6.5-rasm. Elektr kabellarida signallarning sо‘nishi.
6.6-rasm. Trapetsiya va qо‘ng‘iroqsimon impulslar.
Yо‘naltirilgan tо‘siqlar taʻsirini himoya qobig‘isiz ham kamaytirish mumkin, agarda signalni diferensial uzatilsa (6.7-rasm). Bu usulda signal uzatish ikkita sim orqali amalga oshiriladi (ikkala simdan signal uzatiladi). Uzatuvchi qurilma signalga teskari signal hosil qiladi, qabul qiluvchi qurilma esa ikkala simdagi signallar farqiga eʻtibor qiladi. Moslash sharti bо‘lib, kabel tо‘lqin qarshilik qiymatining yarimiga moslovchi qurilmaning qiymatiga tengligi hisoblanadi. Agarda ikkala sim bir xil uzunlikda bо‘lib va bir kabel tarkibida bо‘lsa, bu holda tо‘siq ikkala simga bir xil taʻsir qiladi, natijada simlar о‘rtasidagi farqli signal amalda о‘zgarmaydi. Tо‘qilgan juftli kabellarda xuddi shunday differensial uzatishdan foydalaniladi. Lekin ekranlash bu holda ham tо‘siqlarga chidamliligini sezilarli darajada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |