A. A. Omonov, Т. М. Qoraliyev kredit va banklar


Oltin quyma va oltin deviz standarti



Download 10 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/210
Sana13.07.2022
Hajmi10 Mb.
#786835
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   210
Bog'liq
Omonov A.A, Qoraliyev T.M. Pul, kredit va banklar (2)

15.2.3. Oltin quyma va oltin deviz standarti
(1926-1931 yy.)
Birinchi jahon urushi natijasida jahon valuta tizimi inqirozga 
uchragan edi. Urushdan keyingi davrga kelib, mamlakatlararo valuta -
pul tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida oltin standartini joriy qilishning 
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi. 0 ‘sha davrda 
yuzaga kelgan vaziyat shuni taqozo etar ediki, Yevropa mamlakatlari 
pullarini oltinga nisbatan qadrsizlanishidan kelib chiqib, valuta kurslari 
o‘rtasidagi nisbatni pul taklifi va narxlar darajasiga bog‘liq ravishda 
qaytadan o‘matish kerak edi. Chunki, agar urushdan oldingi davrda funt 
sterling 4,86 dollarga teng bo‘lgan oltin birligiga ayriboshlangan boisa, 
urush so‘nggida inflatsiya oqibatida valuta bozoridagi funt sterlingning 
kursi 3,50 dollargacha tushib ketdi. Boshqa davlatlami pullari ham shu 
tariqa qadrsizlangan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniya oltin 
standartiga qaytadigan boisa, funtning haqiqiy qiymati 3,50 dollar 
nisbatida belgilanishini talab etar edi. 0 ‘z navbatida, oltin standarti amal 
qilishi uchun barcha davlatlar ushbu holatga rozi bolishi kerak edi. 
Lekin bu borada mamlakatlaming bir to‘xtamga kelishi qiyin boidi. 
Masalan, Buyuk Britaniyaning kamchiligi shunda ediki, nafaqat oltin 
standartini qayta tiklash, balki funtning avval amalda boigan 4,86 dollar 
darajadagi kursiga qaytarish edi.71
Buyuk Britaniyaning bunday siyosati dunyoning moliyaviy 
markazi boigan Londonning obro‘sini saqlashga qaratilgan edi. Buni 
amalga oshirish uchun Buyuk Britaniya, eng avvalo, pul taklifmi 
kamaytirish va tovarlar narxini pasaytirishga erishishi kerak edi. Lekin 
funt kursi 4,86 dollarga tenglashgan holda Buyuk Britaniya 
tovarlarlarini jahon bozoridagi narxi ortib raqobatbardoshligiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatar edi. Kasaba uyushmalari ta’sirining ortishi va davlat 
tomonidan ishsizlik uchun nafaqalami joriy qilinganligi pul taklifini 
kamaytirish imkonini bermas edi. Deflyatsiyani amalga oshirish (pul 
taklifini kamaytirish bilan aholi nominal daromadlarini pasaytirish) 
uchun Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga asoslangan davlat qurish
71 О принципиальней ошибке Великобритании и ее последствиях, пришедших к депресии 1929 г., см.: Robbins L . 
The Great Depression. New York: MacMillan, 1934.
261


nazariyasidan voz kediishi yoki ay rim «ijtimoiy kafolat»lami muzlatishi 
kerak edi. Buning o'miga Buyuk Britaniya ijtimoiy himoyaga 
asoslangan davlat dasturlarini bajarish maqsadida pul taklifmi yanada 
orttirib bordi, o‘z navbatida, inflatsiya darajasi ham o‘sib bordi.
Yigirmanchi asming 20-yillarga kelib, Buyuk Britaniyada 
inflatsiya va ishsizlik darajasi yuqori nuqtaga kelgan, mamlakat eksport 
hajmi ham tushib ketgan edi. Bu davrda boshqa Yevropa davlatlarida 
iqtisodiy o‘sish kuzatilayotgan edi. Shuning uchun Buyuk Britaniyada 
qabul qilingan qarorlardan voz kechmagan holda yuzaga kelgan 
vaziyatdan chiqish muammosi ko‘ndalang turgan edi. Shu maqsadda 
1922-yili Genuya shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiyada Buyuk 
Britaniya yangi pul standarti boigan oltin deviz standartini taklif qildi.
Dunyo mamlakatlari ichida AQSHda klassik oltin standarti 
saqlangan boiib, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari 
1926-yilga kelib klassik oltin standartiga tenglashtirilgan yangi pul 
tizimiga o‘tishdi. Unga ko‘ra Britaniya funti va boshqa valutalar oltin 
tangalarga emas, balki faqatgina yirik tashqi savdoni amalga 
oshiruvchilar uchun oltin quymalarga ayriboshlanar edi. Buyuk 
Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari fuqarolari kundalik hayotda 
oltin tangalardan foydalana olmas edilar. Bu bank kreditlarini va 
inflatsiyani rag‘batlantirishga xizmat qilar edi. Yangi oltin deviz 
standartiga asosan Buyuk Britaniya fimtni so‘ndirishda oltin bilan birga 
dollardan ham foydalanar, boshqa davlatlar esa o‘zlarining valutalarini 
oltinga emas, funtga ayirboshlar edilar. Shu yo‘1 bilan aksariyat 
mamlakatlarda milliy valutalar kursi sun’iy oshirildi va oltin standartiga 
qaytishdi. Natijada oltinga asoslangan moliyaviy piramida tashkil topdi. 
Uning asosini qisman funt bilan ta’minlangan Yevropa mintaqasi 
valutalari, qisman dollar bilan ta’minlangan funt, qisman oltin bilan 
ta’minlangan dollar tashkil etgan va bu «oltindeviz standarti» deb ataldi, 
dollar va funt esa «tayanch valutalar» hisoblangan.
Buyuk Britaniya iqtisodiyotida pul taklifi hamda kredit hajmining 
ortishi hisobiga tashqi savdo balansda taqchillik yuzaga keldi. Bunday 
vaziyatda oltin standarti inflatsiyani cheklashga xizmat qilmay qo‘ydi. 
oltin deviz standarti Buyuk Britaniyaga milliy valuta taklifmi oshirish va 
inflatsiya darajasini oshishiga sharoit yaratgan. Yevropaning boshqa 
davlatlari funtni oltin bilan qoplashni talab qilmas edi. Shu tariqa 
Yevropa 
va 
Buyuk 
Britaniyada 
inflatsiya 
darajasi 
tobora 
chuqurlashayotgan, tashqi savdo kamomadi 
ortib borayotgan edi.
262


Undan tashqari, Buyuk Britaniya mamlakatdan oltin va dollami chiqib 
ketishini oldini olish maqsadida AQSH Federal zaxira tizimining dollar 
taklifini oshirishiga erishgan edi.
Oltindeviz standartining alohida xususiyati shunda ediki, u uzoq 
muddat amal qilishi mumkin emas edi. Chunki ushbu moliyaviy 
piramidaning izdan chiqishidan qochib bo‘lmaslik haqiqat bolgan. 
AQSH, Fransiya va boshqa davlatlar iqtisodiyotida katta hajmda 
ta’minlanmagan Buyuk Britaniya funt sterlingi yig‘ildi. 1931 yilda 
Yevropa mamlakatlarida inflatsiya darajasi yuqoriligidan Fransiya 
«qattiq pul» siyosatini olib bordi va Buyuk Britaniyadan iqtisodiyotda 
yig‘ilgan funt sterling o‘miga oltin ayirboshlashni talab qilishi yevropa 
banklarmi bankrot boiishiga olib keldi. Bu esa Buyuk Britaniyani 
butunlay oltin standartidan voz kechishiga sabab bo‘ldi. Buning 
natijasida barcha Yevropa mamlakatlari o‘zini bankrot deb e’lon 
qildilar.

Download 10 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish