Bog'liq Компьютер тизимлари Дарслик Юсуф 18 10 2019
Mikroprotsessorlarning tarki. Mikroprotsessorlarning tarkibi yetarli darajada murakkab. Protsessor yadrosi asosiy boshqarish modulidan va bajarish modulidan iborat – butun sonli axborotlar ustida amallarni bajarish bloki. Mahalliy boshqarish sxemalariga quyidagilar kiradi: sriluvchi vergul bloki, shoxlanishlarni bashorat qilish moduli, CISC-kо‘rsatmalarni ichki RISC-mikrokodga о‘zgartirish moduli, mikroprotsessor xotirasining registrlari (VLIW turidagi MP da 256 registrgachan), 1-bosqich kesh-xotira (aloxida axborot va kо‘rsatmalar uchun), shina interfeysi va boshqalar.
Pentium mikroprotsessori tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi:
mikroprotsessor yadrosi (Core);
bajarish moduli (Execution Unit);
butun sonli amallar uchun AMQ (qayd qilingan vergulli ) (Integer ALU);
registrlar (Registers);
suriluvchi vergulli butun sonlar bilan ishlash bloki (Floating Point Unit);
birinchi bosqich keshi, shu jumladan axborotlar keshi (Data Cache) va buyruqlar keshi (Code Cache) (Primary Cache);
kо‘rsatmalarni dekoderlash bloklari, ularni oldinroq bajarilishini taminlash va shoxlanishni bashorat qilish (Instruction Decode and Prefetch Unit va Branch Predictor) ;
interfeys shinalari, shu jumladan 64- va 32-bitli shinalar va tezkor xotiraga chiqish uchun tizimli shinaga chiqish (Bus Interface).
Mikroprotsessor bloklarining bajaradigan vazifalari bо‘yicha mikroprotsessor tarkibini ikki qismga bо‘lish mumkin:
operatsion qismi tarkibiga boshqarish qurilmasi (BQ), arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) va mikroprotsessor xotirasi (MPX) (bir necha manzil registrlaridan tashqari) kiradi;
interfeys qismi tarkibiga MPX manzil registrlari, buyruqlar registr bloki – yaqin taktda bajaraladigan buyruqlar kodini saqlash uchun xotira registri; port va shinani boshqarish sxemasi.
Mikroprotsessorning ikki qismi parallel ishlaydi, interfeys qismi operatsion qismidan oldinroq ishlaydi, xotiradan navbatdagi buyruqni tanlash (uni buyruqlar registr blokiga yozish va dastlabki tahlili) operatsion qismi oldingi buyruqni bajarayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Zamonaviy mikroprotsessorlarning interfeys qismida bir necha guruh registrlari mavjud, ularning bir-biriga nisbatan oldinroq ishlash darajasi turlichadir, bu amallarni konveyer ish tartibida amalga oshirishga imkon beradi. Mikroprotsessorning bunday tashkillanishi samarali tezligini jiddiy oshirishi mumkin.