2.Eysiphales tartibiga kiruvchi zamburuglarning meva tanachalari kleystotetsiylardan iborat. Bu zamburug obligat parazitlar hisoblanadi. Bularning mitseliysi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik o‘simliklarida un-shudring kasalliklarini keltiradi. Bu tartibga 1 ta Eysiphaseae oilasi kiradi. Oila esa o‘z ichiga bir nechta avlodni oladi.
1.Sphaerotheca (Sferotika) avlodi vakillarining kleystotetsiyasini xivchinlari – vegetativ gifalarga o‘xshash bo‘ladi.
2. Podosphaera (Podosfera) avlodi vakillarining kleystotetsiya xivchinlari ipsimon bo‘lib, uchlari shoxlangan bo‘ladi.
3. Erysiphe (Erizife) avlodi vakillarining kleystotetsiya xivchinligi oddiy bo‘lib, xaltachalari juda ko‘p bo‘ladi.
4. Leveillula (Levelyulya) avlodi vakillarining xivchinlari mitseliyga o‘xshaydi.
5. Microsphaera (Mikrosfera) avlodi vakilllarining kleystotetsiya xivchinlari meva tananing ustki qismiga joylashgan bo‘lib, uchlari panjasimon shoxlangan bo‘ladi.
6. Uncinula (Unsinula) avlodi vakillarining xivchinlari meva tananing tagidan o‘ralgan bir nechta xivchinlardan iborat, uchlari esa spiralga o‘xshash o‘ralgan bo‘ladi.
7. Phyllactinia (Fillaktiniya) avlodi vakillarining kleystotetsiya xivchinlari 2 xil bo‘ladi, tepa qismida ingichka shoxsimon gifalar holida, o‘rta qismida esa bigizsimon bo‘ladi.
Bu avlodlar bir-biridan xaltachalar soni va kleystotetsiyasini xivchinlarini joylashiga qarab farq qiladi.
2.Discomycetidae (Diskomitsetlar)
2.Discomycetidae (Diskomitsetlar) tartib guruhiga kiruvchi zamburuglarning meva tanalari apotetsiylardan iborat. Apotetsiylar stromalarda yoki substratni o‘zida, uning ichki qismida yoki ustida joylashgan bo‘ladi. Bu tartib guruhi 2 ta tartibga bo‘linadi.
1.Phacidiales.
2.Helotiales
1. Phacidiales tartibiga kiruvchi zamburuglarning apotetsiylari substratda yoki stromada hosil bo‘ladi. Apotetsiyalari uzunchoq yoki dumaloq shaklda bo‘lib, sporalar etilganda yulduzchasimon holida yoriladi. Bu tartibga 1 ta Phacidiaseae oilasi kiradi. Oila esa bir nechta avlodi o‘z ichiga oladi.
1. Lophodermium (Lofodermium) avlodi vakillari substratni ichida joylashgan bo‘lib, uzunchoq apotetsiyalar hosil qiladi.
Masalan: L.pinastry –korli shyutte kasalligini keltiruvchi zamburug‘.