58
2-savol to‘g‘risida ma’lumot
Matematikaga oid mazmun sohasi: miqdorlar.
Kontekst: ijtimoiy.
Aqliy faoliyat turi: qo‘llash.
2-savolning baholash mezoni
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda,
ushbu javoblar to‘liq qabul qilinadi va to‘liq kredit beriladi:
Kod 1: 975 SGD (javob butun sonda bo‘lishi talab etilmaydi).
O‘quvchi tomonidan quyidagi mazmunda javoblar berilganda,
ushbu javoblar qabul qilinmaydi va kredit berilmaydi:
Kod 0: Noto’g’ri javoblar yozilgan.
Kod 9: Javob yozilmagan.
3-savol: Valyuta kursi
O‘tgan uch oy davomida 1 SGD Singapur dollarining kursi Janubiy
Afrika randiga nisbatan 4,2 dan 4,0 ZAR ga o‘zgardi.
Mei-Ling o‘zidagi Janubiy Afrika randini Singapur dollariga qaytib
almashtirganda, valyuta kursining 4,2 dan 4,0 ZAR ga pasayishi Mei-Ling
uchun foyda keltiradimi? Javobingizga izoh yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: