Boshqa topologiyalar. Yuqorida kо‘rib о‘tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, “daraxt” topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topologiyani bir necha “yulduz” topologiyasidan hosil bо‘lgan deb qarash mumkin. Yulduz topologiyasidek daraxt topologiyasida ham faol (5.6-rasm) va passiv (5.7-rasm) topologiya bо‘lishi mumkin. Faol daraxt topologiyasida bir necha aloqa yо‘llarining birlashgan markazida – markaziy kompyuterlar, passiv daraxt holatida esa – konsentratorlar (xablar) joylashgandir.
5.6-rasm. «Faol daraxt» topologiyasi.
5.7-rasm. «Passiv daraxt» topologiyasi. K–konsentrator
Odatda turli topologiyalarni elementlaridan hosil bо‘lgan Yulduz– Shina (5.8-rasm) va Yulduz–Halqa (5.9-rasm) topologiyalar ham qо‘llanadi.