Qo‘shimcha integral mikrosxemalar. Tizimli shinaga va mikro- protsessorga, shaxsiy kompyuterga shu qatorda tipik tashqi qurilmalar qatorida ba'zi qo‘shimcha integral mikrosxemalarni ham ulanishi mumkin, ular mikroprotsessorning bajaradigan vazifa- larining imkoniyatlarini kengaytirish va yaxshilash uchun xizmat qiladilar:
matematik soprotsessor;
xotiraga bevosita ega boiish kontrollyori;
kiritish-chiqarish soprotsessori;
uzulishlar kontrollyori va hokazolar.
Matematik soprotsessor suriluvchi va qayd qilingan vergulli ikkilik sonlar ustida amallami bajarilishini, ikkilik kodlashtirilgan o‘nlik sonlar ustidagi, ba'zi transsendent hisoblashlami va shuningdek trigonometrik funksiyalami bajarilishini tezlatish uchun ishlatiladi. Matematik soprotsessor o‘zining buyruqlar tizimiga ega va asosiy MP bilan parallel (bir vaqtda) uni boshqarishida ishlaydi. Amallami bajarilishini bir necha marta tezlashtiradi. MP ning 80486 DX modelidan boshlab soprotsessomi o‘z tarkibiga kiritilgan shaklda ishlab chiqariladi. Xotiraga bevosita ega boiish kontrollyori (DMA - Direct Memory Access) tashqi qurilmalar bilan tezkor xotira o‘rtasidagi axborot almashuvini mikroprotsessorning ishtirokisiz amalga oshiradi, bu esa SHK ning samarali tezligini jiddiy oshiradi. Boshqacha so‘ z bilan aytganda, DMA ish tartibi protsessorni ortiqcha va uncha muhim boimagan ishlardan bo‘lgan, yani tashqi qurilma bilan tezkor xotira qurilmasi o‘rtasidagi axborot almashuvidan ozod qiladi, bu ishni DMA kontrollyori zimmasiga yuklash orqali amalga oshiriladi; protsessor bu vaqt davomida boshqa axborotlarga ishlov berishi yoki ko‘p masalali tizimda boshqa masalani hal qilishi mumkin. Kiritish-chiqarish soprotsessori MP bilan parallel ishlashi nati- jasida bir necha kiritish-chiqarish qurilmalariga xizmat ko‘rsatiia- yotganda kiritish-chiqarish amalini jiddiy soddalashtiradi; MP ni kiritish-chiqarish amaliga ishlov berishdan ozod qiladi va shu jumladan xotiraga bevosita ega boiish ish tartibini joriy etadi. Uzilishlar kontrollyori uzilish amalini bajaradi. Uzilish - bu vaqt bo‘yichabitta dastur bajarilishini to‘xtatib turib shu vaqtda ancha muhim boigan boshqa (ustunlikka ega) dastumi tezkor bajarish maqsa- dida ko‘rilgan choradir. Kontroller tashqi qurilmadan uzilishga so‘rov olgach, bu so‘rovning ustunlik darajasini aniqlaydi va MP ga uzilish signalini beradi. Mikroprotsessor bu sigaalni olgach hozirda bajarilayotgan dastumi bajarilishini to‘xtatib turadi va tashqi qurilma so‘ragan bu uzilishga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus dastumi bajarishga o‘tadi. Maxsus dastumi bajarib boigach uzilgan dastumi bajarish tiklanadi. Uzilish kontrollyori dasturlanuvchidir. Uzilishlar kompyuteming ish faoliyatida doimiy boiib turadi, barcha axborotni kiritish-chiqarish ishlari uzilish bo‘yicha bajarilishini aytishning o'zi yetarlidir. Masalan, IBM PC kompyuterlarida taymerdan uzilishlar sekundiga 18 tagacha boiib va ularga xi2;mat koisatiladi (u jarayonlar judatez kechganligi uchun foydalanuvchiga sezilarli emas albatta).