A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Asosiy vositalarning baholanishi



Download 10,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/294
Sana28.01.2023
Hajmi10,8 Mb.
#904200
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   294
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Asosiy vositalarning baholanishi
Boshlang‘ich qiymat 
- to‘langan va qoplanmaydigan soliqlami 
(yig‘imlami), shuningdek aktivni undan m o‘ljal bo‘yicha foydalanish 
uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib 
berish va montaj qilish, o ‘matish, ishga tushirish va istalgan boshqa 
xarajatlami hisobga olgan holda, asosiy vositalami tiklash (qurish va 
qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan 
xarajatlaming qiymati.
Boshlang‘ich qiymat asosiy vositani olinishi yoki yaratilishi uchun 
sarflangan m ablag‘lar miqdoridir. Aktivning boshlang‘ich qiymati 
aktivni yetkazib beruvchiga to ‘lovlami, uni tashish va o ‘matish uchun 
m ablag‘lami, sug‘urta va soliqlami o ‘z ichiga oladi65.
Joriy qiymat 
- m a’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari 
bo‘yicha asosiy vositalaming qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni 
amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o ‘rtasida bitimni amalga 
oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlami bajarish uchun yetarli 
bo‘lgan summa.
6S Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M .Reeve, Jonathan E.D uchac, 820-page, 2014
322


Qoldiq qiymat 
- amortizatsiya summasini chegirilgan holda 
asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymati .
Tugatish qiymati 
- asosiy vositalaming chiqib ketishi bo‘yicha 
kutilayotgan xarajatlami chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat 
muddati oxirida asosiy vositalami tugatish chog‘ida olinadigan 
aktivlaming faraz qilinayotgan summasi. Qoida bo‘yicha ushbu 
qiymatga ehtiyot qismlari, temir-tersak, chiqindi va boshqalaming 
qiymati kiritiladi.
Tiklash qiymati 
- asosiy vositalam i qayta baholash bilan bog‘liq 
bo‘lgan qiymati67.
Asosiy vositalaming tiklash qiymati asosiy fondlami qayta hosil 
qilish qiymati bilan, y a’ni ulam ing qurilishi yoki ulami muayyan 
muddatda joriy bozor narxida sotib olish bilan bogiiq.
16-son BHXSga muvofiq, asosiy vositalar obyektining tannarxi 
sotib olish narxini, shu jumladan import boji va sotib olish bilan bog‘liq 
qaytarilmaydigan soliqlar, shuningdek tegishli joyda foydalanish 
maqsadida aktivni ish holatiga keltirish bilan bog‘liq har qanday 
xarajatlami o ‘z ichiga oladi.
Asosiy vositaning tannarxi quyidagilardan tashkil topadi:
> savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning 
xarid narxi, jumladan import bojlari va sotib olish bilan bog‘liq 
qoplanmaydigan soliqlar.
> aktivni undan tadbirkorlik subyektining rahbariyati tomonidan 
ko‘zlangan holda foydalanish uchun zarur bo‘lgan joy va holatiga olib 
kelish bilan bog‘liq bevosita xarajatlar.
> asosiy vosita obyektini demontaj qilish va olib tashlash hamda u 
joylashgan joydagi tabiiy resurslami qayta tiklash xarajatlarining 
boshlang‘ich bahosi.
Tadbirkorlik subyekti asosiy vosita sotib olingan paytda yoki 
undan m a’lum davr mobaynida tovar-moddiy qimmatliklami ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish oqibatida 
ushbu xarajatlar bo‘yicha majburiyatni o ‘z zimmasiga oladi.
66 Financial and managerial accounting, I2e, Carl S. W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 820-page, 2014
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 820-page, 2014
323


Quyidagilar bevosita xarajatlarga misollardir:
- asosiy vosita obyektini barpo etish (qurish) yoki sotib olish 
natijasida bevosita hosil bo‘ladigan hodimlarga haq to‘lash xarajatlari;
- joyni tayyorlash xarajatlari;
- yetkazib berish va ortish-tushirish bilan bog‘liq boshlang‘ich 
xarajatlar;
- o ‘m atish va montaj bo‘yicha xarajatlar;
- aktivning to‘g ‘ri ishlashini sinab ko ‘rish xarajatlaridan aktivni 
tegishli joyga va holatga keltirish paytida ishlab chiqarilgan mahsulotni 
(uskunalami sinovdan o ‘tkazishda ishlab chiqarilgan mahsulotlar kabi) 
sotishdan olingan sof tushumning ayirmasi;
- malakali xizmatlar uchun haqlar.
Tadbirkorlik subyekti obyektdan m a’lum bir davr mobaynida 
tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish uchun foydalanishi oqibatida 
paydo boMadigan obyektni demontaj qilish va olib tashlash hamda u 
egallagan yer maydonida tabiiy resurslami qayta tiklash majburiyatlari 
bo‘yicha xarajatlarga nisbatan 2-son BHXS “
Tovar-moddiy zaxiralar’’
ni qo‘llaydi. 2-son BHXS 
yoki 16-son BHXS ga mos ravishda 
hisoblanadigan xarajatlar bo'yicha majburiyatlar 37-son 
BHXS

Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar
”ga mos ravishda 
tan olinadi va baholanadi.
Asosiy vositalar obyektiga kirmaydigan xarajatlarga quyidagilar 
misol b o ‘la oladi:

yangi ishlab chiqarish obyektini 
tashkil etish xarajatlari;

yangi mahsulot yoki xizmat turini tatbiq etish bilan bog‘liq
xarajatlar (shu jumladan, reklama va marketing faoliyati xarajatlari);

tijoratni yangi joyga yoki mijozlaming yangi toifasiga
moslashtirish bilan b o g iiq xarajatlar (shu jumladan, hodimlami qayta 
tayyorlash xarajatlari);
- m a’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar.
324


Asosiy vositalami buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun bir 
qator hisobvaraqlar ochilgan bo ‘lib, ulami quyidagi jadval asosida 
ко‘rib chiqamiz.

Download 10,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish