kurs (dars) ma’nolarida variantlashadi va ular ba’zan
allolekse-
malar
deb yuritiladi. Bunday so'z variantlarining ma’nolari nutq
situatsiyasi bilan bog'liq bo'ladi. So'zning leksik ma’nosi
doirasiga uning konnotativ (lotincha
con
—
“birga”,
notatio —
“ko'rsatish”) ma’nosi, ya’ni qo'shimcha ma’nosi ham kiradi va
u so'zga emotsional-ekspressiv bo'yoq va stilistik sifat beruvchi
ma’noni anglatadi. Masalan, Chehrasi ochiq. Basharasini
ko'rmay. Bu gaplarda chehra va bashara so'zlari o'zlarining lek
sik ma’nosi (yuz, bet) dan tashqari konnotativ ma’no (ijobiy va
salbiy munosabat) ham ifoda qilayapti. Kalla va tabassum
so'zlari ham mana shunday xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |