qishloq xo‘jaligi, 23 % ta’lim, 21 % transport va 15 % suv ta’minotida
o‘zlashtirilmoqda.
Bozor munosabatlarida
mikromoliyalash tizimini
rivojlantirish muxim rivojlanish omil bo‘lib hisoblanadi. Shu maqsadda
2008 yildan 0 ‘zbekistonda OTB ning ikki bosqichli loyihasi amal qila
boshladi. Loyihaga asosan ushbu sohani rivojlantirish uchun 2008 yilda
137,4 mln. dollar, 2009 yilda 125,9 mln. dollar ajratildi.
Shu bilan birga, qiymati 300 million AQSH dollarlik «Suv ta’minoti
va kanalizatsiya sohasida multitranshli moliyalash dasturi» 2009 yildan
amalga oshirilayotgan yirik loyihalardan biridir.
Ilgari qabul qilingan
ana shunday loyihani amalga oshirish doirasida Qashqadaryo va Navoiy
viloyatlarining 170 ta aholi punktida quvurlar o‘tkazilmoqda hamda
mavjud uskunalar holati yaxshilanmoqda.
OTB Boshqaruvchilar kengashining 43 - yillik majlisida OTB
Prezidenti Xaruxiko Kuroda va Jaxon bojxona tashkilotini
bosh kotibi
Kunio Mikuriya tomonidan Osiyo - Tinch okeani hududida strategik
hamkorlikni
ta’minlash
maqsadida
memorandumi
imzolandi.
Memorandumning asosiy maqsadi xalqaro savdoni rivojlantirishdan
iborat.
Bundan tashqari Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti 0 ‘zbekiston
rahbariyatiga OTBning Toshkentdagi forumi
yuksak saviyada tashkil
qilingani va uni o‘tkazishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgani hamda
tadbiming samarali o‘tishiga yordam bergani uchun samimiy
minnatdorlik izhor etdi. OTB Boshqaruvchilar
kengashining bu yilgi
majlisida Osiyo - Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining jahon
moliyaviy - iqtisodiy inqirozidan samarali chiqishi va inqirozdan
keyingi rivojlanishi bilan bog‘liq qisqa, o‘rta
va uzoq muddatlarga
mo‘ljallangan dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Shu maqsadda
mintaqaning iqtisodiy barqarorligini oshirish,
uning global iqtisodiy
boshqaruvga, mintaqaviy integratsiyani kengaytirishga hissa qo‘shishi
uchun zarur choralami ko‘rish lozimligi hamda bu jarayonlar OTB
tomonidan bundan keyin ham qo‘llab - quvvatlanishi ta’kidlandi. OTB
tomonidan ishlab chiqilgan «Strategiya - 2020» aynan ushbu
masalalami hal etishga qaratilgan. Barqaror
iqtisodiy rivojlanishga
bevosita daxldor bo‘lgan iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish va
quyosh energiyasidan yanada keng foydalanish majlisda ко4rib chiqilgan
muhim masalalar sirasidandir.
OTBning 0 ‘zbekistondagi eng yirik loyihalaridan biri kredit
uyushmalarini faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib,
bugungi
312
kunda OTBning ushbu loyihasi natijasida 100 ta kredit uyushmasi
depozitida 88 mln. AQSH dollarga va 107 mln. AQSH dollar kredit
portfeliga ega bo‘lgan 141000 ta a’zoni birlashtirdi. Bu esa o‘z
navbatida milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko'rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: