A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


 - bob. PUL AYLANMASI VA UNING TASHKIL



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

3 - bob. PUL AYLANMASI VA UNING TASHKIL
ETILISHI
3.1. Pul aylanmasining mohiyati
Naqd pul va naqd pulsiz shaklda hisob-kitoblami amalga oshirish 
pul aylanmasini tashkil etadi.
Naqd pul aylanmasi - bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida 
amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon boiadi. Naqd 
pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘rtasida 
vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga 
xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar - bu kredit muassasalarida ochilgan 
hisobraqamlar yordamida pullami hisobdan hisobga ko‘chirish orqali 
amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda «harakatda» boiadi, bu harakat davomida 
juda ko‘plab tovar va xizmatlami sotish va sotib olish jarayonida 
bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. 
Xususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib 
chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning 
qiymat oichovi, muomala vositasi va toiov vositasi funksiyalari orqali 
amalga oshiriladi.
Pul vaqtinchalik hisob-kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan 
vaqtda jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o'zining sohibiga 
qo‘shimcha daromad keltiradi va real iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob-kitoblar bilan 
amalga oshirilayotgan toiovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning 
barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator 
omillar ta’sir qiladi.
Pulning aylanmasi mohiyatini vanayam chuqurroq aniqlash uchun 
uning obyekti va subyektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul 
aylanmasi subyektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy 
bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va 
norezedentlari, korxona va tashkilotlami keltirish mumkin, Uning
46


obyekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.
Pul aylanmasi subyektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy 
munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli 
o£rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur 
mamlakatlar bank muassasalarida hisob-kitoblami amalga oshirishda pul 
aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq mavjud 
emasligi boiishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim 
rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob- 
kitoblami amalga oshirish o‘rtasida farq mavjud emas.
Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining 
deyarli barchasida «pul aylanmasi» va «to*lov aylanmasi» alohida -
alohida o‘rganiladi. Ulami bir - biridan farqlashda asosiy e’tibor hisob- 
kitoblami amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga 
qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlami amalga 
oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob-kitoblami amalga 
oshirishda plastik kartochkalar, hisob-kitob cheklarni joriy etilishi pul 
aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob-kitoblar ulushining sezilarli 
darajada pasayib ketishiga sabab bolmoqda. Xususan, AQSH, G‘arbiy 
Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadapul aylanmal arming ulushi 1 - 1,5 
foizni tashkil etadi.
Quyidagi chizmada pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi va uning 
o‘zaro bogliqligini tavsiflovchi holatlar keltirilgan.
Chizmadan 
ko‘rinib 
turganidek, 
pul 
aylanmasini 
to‘rtta 
yo‘nalishga ajratish mumkin.
Birinchi yo‘nalish, pul mablaglari shakliga ko‘ra, naqd pulli 
aylanmasi va naqd pulsiz aylanmasidan tashkil topgan.
Ikkinchi yo‘nalish, pul aylanmasida ishtirok etayotgan subyektlar 
joylashuviga ko‘ra, bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanmasidan 
iborat.
Uchinchiyo‘nalish, pul funksiyalarining namoyon bolishiga qarab 
muomala vositasi va to io v vositalarini o£z ichiga oladi.
To‘rtinchi yo‘nalish, tovar - pul munosabatlarining aks etishiga 
ko‘ra, tovarli pul oboroti va tovarsiz pul oborotlari ko‘rinishida 
namoyon boiadi.
47


Pul aylanamasi tarkibida naqd pulli yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar 
hajmining past yoki yuqori ekanligi qator omillar bilan izohlanadi. 
Xususan, ular quyidagilardan iborat:
PUL AYLANMASI
Pulning funksiyalarini 
namoyon bo'lishiga 
ko'ra
Muomala
vositasi
To'lov
vositasi
' t
1
r
Hisob-kitoblarning shakliga 
ko'ra

Qatnashayotgan subyektlaming 
joylashunviga ko‘ra

I

Naqd pulli 

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish