Hujjatlarni buxgalteriyada qayta ishlash bosqichlari
H ujjatlam i guruhlash -
bu ulami mazmuniga k o ‘ra bir xil
guruhlarga to ‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa
chiqarish imkonini beradi. Bu esa guruhlangan m a’lumotlami ishlatishni
ancha osonlashtiradi.
Gumhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha
m a’lum davr uchun yig‘ma (umumlashgan) m a’lumotlarga ega
boiish d an iborat. Shu bilan birga dastlabki hisobni yuritish ham
soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga doir hujjatlar har bir
nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo ‘yicha; kassa hujjatlari
pul m ablag‘larining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k.
bo‘yicha guruhlanishi mumkin. Hujjatlami guruhlash maxsus jamlovchi
yoki gumhlovchi vedomostlarda amalga oshiriladi.
95
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlaming buxgalteriyaga kelib
tushishiga qarab to ‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli
k o‘rsatkichlar bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan
mahsulotlami xaridorlar bo‘yicha j o ‘natish jam lam a vedomosti.
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan
x o ‘jalik muomalalari to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami bir tizimga keltirish
uchun tuziladi. Ular m a’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan
m a’lumotlami o ‘tkazish bilan bir vaqtda to ‘ldiriladi. Masalan, butun
korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va ushlanmalar turlari bo‘yicha
gumhlash vedomosti.
H ujjatlam i taksirovka qilish -
ularda ko‘rsatilgan natural va
mehnat o ‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o ‘lchoviga o ‘tkazishni
nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o ‘lchovlarda (metr, kg, dona va
h.k.) ifodalangan bo‘lsa, ulaming miqdori bir birligining bahosiga
ko‘paytiriladi. Masalan, limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat to ‘lovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan
bo‘lsa, u holda vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish
vaqtini hisobga olish tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi
hisoblash. Hujjatlar taksirovka qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi
schyotlar va xarajat moddalari bo‘yicha kontirovka qilinishi kerak.
Kontirovka
qilish
usullari
buxgalteriya
hisobining
korxonada
qo‘llaniladigan shakliga bog‘liq.
Kontirovka -
bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik
muomalasining summasi debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim
b o‘lgan schyotlaming ko‘rsatilishi.
Ushbu
maqsadda ko‘pchilik
dastlabki hujjatlarda maxsus joy ajratiladi (avans hisobotida, kirim va
chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va boshqalar).
Agar jam lam a hujjat boMsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida
keltiriladi.
H ujjatlam i so ‘ndirish -
hujjatlarda ulaming ishlatiiganligi
to ‘g ‘risida «olindi», «toMandi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplami
bosish yo ‘li bilan belgi qo‘yish.
96
Barcha pul hujjatlari ulami qayta ishlatishning oldini olish
maqsadida tezkor tarzda so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular
schyotlarga yozilganidan so‘ng adashib qayta yozish yoki qandaydir
suiiste’mollarning oldini olish uchun joriy tartibda so‘ndirilishi lozim.
Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qoMlanilsa,
hujjatlami
buxgalteriyada
ishlash
hisob
nomenklaturalarini
(buxgalteriyada) tegishli xos raqam (kod) bilan belgilash va hujjatlami
pachkalarga komplektlashdan iborat bo‘ladi.
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim.
Bu bilan hujjatni yana qayta ishlashning oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda
qayta ishlansa, hisob registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash
hisoblash qurilmasi orqali amalga oshirilsa, ularga qayta ishlashga
javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo ‘yadi.
Kassa jarayonlariga asos bo ‘luvchi kassa kirim va chiqim
orderlariga, to ‘lov vedomostlariga jarayon amalga oshirilgan zahoti
qo‘lda yoki shtampda “olindi” yoki “to ‘landi” degan so‘zlar muddati
(kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilishi shart.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar harakati, ya’ni tashkil etish yoki
boshqa
korxonalar,
tashkilotlar,
muassasalardan
hisobga,
qayta
ishlashga, arxivga uzatish uchun olinishi ro ‘yxat bilan tartibga solinadi.
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil
etadi va hujjat aylanishi
ro ‘yxati
korxona rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
R o‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat
aylanishini oqilona tashkil etishdan iborat. Hujjat aylanishi ro‘yxati
sxema ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko ‘rinishida
bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish
(nusxa soni, rasmiylashtiruvchi m as’ul, bajarilishga mas’ul, bajarilish
muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga m as’ul, kim keltirishi, keltirish
tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi, qayta
ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), hamda
ro‘yxatni tasdiqlash buyrug‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri,
korxona bosh buxgalteri va rahbari imzosi.
97
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular
faoliyatiga taalluqli hujjatlami tuzadi va taqdim etadi. Hujjatni o ‘z
vaqtida to ‘g ‘ri to ‘ldirilishi, belgilangan, muddatda taqdim etilishi,
ulardagi m a’lumotlaming ishonchliligiga javobgarlik shu hujjatni tuzgan
va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi.
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro ‘yxati bo‘yicha ishlar o ‘z
vaqtida bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va
balanslari arxivga topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga qadar buxgalteriyada maxsus
binoda yoki korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs
m as’ulligida berkitiladigan shkaflarda saqlanadi.
Q at’iy hisobdagi blankalar esa, ular saqlanishini ta’minlaydigan
seyflarda, metall shkaflarda, maxsus binolarda saqlanadi. Aniq bir, hisob
vedomostiga taalluqli, joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar
xronologik tartibda yig‘ilib arxivga m a’lumotnoma bilan uzatiladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular
ilovalari bilan birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. B a’zi bir
hujjatlar taxtlanmasligi
mumkin,
ammo
ular y o ‘qotilishi
yoki
suiiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib qo‘yiladi.
Korxona
arxivida
dastlabki
hujjatlar,
hisob
registrlarini,
hisobotlami saqlash tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh
boshqarmasini materiallarini saqlash ko‘rsatmasiga ko‘ra, o ‘matiladi.
Hujjatlami
buxgalteriyadan
va
arxivdan
boshqa
tarmoq
xodimlariga berilishi korxona bosh buxgalteriya ruxsati bilan amalga
oshiriladi.
Korxonadan hujjatlami faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura
va sud tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan
hollardagi
qarorlariga asosan olinishi
mumkin.
Hujjat olinishi
bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxonaga tegishli
m as’ul xodimga imzo bilan beriladi. Hujjat olgan tashkilot ruxsati va
vakili ishtirokida, tegishli m as’ul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi
98
mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati ko‘rsatilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |