331.Sepkilli, qora va taram-taram sochli yigit (onasi sepkilsiz, mallasoch) va sepkilli, malla, taram-taram sochli qiz (otasi sepkilsiz)
nikohidan tugʼilgan jingalak sochli farzandlarning necha foizini sepkilsiz, malla sochlilar tashkil etadi?
A) 6,25 %
B) 3,125 %
C) 12,5 %
D) 25 %
332.Bir juft noallel genlar bilan ifodalanuvchi, bitta belgisi bilan keskin farq qiluvchi ikki organizm oʼzaro chatishtirilgandan song
F2da fenotipik nisbat 15:1 boʻlsa, ushbu chatishtirishda F2dagi avlodlarning necha foizi genotip jihatdan birinchi avlod
duragaylariga oʼxshash boʼladi?
A) 25%
B) 75%
C) 6,25%
D) 93,75%
333.Bir juft noallel genlar bilan ifodalanuvchi, bitta belgisi bilan keskin farq qiluvchi ikki organizm oʼzaro chatishtirilgandan song
F2da fenotipik nisbat 15:1 boʻlsa, ushbu chatishtirishda F2dagi avlodlarning necha foizi genotip jihatdan birinchi avlod
duragaylariga oʼxshash boʼlmaydi?
A) 25%
B) 75%
C) 6,25%
D) 93,75%
334.Diploid toʼplamli bugʼdoy changdonida 86 ta mikrospora boʼlinishidan hosil boʼlgan changlar tetraploid bugʼdoy topguli
urugchi tumshuqchalariga tushdi. Tetraploid bugʼdoy urugʼchilarida 52 ta arxeospora boʼlinishidan jinsiy hujayralar hosil boʼlgan
boʼlsa, endospermlardagi jami xromosomalar miqdorini aniqlang.(arxeospora boʼlinishidan hosil boʼlgan tuxum va markaziy
hujayralarning barchasi urugʼlanishda qatnashgan)
A) 1456
B) 1092
C) 1820
D) 2184
335.Oq qon tanachalarida yadroning anomal shaklda boʼlishi dominant tipda irsiylanadi. Geterozigota organizmlarda leykotsitlar
yadrosi ikki boʼgʼimli, retsessiv allellarda normal boʼgʼimli boʼladi. Leykotsitlari ikki boʼgʼimli yadroga ega ota-onadan tugʼilgan
farzandlarda genotipik (a) va fenotipik (b) nisbatlar Belgilarning ajralish qonunidagi nisbatlardan qanday farq qiladi?
A) a - har xil; b - bir xil
B) a - bir xil; b - bir xil
C) a - har
xil; b - har xil
D) a - bir xil; b - har xil
336.Odamlarda terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. AABB genotipli odamlarning terisi qora, aabb genotipli odamlarniki
esa oq boʼladi. Genotipda uchta dominant gen boʼlsa terisi qoramtir, ikkita bolsa oraliq, bitta boʼlsa oqish boʼladi. Terisi oraliq
rangdagi digeterozigota ayol va terisi oqish rangdagi erkak turmushidan tugiladigan farzandlarning fenotipik va genotipik sinflari
nisbati toʼgʼri koʼrsatilgan javobni aniqlang.
A) 1:1
B) 4:6
C) 5:8 D) 3:2
337.i-RNK zanjirida 60 ta triplet mavjud. Undagi nukleotidlarning 1/3 qismi uratsilli, 1/5 qismi adeninli, 20% i sitozinli
nukleotidlardan iborat. Nuklein kislotalar tarkibidagi nukleotidlar fosfodiefir bog’lar orqali tutashadi. Shu i-RNK fosfodiefir bog’lar
sonini (a) va nukleotidlar tarkibini (b) toping.
A) a-179; b-U=20, A=12, C=12, G=16
Do'stlaringiz bilan baham: