdan mahsus himoyalagich bilan kabel kabel modulga ulanish joyida himoyalaydi.
16.5-rasm. AS-I kabel konnektori
AS-i tarmog‘i 167 kb/s gacha ma’lumot almashinish imkoniga ega. Bo‘g‘lanish protseduralarini qo‘llash “asosiy-ko‘makchi qurilmalarni halqa usulda bog‘lash” nomi bilan tanilgan, asosiy qurilma doimiy ravishda barcha ko‘makchi qurilmalardan berilgan davrda ma’lumotlarni qabul qilib ularni qayd qilib oniy holatni aniqlab boradi. Misol uchun, barcha 31 ta ko‘makchi qurilmalarning barcha 124 ta I/O nuqtalari ulangan bo‘lsin, AS-i tarmoq barcha nuqtalardan bir martadan ma’lumot qabul qilish davrini 5 ms etib belgilaydi va bu orqali AS-i tarmog‘ini eng yuqori tezlikda ishlaydigan tarmoqlardan biriga aylantiradi.
“Almashinuvchan puls modulyatsiyasi” deb nomlangan modullash texnikasi shunday yuqori tezlik ostida bir vaqtda ko‘p ma’lumotni almashinish imkonini beradi. Bu texnika navbatdagi bo‘limda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |