5.5. Inventarizatsiya haqida tushuncha, uning
ahamiyati va turlari
Inventarlashning
asosiy
maqsadi
mol-mulkning
haqiqatda
mavjudligini aniqlash, buxgalteriya hisobi m a’lumotlari realligi,
majburiyatlar hisobda to ‘g ‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan
qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki
inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi
subyektga qarashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan
(mas’uliyatli saqlanishda b o ig an , ijaraga olingan, qayta ishlash uchun
olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga
ko‘ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak.
Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy
javobgar shaxs bo‘yicha o ‘tkaziladi. Korxonalar va tashkilotlaming mol-
mulki hamda moliyaviy majburiyatlarini inventarizatsiyalashni o ‘tkazish
va ulaming natijalarini rasmiylashtirish tartibi 19-son BHMS22da
belgilangan.
Quyidagi hollarda inventarlash о ‘tkazilishi shart:
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda,
shuningdek,
davlat korxonasi
o ‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan
chiqarilgan) chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot
yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o ‘tkaziladigan mol-mulkdan
tashqari. 4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” deb nomlangan BHMSga
binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta, 5-son “Asosiy
0 ‘z b e k is to n R e sp u b lik a si A d liy a V a z irlig i to m o n id a n 2 .1 1 .1 9 9 9 y ild a 8 3 3 -so n b ila n r o 'y x a td a n o ‘tk a z ilg a n .
99
vositalar” BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida bir
marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Pul m ablagiari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi
blanklar oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat
mahsulotlari
-
har chorakda,
qimmatbaho
metallar -
tarmoq
y o ‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab
chiqarish zaxiralari
eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda
inventarlanadi:
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlami qabul qilish -
topshirish kunida);
- o ‘g ‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklami ishdan
chiqarish faktlari aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki g ‘ayritabiiy sharoitlar
yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda)
tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda
tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash
jam oa rahbari o ‘zgarganda, jam oadan uning ellik foizdan ortiq a ’zolari
chiqib ketganda, shuningdek jam oaning bitta yoki bir nechta a ’zosi
talabi bilan o ‘tkaziladi.
Inventarlashni o ‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda
tarkibida:
- xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o ‘rinbosari
(komissiya raisi);
- bosh buxgalter;
- boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va
hokazolar) bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari
tuziladi.
Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo ‘jalik yurituvchi subyektning
ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
100
Ishlar
hajmi
katta
bo‘lganda
mol-mulk
va
moliyaviy
majburiyatlami inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:
- inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining
vakili (komissiya raisi);
- mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish
yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi
inventarlash komissiyalari tuziladi.
Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va
birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket
ikki marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash
taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarlash komissiyalarining
shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi (1-
ilovaga binoan buyruq, qaror, farmoyish).
Inventarlashni o ‘tkazish chog‘ida komissiyaning aqalli bitta a ’zosi
yo‘q b o isa , bu hoi inventarlash natijalarini haqiqiy emas, deb topish
uchun asos bo ‘lib xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari:
- boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini
o ‘tkazadi, zarurat b o ig an d a o ‘z majlislarida boyliklaming saqlanishi
masalalari bo‘yicha sex, b o iim , shu’balar rahbarlarining axborotlarini
tinglaydi;
- inventarlash o ‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash
komissiyalari a ’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;
inventarlash
to ‘g ‘ri
o ‘tkazilganini
nazorat
tariqasida
tekshiruvlami amalga oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi
davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklami
tanlab inventarlashdan o ‘tkazadi;
- inventarlash natijalari to ‘g ‘ri chiqarilganini, bazalar, omborlar,
omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida
101
boyliklami qayta navlarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini
tekshiradi;
- zamr hollarda (inventarlashni o ‘tkazish qoidalari jiddiy
buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xo ‘jalik yurituvchi subyekt
rahbarining topshirig‘iga binoan takroriy yalpi inventarlashlami
o ‘tkazadi;
- boyliklar kamomadi yoki ulami shikastlashga, shuningdek,
boshqa buzilishlarga yo ‘l qo‘ygan shaxslardan olingan tushuntirishlami
ko‘rib
chiqadi
va
aniqlangan
kamomadlar
hamda
boyliklami
shikastlashdan ko‘rilgan talafotlami bir izga solish tartibi to ‘g ‘risida
taklif beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |