A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

pul shaklini
vujudga kelishiga zamin bo‘ldi. Kreditning pul 
shaklini vujudga kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylik jihatiari 
xususida batafsil to‘xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas. 
Chunki, kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini 
tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etib, ushbu mablaglarga ehtiyoji 
boigan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, tolovlilik, 
muddatlilik va ta’minlanganlik asosida beradi. 0 ‘z o‘mida qarzdor ham 
ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda tegishli tolovlar 
asosida kreditorga pul ko‘rinishida qaytaradi.
Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bolganligi tufayli 
kreditning pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida kreditning 
tovar shakli o‘z o‘mini sekinlik bilan kreditning pul shakliga bo‘shatib 
berdi.
Kreditning yuqorida qayd etilgan shakllari bilan birga uning 
aralash shakli
ham amal qiladi. Kreditning ushbu shakli uning tovar va 
pul shaklini o‘zida mujassam etadi. Bunda kredit tovar yoki pul shaklida 
berilishi mumkin, uni qaytarishda ham qarzdor olgan kreditini pul yoki 
tovar ko‘rinishida kreditorga qaytarishi mumkin. Aynan mana shu 
teskari bogliqlik kreditning aralash shaklini o‘zida ifoda etadi. 
Kreditning ayirboshlash shakliga misol sifatida tijorat kreditini 
keltirishimiz mumkin. Masalan, tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi 
tashkilot sotib oluvchining moliyaviy muammolari mavjud hollarda 
sotilgan tovarlar va xizmatlarga toiovni kechiktiradi, kechiktirilgan 
to io v keyinchalik qo‘shimcha to io v asosida amalga oshiriladi. Mazkur 
masala keyingi paragraflarda batafsil ko‘riladi.
Umuman olganda, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kreditning 
shakllari xususidagi turli fikrlaming mavjudligi mazkur masalalar ustida
47 Деньги, кредит, банки: Учебник для вузов Под. ред. проф. Щегорцова В А. -М.Ю НИГИ-ДАНА, 2005. 
-С.
181.
165


qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirishni davom ettirish zarurligidan 
dalolat beradi. Shu bilan birga, kreditning shakllari uning turlarida 
yanayam aniqroq namoyon bo‘ladi.
Xususan, kreditning turlari bo‘yicha ham turlicha qarashlar mavjud 
bo‘lib, rossiyalik ayrim iqtisodchi olimlar kreditning firmalar o ‘rtasida 
(xo‘jalik) krediti (1), bank krediti (2), fuqarolik (shaxslar o‘rtasidagi) 
kredit (3), davlat krediti (4), xalqaro kredit (5) va iste’mol kreditlari (6) 
mavjudligini ta’kidlaydi48.
Rossiyalik boshqa iqtisodchi olimlar bank krediti (1), xo‘jalik 
(tijorat) krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), fuqarolar 
(xususiy, shaxsiy) kredidari (5) mavjudligini e’tirof etishadi49. Yana bir 
taniqli iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin tahriri 
ostida 
tayyorlangan darslikda kreditning bank krediti (1), xo'jalik (tijorat) 
krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), ishlab chiqarish va 
iste’mol kreditlari (5) amal qilishi hamda bulardan tashqari kreditning 
bevosita va bilvosita, namoyon boluvchi vayopiq, eski va yangi, asosiy 
va qo‘shimcha, rivojlangan va rivojlanmagan turlari mavjudligi 
ta’kidlanadi50.
Professor SH.Abdullayeva kreditning bank, tijorat, iste’mol, 
davlat, xalqaro va sudxo‘rlik turlari mavjudligi xususidagi fikrlami 
bayon etadi V
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodchi olimlar 
kreditning turlariga mavjud ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlardan kelib 
chiqib turlicha yondashganlar. Fikrimizcha, kreditning turlariga tavsif 
berishda ulaming amaliyotda qollanilishi va iqtisodiy samaradorligiga 
e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Shu nuqtayi nazardan, davlat krediti 
(1), bank krediti (2), iste’mol (ipoteka) kreditlari (3), tijorat krediti (4), 
xalqaro kredit (5) mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish