9–Laboratoriya: EUASKOMITSETLARNING XARAKTERISTIKASI. PLEKTOMITSETLAR TARTIB GURUHI, ULARNING SISTEMATIKASI VA VAKILLARI
Fan o’qituvchisi. K.Nizamiddinov
Ish rejasi: - Plectomycetidae tartib guruhi
- Plectoascoles tartibi
- Erysiphales tartibi
- Discomycetidae tartib guruhi
- Phacidiales tartibi
- Helotiales tartibi
Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (olma, beda, tok, qayragoch va galla donlilarning un-shudring kasalliklari). Rangli jadvallar. Aspergillus va Penicillum zamburug‘larini sof kulturasi. mikroskop, sirtmoq, buyum va qoplag‘ich oynalar, spirt lampasi. - Zaruriy jihozlar: Gerbariydan namunalar (olma, beda, tok, qayragoch va galla donlilarning un-shudring kasalliklari). Rangli jadvallar. Aspergillus va Penicillum zamburug‘larini sof kulturasi. mikroskop, sirtmoq, buyum va qoplag‘ich oynalar, spirt lampasi.
- Topshiriq:
- 1. kasallik qo‘zgatuvchi zamburuglar va kasallikni tashqi belgilari Bilan tanishish.
- 2.Zamburuglarni mikroskopda ko‘rish va rasmlarni chizish.
Euascomycetidae (Euaskomitsetlar) - Euascomycetidae (Euaskomitsetlar) kenja sinfiga kiruvchi zamburug‘lar haqiqiy zamburug‘lardir. Bu zamburuglarning xaltachalari meva tanalarning ichida joylashgan bo‘ladi. Meva tanasining tuzilishiga qarab bu kenja sinf 3 ta tartib guruhiga bo‘linadi:
- Plectomycetidae (Plektomitsetlar).
- Discomycetidae (Diskomitsetlar).
- Pyrinomycetidae (Pirinomitsetlar).
Plectomycetidae tartib guruhiga 2 ta tartib kiradi. - Plectomycetidae tartib guruhiga 2 ta tartib kiradi.
- 1.Plectoascales. 2. Erysiphales.
- 1. Plectoascales tartibiga kiruvchi zamburug‘larning meva tanalari kleystotetsiyalardan iborat bo‘lib, ularning ichida xaltachalar betartib joylashgan. Sporalari ko‘pincha rangsiz, ba’zi hollarda rangli bo‘ladi. Bu tartib zamburuglari saprofit bo‘lib, o‘simlik va xayvon qoldiqlari va boshqalarda hayot kechiradi. Ba’zi avlodlari ishlab chiqarishda ahamiyatga egadir. Bu tartib 1 ta Euratiasae (Euratatsiya) oilasini tashkil etadi. Bu oila zamburuglari uruglarda turli kasalliklarni keltiradi, mevalarni saqlashda yashil guborlarni hosil qiladi. Bu oila 2 ta avlod beradi:
- 1. Aspergillus
- 2. Penicillum
- Bu avlodlar bir –biridan konidiyalarining tuzilishiga qarab farq qiladi. Bularni turli xil chirigan o‘simlik qoldiqlarida, iste’mol qilinadigan mahsulotlarda, mevalarda uchratish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |