MPLS texnologiyasining ishlatilish soxalari. Biz MPLS texnologiyasining asosida yotuvchi tamoyillarni qisqacha kо‘rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda MPLS ni amaliy jixatdan qо‘llanadigan bir necha sohalari mavjud, ularda bu tamoyillar kerakli vazifani bajarishi uchun ma’lum xususiyatli mexanizmlar va protokollar bilan tо‘ldirilgan. Quyida MPLS eng kо‘p tarqalgan sohalari keltirilgan:
MPLS IGP. Ushbu holda MPLS texnologiyasi faqat yо‘nalish bо‘ylab ketayotgan standart ichki shlyuzli marshrutlashtirish protokollari tanlagan (IGP) tarmoq darajasidagi paketlarni harakatlanishini tezlatish uchun ishlatiladi. Odatda yо‘nalish tanlash uchun OSPF va IS-IS marshrutlashtirish protokollari qо‘llanadi, LSR qurilmalari о‘rtasida belgilar LDP protokollari orqali taqsimlanadi. Lekin hozirda tez ishlovchi marshrutizatorlarning yaratilishi munosabati bilan о‘zining dastlabki dolzarbligini yoʻqotdi.
MPLS TE. Bu xolda yо‘lni belgilar bо‘yicha kommutatsiyalash marshrutlashni rivojlantirilgan protokollari OSPF va IS-IS asosida trafik injenering (Traffic Engineering, TE) masalasini yechish uchun ishlatiladi. Bu protokollarda о‘lchov sifatida zaxiralashga yetarli aloqa yо‘lining о‘tqazish imkoniyati ishlatiladi. Bu ish tartibini ishlatish uchun LSR yangi yо‘lini о‘tkazishdagi har bir sо‘rovda shu yо‘lga zaxiralash uchun zarur bо‘lgan о‘tkazish imkoniyatini kо‘rsatish kerak bо‘ladi. MPLS TE texnikasi nafaqat tarmoqning barcha resurslarini ratsional va muvozanatlashtirilgan yuklanishini ta’minlab qolmay, lekin yana QoS kafolatlangan kо‘rsatgichlar bilan transport xizmatlarini havola qilish uchun yaxshi asos ham yaratadi. CSPE protokoli tanlagan yо‘lni hosil qilish uchun RSVP TE protokoli xizmat qiladi. Yana shuningdek yо‘l tanlashni tashqi optimal rejalashtirish tizimi yoki tо‘liq qо‘l yordamida amalga oshirish ham mumkin.
MPLS VPN. Bu qо‘llanish soxasida tarmoqdan foydalanuvchilar о‘rtasida trafikni chegaralash orqali xususiy virtual tarmoq (Virtual Private Network, VPN – virtualniye chastniye seti) xizmatlarini havola qilishi mumkin. О‘z nomi virtual xususiy tarmoqdan kelib chiqadiki, u qandaydir qilib real xususiy tarmoq xususiyatlarini hosil qiladi. Xususiy tarmoq tо‘liq bitta mulk egasiga tegishli bо‘ladi (korxona, kompaniya), u boshqa tarmoqlardan ajratilgan, demak u quyidagi xususiyatlarga ega: yuqori xavfsizlik, ega bо‘lish, bashorat qilsa bо‘ladigan о‘tkazish imkoniyatli, manzil va nom tanlashda mustaqillik kabilar. VPN texnologiyasi bir necha korxonalar bilan birgalikda ishlatilayotgan tarmoqda (masalan, provayder tarmog‘ida), sifati bо‘yicha xususiy tarmoq servislariga yaqin servisni hosil qilishga imkon beradi. Bir necha VPN texnologiyalari mavjud, ulardan bittasi masalan, trafikni shifrlashga asoslangan. MPLS VPN ushbu variantida virtual kanallar texnikasi qо‘llaniladi, paketlarni kommutatsiyalashli ommabop tarmoq infrastrukturasida xususiy tarmoq xususiyatlarini tashkil qilish tamoilini kafolatlaydi. Bu quyidagi bilan tushuntiriladi, IP dagidek deytogammali tarmoyqlardan farqli (Internet ham IP ga asoslangan), ularda har bir tugunga har bir tugun bilan muloqot qilishga ruxsat etiladi, virtual kanalli tarmoqlarda esa tugunlar bilan muloqot mumkin, agarda ular о‘rtasida virtual yо‘l о‘tkazilgan bо‘lsagina. Bunday turdagi VPN ni tashkil etish uchun Frame Relay xizmatlari keng ishlatilgan edi, hozirgi vaqtda esa bu maqsadda MPLS xizmatlaridan foydalanilmoqda.