partiyasi olinishiga qarab, hisob-kitob qilinadi.
FIFO usuli - bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim
qilish.
FIFO usuli b o ‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy
zaxiralar tannarxiga birinchi navbatda sotib olingan yoki ishlab
chiqarilgan zaxiralar qiymati olib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralaming
davr oxiridgi qiymati so‘nggi sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan
zaxiralaming umumiy qiymatidan iborat.
Subyektning
hisob
siyosatida
tovar-material
zaxiralarining
belgilangan ulgurji shartnoma bahosi, haqiqiy tannarx yoki LIFO, FIFO
usullarida tannarxi hisoblanadi.
Agarda TMZ tegishli tannarxda hisobga olinsa shu narx bilan
haqiqiy tannarxi o ‘rtasidagi farq 1610-“Materiallar qiymatidagi farqlar”
schyotida hisobga olinadi.
Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul
ko‘rinishida aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan
majburiyat summasi esa, sudning tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor
qiymatida, balans (hisob) qiymatda va hokazolarda hisobga olinadi.
4.3. T a’minot jarayonining hisobi
T a’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi.
Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan
iborat:
T a’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida
qabul qilingan mehnat buyumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy
ma’lumotni beradi. Ushbu m a’lumotlar ham natura, ham pul o ‘lchov
74
birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul
qilingan mehnat buyumlari haqidagi ushbu m a’lumotlari yordamida,
ulami har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatkichlari umumiy
bajarilishi haqida m a’lumotlarga ega bo‘linadi.
Qabul
qilingan
mehnat
buyumlarining
haqiqiy
tannarxini
hisoblash. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini
tayyorlash yuzasidan korxonaning haqiqatdagi xarajatlarining miqdorini
aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining
ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy hajmini, balki xarajatlar alohida
turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi.
T a’minot jarayonida korxona x o ‘jalik faoliyatini davomiyligi va
rivojlanishi uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini
faoliyati uchun zaruriy mablag‘lar quyidagilardan iborat:
- uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);
- aylanma mablag‘lar (xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, pul
mablag‘lari va boshqalar).
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriy at
tug‘iladi: -qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aksiya,
obligatsiya, qarzlar, depozitlar va h.k).
Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim
qilinadi:
a) sotib olish;
b) ta’sischilaming hissasi tariqasida;
c) bepulga olish;
d) moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.
Asosiy vositalar hisobi 0 1 0 0 -“Asosiy vositalar” aktiv schyotda
yuritiladi. Demak, asosiy voitalar ta ’sischilardan hissa tariqasida olinsa,
uning oldin foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya
yozuvlari aks ettiriladi. Asosiy vositalami kirim qilish AV-1, ya’ni
“Asosiy
vositalami
qabul
qilish-topshirish”
dalolatnomasida
rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq
m a’lumotlar aks ettirilgan bo‘lib, shu m a’lumot asosida buxgalteriya
yozuvlari aks ettiriladi.
75
Do'stlaringiz bilan baham: |