A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


-rasm. Bank menejmentining tarkibiy tuzilishi



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

 
4-rasm. Bank menejmentining tarkibiy tuzilishi
6

Boshqaruv sohalari menejmentning yo‘nalishlari hisoblanib, o‘z ichiga 
moliyaviy menejment, xodimlar menejmenti, ko‘chmas mulkni boshqarish va 
boshqalarni boshqarish. Bank menejmenti ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi. 
Bank menejmentining tarkibiy qismi hisoblangan moliyaviy menejment 
alohida yo‘nalish sifatida XX asrning 50 yillarida shakllangan. Bunda asosan aktiv 
va passivlarni boshqarish, kapitalni boshqarish, portfelni boshqarish kabilarni o‘z 
ichiga oladi. Moliyaviy menejmentning asosiy maqsadi bank operatsiyalarini 
boshqarish va ushbu jarayonda bank faoliyatidagi risklarni minimallashtirishga 
xizmat qiladi. 
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, bank menejmenti ikki qismdan 
moliyaviy va xodimlar menejmentiga bo‘linadi. Boshqaruv jarayoni nuqtai-
6
"
Bank menejmenti va marketingi" fanidan o‘quv qo‘llanma.O.A Ortiqov, I.Ya Qulliev, Toshkent Toshkent moliya 
instituti, 2013 yil 8-bet.
Bank
menejmenti
Moliyaviy menejment 
Xodimlar menejmenti 


20 
nazaridan moliyaviy menejmentning tarkibi: 
1. rejalashtirish; 
2. tahlil; 
3. tartibga solish va nazoratdan iborat. 
1. Bank 
menejmentida rejalashtirish. Rejalashtirish orqali tijorat 
banklarining oldiga qo‘ygan maqsadlari, faoliyat yo‘nalishlari va erishishi mumkin 
bo‘lgan imkoniyatlari taxminiy hisob-kitoblarda aniqlanadi. Rejalashtirish jarayoni 
o‘z ichiga kelajak va joriy prognoz rejalarni o‘z ichiga oladi. Bular bank faoliyati 
davomida strategiya va taktikalarini ishlab chiqishni ta’minlaydi. 
Rejalashtirish bank xoidmlari oldida turgan vazifalarni, shartlarni va 
tartiblarni belgilab beradi. Mehnatni rag‘batlantirish orqali bank xodimlari 
vazifalarini bajarishni ta’minlaydi. Banklararo raqobat sharoitida bankning ishlab 
chiqqan rejalari yangi mahsulot va xizmat turlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Rejalashtirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, tijorat bankining hamma 
bo‘linmalarini o‘zida qamrab oladi. Rejalashtirish jarayonida quyidagi rejalar 
ishlab chiqilishi mumkin: 
istiqbolli rejalar – bank oldida turgan maqsadlarga erishish uchun
uzoq muddatli resurslarni jalb qilish va uni samarali joylashtirish. Istiqbolli rejalar 
bir yildan uzoq muddatga tuziladi. 
joriy rejalar – qisqa muddatli davr ichida bank faoliyati yo‘nalishlarini 
qamrab oluvchi aniq masalalarni o‘z ichiga oladi. Joriy rejalar tijorat bankining bir 
yilgacha qisqa muddatli rejalari bo‘lib hisoblanadi. 
Bank menejmentining ob’ekti. Banklar faoliyatida boshqaruvning ob’ekti 
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar (aktiv, passiv va 
balansdan tashqari operatsiyalar); 
tijorat banklari faoliyati natijalari (bankning daromadlari, foydasi va 
samaradorlik ko‘rsatkichlari); 
bank xizmatlari va operatsiyalari amalga oshirishda ishtirok etuvchi 
xodimlar va mutaxassislar. 
Hozirgi sharoitda tijorat banklari o‘rtasida raqobatning kuchayib borishi, ular 
faoliyatini boshqarishni va boshqaruv sifatini takomillashtirishni talab etadi. Bu 
esa, tijorat banklari faoliyatini boshqarishning ob’ekti hisoblangan aktiv va 
passivlar hajmi bilan emas, balki uning sifati, risk darajasi, likvidliligi va 
daromadlilik darajasini ta’minlashni talab etadi. Demak, boshqaruv ob’ektlarini 
aniqlashtirish boshqaruv sifatini oshiribgina qolmasdan, balki boshqaruvni 
soddalashtirish va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Bank menejmentining sub’ektlari – bu bank faoliyatini boshqarishda va 
boshqarish jarayonida ishtirok etuvchi shaxslar. Bank menejmenti sub’ektlarini 
ishtirok etishiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi: 
- tashqi sub’ektlar; 
- ichki sub’ektlar. 
Tashqi sub’ektlar bilvosita banklarni boshqarish jarayonida ishtirok etadi va 
davlat organlari bo‘lib hisoblanadi. Banklar faoliyatini boshqarishga O‘zbekiston 


21 
Respublikasi Markaziy banki turli usullar orqali ta’sir o‘tkazadi. Ayniqsa, 
banklarning xizmatlari va operatsiyalari bo‘yicha o‘rnatilgan iqtisodiy normativlar 
shu turdagi xizmatlar ko‘rsatishni boshqaradi va tartibga soladi. 
Tijorat banklari tomonidan beriladigan yirik kreditlarning quyi va yuqori 
chegarasiga qo‘yiladigan talablarni olaylik. Bunga asosan, tijorat banklari kredit 
operatsiyalarini boshqarishda Markaziy bank belgilagan normativga rioya etishi 
shart, ya’ni quyidagi nortivlarni bajarishi lozim: 
- tijorat banklari tomonidan beriladigan ta’minlanmagan kreditlar birinchi 
darajali bank kapitalining 5 % idan oshmasligi lozim; 
- tijorat banklari tomonidan beriladigan ta’minlangan kreditlar esa, birinchi 
darajali bank kapitalining 25 % idan oshmasligi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu normativlar asosida tijorat 
banklarining kredit operatsiyalari tashqi tarafdan tartibga soladi va kredit risklarini 
boshqarishga yordam beradi. Bundan tashqari, tijorat banklarining qimmatli 
qog‘ozlar bog‘liq operatsiyalari, valyuta bilan bog‘liq operatsiyalar, ko‘chmas 
mulkka qo‘yiladigan investisiyalari va boshqalar Markaziy bank tomonidan 
o‘rnatilgan talablar asosida tartibga solinadi va boshqariladi. 
Bank menejmentining ichki sub’ektlari, bankning ichki boshqaruv tarkibi – 
aksionerlar yig‘ilishi, Bank kengashi, bank boshqaruvi hisoblanadi. Shuningdek, 
banklarda tashkil qilingan departamentlar, boshqarmalar va qo‘mitalar boshqaruv 
jarayoning sub’ektlari hisoblanishi mumkin.
Bank menejmentining vositalari (instrumentlari). Bank menejmentining 
vositalari – bu banklar faoliyati va operatsiyalarini amalga oshirishda 
foydalaniladigan ma’lum tartib qoida va me’yorlar majmuasidir. Bank 
menejmentining vositalari umumbank faoliyati va aniq bir operatsiya yoki 
xizmatga tegishli vositalarga bo‘linadi. Umumbank faoliyatiga tegishli vositalar 
yoki me’yorlar majmuasi bank ustavidir. Chunki bankning ustavida bank amalga 
oshirishi mumkin bo‘lgan xizmatlar, operatsiyalar va boshqa yo‘nalishlar o‘z 
aksini topadi. Shundan kelib chiqqan holda boshqa xizmat va operatsiyalarni 
amalga oshirish bo‘yicha tegishli tartiblar ishlab chiqiladi. Masalan, kredit siyosati, 
depozit siyosati, investision siyosat va kadrlar siyosati kabilarga bo‘linishi 
mumkin. Banklar o‘z siyosatida tegishli boshqaruv ob’ektlarini boshqarish 
usullarini o‘zining ichki siyosatida aks ettiradi va shu asosda boshqaradi.
Bank menejmentini amalga oshirish tadbirlari. Bank faoliyatini boshqarish 
jarayonida bank menejmenti vositalarini ma’lum ketma-ketlik asosida amalga 
oshirish boshqaruv tadbiri hisoblanadi. Masalan, mijozlar talabini o‘rganish va 
bankning holatidan kelib chiqib ularga xizmatlar ko‘rsatish. Boshqaruv tadbirlari 
aynan bank ichki siyosatida keltirilgan tartiblarni bajarishning natijasidir. Bu 
orqali, tijorat banklari oldiga qo‘yilgan maqsad va bankni rivojlantirish 
masalalarini hal qilishga yordam beradi.
Huquqiy ta’minot. Bozor munosabatlarini qaror topishi va rivojlanishi bozor 
iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan bank tizimi va 
ular faoliyatini boshqarishning qonuniy asoslarini shakllantirish zaruratini keltirib 
chiqardi. Bank va bank faoliyatiga oid huquqiy islohotlar respublikamizda bozor 


22 
iqtisodiyoti jarayonlariga moslashayotgan hozirgi rivojlanish davri bilan uzviy 
bog‘liq holda vujudga kelmoqda. Huquqiy ta’minot bank menejmentining muhim 
elementi hisoblanib, banklar faoliyatini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilab 
beradi. Har qanday munlsabatlar singari banklar va ularning boshqa sub’ektlar 
bilan bo‘ladigan munosabatlari albatta huquqiy asosga ega bo‘lishi lozim. Chunki 
bank va mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan turli holatlar ma’lum bir me’yorlar 
asosida muvofiqlashtirilishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy asosni 
shakllantirishni talab qiladi. 
Banklar faoliyatini tartibga soladigan qonunchilik hujjatlariga “O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida”gi, “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi, “Ipoteka 
to‘g‘risida”gi va boshqa shu kabi qonunlar kiradi. 
 
Huquqiy asoslarini yoritishda ularni 4 ta bo‘limga bo‘lib o‘rganamiz. Ular 
quyidagilar: 
1- bo‘lim. Kodeks va qonunlar. Biz yuqorida keltirib o‘tgan qonunlar 1 
blokka kiritiladi. 
2- bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari kiritiladi.
3- bo‘lim. Qonun osti hujjatlarni ishlab chiquvchi davlat organlari – 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi va 
boshqa shu kabi organlar tomonidan ishlab chiqiladigan yo‘riqnoma, nizom va 
tartiblar kiradi.
4- bo‘lim. Tijorat banklari tomonidan mustaqil ishlab chiqiladigan ichki tartib 
va siyosatlari kiradi. Banklar ichki tartib va siyosatini amaldagi qonunchilikka 
muvofiq ishlab chiqadi va o‘z faoliyatida ulardan foydalanadi.
Bank va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish, ularni 
ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish dolzarb masalalardan bo‘lib, ushbu 
muammolarni rivojlangan mamlakatlarning bank qonunchiligi bilan solishtirish 
asosida ularni tajribasini o‘rgangan holda xulosa va tavsiyalar berish, 
respublikamiz bank qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qiladi. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish