A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Xronologik hisob registrlarini



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/294
Sana02.12.2022
Hajmi10,8 Mb.
#877055
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Xronologik hisob registrlarini 
o ‘ziga xos xususiyati shundaki, 
undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar 
orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va 
summasini xronologik tartib aks ettirib boradi. Masalan, «Jarayonlami 
ro‘yxat qilish jum ali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u 
hisobning memorial-order shaklida qoilaniladi.
Tizimli hisob registrlari 
jarayonlam i m a’lum bir belgilari 
bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan 
xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi.
Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikkiyoqlama yozuv usuli 
vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.
Buxgalteriya daftarlari bir yilga m o‘ljallangan bo‘lib, hamma 
betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oxirgi varaqning orqasida bosh buxgalteming imzosi bilan 
tasdiqlangan holda quyidagi yozuv aks ettirilgan b o iish i zarur.
Buxgalteriya daftarida korxona xo‘jalik mulklarini aks ettiradigan 
schyotlar uchun betlar ajratiladi. Sintetik schyotlar uchun tegishli 
analitik schyotlar ochilgan bo‘lsa, bosh daftarda betlar ajratilayotganda 
e’tiborga olmoq zarur.
Masalan, savdo korxonasini chakana savdodagi tovarlari 2920 
sintetik schyotida yuritiladi. Aytaylik, shu savdo korxonasiga qarashli 3 
ta magazin mavjud. Bunday holatda bosh daftarda har bir moddiy 
javobgar shaxs uchun alohida varaqlar qoldirilishi va umumiy tovarlar 
hisobi aks ettirilishi uchun ham varaqlar ajratilgan bo ‘lishi zarur.
Buxgalteriya daftarida mundarija ham bo‘lib, unda hisobi 
yuritiladigan schyotlaming aks ettiriladigan varaqlari tartib raqami 
ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Buxgalteriya hisob registri daftarning boshqa registrlardan
afzalligi quyidagilardan iborat:
117


• Hisob m a’lumotlarining bir registrda mujassamlashganligi;
• Hisob m a’lumotlari saqlanishi mustahkam ta ’minlanganligi.
Buxgalteriya 
daftarining 
kamchiliklari 
ham 
bo ‘lib, 
ular
quyidagilardan iborat:
• Buxgalteriya xodimlari o ‘rtasida mehnat taqsimotini to ‘g ‘ri 
yo‘lga qo‘yishga xalaqit beradi, sababi, dafitarda korxonada hisobi 
yuritiladigan hamma schyotlar joylashgan. Buxgalteriya xodimlari 
o ‘zlariga biriktirilgan schyotga tegishli m a’lumotlami aks ettirish uchun 
daftar bo ‘shashini kutishi kerak bo‘ladi.
• Buxgalteriya daftaridan hisob registri sifatida foydalanganda, 
hisob ishlarini mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari kamayadi.
• Buxgalteriya xodimlari mehnat unumdorligini oshishiga xalaqit 
beradi.
Birinchidan, daftardan galma-galdan foydalanish natijasida vaqt 
y o‘qotiladi: ikkinchidan, buxgalteriya daftarining hajmi katta bo‘lib, 
tegishli varaqni topib, undan foydalanishni sekinlashtiradi.
Buxgalteriya daftarlarining hamma varaqlari ham hamma vaqt 
foydalanilaverilmaydi. To‘ldirilmagan varaqlar esa kelgusi hisobot davri 
uchun foydalanilmaydi va hisob registrlari bilan bog‘liq xarajatlami 
oshishiga olib keladi.
Buxgalteriya daftarlari bir hisobot yili uchun m o‘ljallangan.
Buxgalteriya 
registrlari 
ulardagi 
yozuv 
turiga 
ko‘ra, 
kombinatsiyalashgan shaklda ham bo‘ladi.
Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o ‘ziga xos 
xususiyati shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar bilan 
birgalikda aks ettiriladi. 
Bunday registrlarning afzalligi quyidagilardan
iborat:
• Hisob ishlari ixchamlanadi.
• Buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladigan registrlar miqdorini 
qisqartiradi.
118


Xronologik 
va 
tizimli 
yozuvlar 
umumlashtirilgan 
va 
kombinatsiyalashgan hisob registrlariga jurnal-order misol bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan m a’lumotlar 
hajmiga ikki turga ajratiladi.
1. Sintetik registrlar;
2. Analitik registrlar.
Sintetik registrlar sintetik hisob m a’lumotlarini aks ettirishga 
mo‘ljallangan boMib, ularga bosh daftar, jarayonlami ro‘yxat qilish 
jurnali, jumal-orderlar va boshqalar misol bo‘ladi.
Analitik registrlar analitik hisob m a’lumotlarini rasmiylashtirishda 
qo‘llanilib, ularga “Materiallar”, “Asosiy vositalar”, “Hisobdor shaxslar 
bilan hisob-kitoblar” va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan 
kartochkalar misol bo‘ladi.
X o‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar 
dastlabki hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang'ich hujjat ham 
shaklan, ham mazmunan har tomonlama tekshirilgandan so‘ng qayta 
ishlanadi. Dastlabki hujjat m a’lumotlari asosida, buxgalteriya registrlari 
toMdiriladi.
B a’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida 
ham 
rasmiylashtiriladi. 
Bunday 
holatlarga 
da’vogar 
yuzasidan 
hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab qolishlar, xodimni 
bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan 
qonuniy kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o ‘rtasida 
tuzilgan shartnomalar misol bo ‘ladi.
Buxgalteriya 
registrlari 
qanday 
dastlabki 
hujjatlar asosida 
rasmiylashtirilmasin quyidagi talablarga rioya etish zarurdir:
• dastlabki hujjatlami tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi;
• dastlabki hujjatni hamma rekvizitlarini andozaga javob berishi;
• ko‘rsatkichlaming arifmetik to ‘g ‘ri hisoblanganligi;
• dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari 
iqtisodiy mazmunligi va qonuniyligi;
119


• tekshirib, 
qayta 
ishlangan 
dastlabki 
hujjatlar 
asosida 
buxgalteriya registrlarini o ‘z vaqtida va to ‘g ‘ri rasmiylashtirish;
• buxgalteriya registrlari 
m a’lumotlari 
asosida buxgalteriya 
balansi va hisobotni tegishli ko‘rsatmalarga asosan to ‘g ‘ri va o ‘z vaqtida 
tuzish;
• hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa 
shakllarini o ‘matilgan muddatda tegishli joylarga topshirish.
Yuqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya 
hisobining hisob ishlarini hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Dastlabki 
hujjatlami 
naqadar 
to ‘g ‘ri 
rasmiylashtirilishi, 
buxgalteriya registrlari m a’lumotlarini ham to‘g ‘ri rasmiylashtirilishiga 
asos 
bo‘ladi. 
O lz navbatida buxgalteriya registrlari moliyaviy 
hisobotlami 
o ‘z 
vaqtida 
va 
to ‘g ‘ri 
m a’lumotlar 
asosida 
rasmiylashtirilishiga xizmat qiladi. Bizga m a’lumki, moliyaviy hisobot 
shakllari quyidagilardan iborat:
1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl;
2. Moliyaviy natijalar to ‘g ‘risida hisobot - 2 shakl;
3. Pul oqimlari to‘g ‘risidagi hisobot - 4 shakl;
4. Xususiy kapital to ‘g ‘risida hisobot - 5 shakl.
Yuqorida keltirib o ‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham 
korxonalar faoliyatini har tomonlama o ‘rganish, tahlil qilish, nazorat 
etish, hamda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Demak, korxona faoliyati haqida to ‘g ‘ri xulosaga kelish uchun 
moliyaviy hisobot m a’lumotlari haqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur 
ekan.
Buxgalteriya registrlarini ulardagi m a’lumotlami to‘g ‘ri va o ‘z 
vaqtida aks ettirishini ahamiyati ham shundadir.
Buxgalteriya registrlariga tegishli m a’lumotlami aks ettirishni 
oldiga qo‘yilgan talablami sanab o ‘tdik. 

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish