A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

10.5. Dividendlar hisobi
Bizga 
m a’lumki, 
Aksiyadorlik jamiyatlari 
so f foydasidan 
aksiyadorlarga dividend to ‘laydi. Dividend - aksiyalar bo‘yicha 
to ‘lanishi lozim bo‘lgan daromad, aksiyadorlik jam iyati tomonidan 
uning muassislari o ‘rtasida taqsimlanadigan so f foydaning bir qismi.
Dividend - bu kompaniya aksiyadorlari sinfiga to ‘langan, 
boshqaruv 
kengashi 
tomonidan 
belgilanadigan 
kompaniya 
daromadlarining bir qismini taqsimlash. Dividendlar naqd to ‘lov 
sifatida, aksiya yoki boshqa mol-mulk sifatida berilishi mumkin57.
Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalaming soni 
va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. M uayyan turdagi imtiyozli 
aksiyalar bo ‘yicha dividendlar jam iyatning maxsus m o‘ljallangan 
zaxiralari hisobidan to ‘lanishi mumkin.
Dividendlar to ia s h muddati va tartibi jam iyat ustavida yoki 
aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi. Dividendlar
57 Financial and m anagerial accounting, I2e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.D uchac, 753-page, 2014
301


to ia s h muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e ’tiboran 60 
kundan kech bo‘lmasligi lozim.
Dividendlar to ‘lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha, so ‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar to ‘lanadi. 
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha qat’iy belgilangan dividendlami to ‘lash 
uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan taqdirda jam iyat mazkur 
aksiyalami saqlovchilarga dividendlar to ‘lashni rad etishga haqli emas. 
Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to ‘lashni sud orqali 
talab qilishlari mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmasa 
yoki zarar ko‘rib ishlagan bo ‘lsa, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha 
dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira kapitali 
hisobidan va ana shu zaxira doirasidagina to‘lanishi mumkin.
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida x o ‘jalik 
yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan so f foydadir. Hisobot davridagi 
so f foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u quyidagicha provodka 
bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 9900 - “Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 8710 - “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda 
(qoplanmagan zarar)”
Korxonaning ta ’sischilar oldida dividendlar bo‘yicha va chiqib 
ketayotgan ta’sischilar oldida ulaming ulushlari bo‘yicha joriy
majburiyatlari to ‘g ‘risidagi 
axborotlami umumlashtirish quyidagi
schyotlarda amalga oshiriladi:
6610 “To‘lanadigan dividendlar”;
6620 “Chiqib ketayotgan ta ’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar”.
Korxona rahbariyati tomonidan aksiyalarga dividendlar to ‘lash 
to ‘g ‘risida qaror e ’lon qilingandan so‘ng, dividend summasi joriy 
majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aksiyalar bo‘yicha 
qonunchilikka muvofiq taqsimlanadi.
6610 “T oianadigan dividendlar” schyoti hisoblangan dividend 
summasiga 
8710 
“Hisobot 
davrining taqsimlanmagan 
foydasi
(qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bog‘langan holda kreditlanadi.
302


6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari b o ‘yicha qarzlar” 
schyotining kredit tomonida korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischisi 
ulushlari bo‘yicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va 
ulushlar”, 8610 “ Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy”, 8610 “Sotib 
olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli” schyotlari bilan bog‘langan holda 
aks ettiriladi.
6610 “T o‘lanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan 
ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyotlari bo‘yicha analitik 
hisob (ko‘rsatuvchiga aksiyalardan tashqari) har bir ta ’sischi bo‘yicha 
alohida yuritiladi.
Qimmatli qog‘ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy 
hisobotlar standartlarga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1. Qiymat usuli. Ushbu usul qo'llanganda. Investor o ‘z mablag‘ini 
boshqa korxonaga dastlabki qiymati bo‘yicha qo‘yadi. U ning asosiy 
tamoyillari 
shundan 
iboratki, 
investitsiyalar 
qiymati 
shu’ba 
tuzilmalarining moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar o ‘zgarmaydi, ulardan 
olinadigan dividendlar bosh jam iyat daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo‘llash tavsiya etiladi:
- shu’ba jam iyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun 
olingan va uni nazorat qilish ham vaqtinchalik bo ‘lganda;
- shu’ba jam iyati uning bosh jamiyatiga m ablag‘ o ‘tkazish 
qobilyatini jiddiy darajada kamaytirilgan belgilangan uzoq muddatli 
muhim sharoitlar doirasida faoliyat yuritganda. M asalan, shu’ba 
jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan qo‘yiladigan dividendlami 
to ‘lashda cheklashlar mavjud bo‘lishi mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jam iyat tomonidan 
shu’ba jam iyatiga sezilarli darajada ta ’sir o ‘tkazish va nazorat qilish 
hollarida qo‘llash tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:
- investitsiyalaming joriy qiymati shu’ba jam iyatining xo‘jalik 
faoliyati 
natijalariga 
bog‘liqlikda 
o ‘zgaradi: 

foyda 
olganda
investitsiyalar qiymati oshadi, zarar esa kamayadi;
- bosh jam iyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga munosib
303


ravishda aks ettiriladi: uning shu’ba jamiyatidagi ulushi qancha ko‘p 
bo‘lsa, bosh jam iyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko‘p 
summaga oshiriladi;

olingan 
dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, 
balki 
investitsiyalar qiymatini kamaytirish tarzida ifodalaydi.
Aksiyadorlik jamiyatining umumiy y ig‘ilishi qaroriga binoan 
dividend pul mablaglari yoki boshqa qonuniy to ‘lov vositalari bilan 
to ‘lanishi mumkin.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha pro vodka beriladi:
Debet 8710 - “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)”
Kredit 6610 - “ToManadigan dividendlar”
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar 
hisoblanganidan so‘ng 8720 - “Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan 
zarar)” hisobvarag‘iga o ‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
Debet 
8710 - “ Hisobot davrining 
taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)”
Kredit 8720 - “Jam g‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Zarar ko‘rilganda:
Debet 8720 - “Jam g‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”
Kredit 8710 - “ Hisobot davrining 
taqsimlanmagan foydasi
(qoplanmagan zarari)”.
ToMov manbaida soliq 
solinmagan 
dividendlar 
tarzidagi
daromadlar oluvchi yuridik shaxslar bankda ochilgan maxsus 
hisobvaraqda ushbu mablagMami jamlaydilar. Dividendlar tarzidagi 
daromadlar 
tushumi 
yuridik shaxsning 
buxgalteriya 
hisobida
quyidagicha aks ettiriladi:
- hisoblangan dividendlar:
Debet 4840 - “Olinadigan dividendlar”
Kredit 9520 - “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
- dividendlami maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi:
304


Debet 5530-“Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
Kredit 4840 - “Olinadigan dividendlar”.
Dividendlar tarzida daromadlar olgan yuridik shaxslar maxsus 
hisobvaraqdagi m ablagiam i o ‘z ustav kapitalini kapitallashtirishga 
yo‘naltirganda, jam langan summa maxsus hisobvaraqdan hisob-kitob 
varag'iga kapitallashuv summasi miqdorida o ‘tkaziladi.
10.6-jadval

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish