925(21)-guruh talabasi Mavlonov
Sherzodning
O
‘
zbekistonning eng yangi tarixi
fanidan
Savollarga javoblari
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va
taraqqiyotining yangi bosqichi.
Javob:
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mulkni
davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish yetakchi o‘rin
tutadi.1992 yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va
xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis etildi. 1994 yilda esa uning
funksiyalari o‘zgartirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni
qo‘llab
-
quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylandi. Xususiylashtirish
tanlov va kim oshdi savdosi orqali amalga oshirildi va bu tartib
takomillashib bordi. Shuningdek Oliy Majlis tarkibida yangi iqtisodiy
islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo‘mitasi tuzildi.1991 yil 18
noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8
-
ses
siyasida mulkni qabul qilingan qonunga ko‘ra xususiylashtirish
va va mulkchilik shakllarini o‘zgartirish maxsus dasturlar asosida
amalga oshirilish qat’iy belgilab qo‘yildi. 1994 yilda kichik
xususiylashtirish deyarli nihoyasiga yetdi. 1992-1994 yillar davomida
54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarufidan chiqarildi.
Xususiylashtirish borasida 20 dan ortiq davlat dasturi qabul
qilindi.1995 yilda mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona,
68 ta uy-joy kommunal qishloq, 229 ta qayta ishlash korxonasi
boshqa obyektlar xususiylash tirildi. 6 ming xususiy va oilaviy
korxonalar paydo bo‘ldi. 1998 yilga kelib aksariyat korxonalar
xususiylashtirildi. Davlat korxonalarining xususiylashtirish 1993 yil
39,4 foiz edi, 1994 yilda 57,7 foiz, 1998 yil esa 88,2 foizga oshdi. 1997
yilga kelib xususiy va kichik korxonalar soni 100 mingdan oshib
ketdi.Bozor infrastrukturasi deyilganda tovar va pul bozorida,
mehnat resurslari bozorida iqtisodiy vositalar - tegishli moliya va
bank-
kredit tizimi, sug‘urta, auditorli
k, yuridik va xususiy firmalar
tizimi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida infrastrukturani
shakllantirish muhim jarayon bo‘lib, uni tashkil etish anchagina vaqt
talab etadi.Ushbu masalada ko‘pgina islohotlar, o‘zgartirishlar
amalga oshirildi.
Masalan: Davlat buyurtmasi tugatilib, o‘rniga
zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy etildi. Tovarlar
bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Kim oshdi
savdosi o‘tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo
u
ylari, vositachi firmalar paydo bo‘ldi. Ko‘chmas mulk sotish joriy
etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat sug‘urta
boshqarmasi o‘rniga davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta
kompaniyalari tashkil etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun
Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat birjalari barpo etildi.
1995 yil dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida «O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va banklar
faoliyati to‘g‘risida» alohida qonunlar qabul qilindi.«Paxtaban
k»,
«G‘allabank», «Savdobank», «Tadbirkorbank», «Mevasabzavot
bank» kabilar tashkil etildi. 1994 yil 1 iyuldan esa O‘zbekiston
Respublikasining pul birligi so‘m muomalaga kiritildi. Neft
mustaqilligini ta’minlash maqsadida ham jiddiy ishlardan biri, ya’ni
Buxoro neftni qayta ishlash zavodini ishga tushirilishi ham yirik
iqtisodiy yutuqlardan bo‘ldi. Janubiy Koreya bilan O‘zbekistonning
hamkorligida «O‘zDEU» qo‘shma korxonasini tashkil etilish, ishga
tushirilishi hamda avtomobillar ishlab chiqilishi O‘zbekis
ton
iqtisodiyotida ulkan, yirik voqea bo‘ldi. Demak O‘zbekistonda ham
o‘zbek mashinasozligi vujudga kela boshladi.O‘zbekistonda olib
borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bu
ishning qishloq qishloqda qay darajada amalga oshirilishiga
bog‘liq bo‘ladi. Qishloqda agrar siyosatning eng asosiy bosh
masalasi - yerga egalik mulkchilik masalasidir. I.Karimov shunday
deydi: «Yer o‘lkamizning asosiy boyligi. U yediradi, ichiradi, yashash
uchun asosiy joriy sharoitlarni yaratib beradi. Shu sababli
Respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko‘p
jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil
etilishiga bog‘liq, bo‘ladi».O‘zbekiston aholisining deyarli 60 foizi
qishloqda yashaydi.Shuning uchun ish bilan ta’minlash masala
si
ham qishloqda dolzarb muommadir. 1991 yil dekabrda «Dehqon
(fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik
faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab
-
quvvatlash to‘g‘risida»gi
farmon qishloq, qishloq ishlab chiqarishni zamon talablari asosida
tas
hkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.1994
-95 yillar
davomida Vazirlar Maxkamasi agrar islohatlarga doir 10 dan ortiq
qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137
sovxozlar 530 jamoa qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq
ij
ara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi. O‘sha yillarda shaxsiy
tomorka uchun qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer
ajratildi. Qishloqda fermer xo‘jaligi tashkil etilishiga alohida e’tibor
berildi. 1994 yil oxirlariga kelib 25 mingdan ortiq fermer qishloq
paydo bo‘ldi, ular qishloq, xo‘jaligini barcha mahsulotlarini
yetishtirishda salmoqli hissa qo‘shmoqda.
paxta maydonlari qisqartirilib, donli ekinlar maydoni
kengaytirilmoqda. Vazirlar Maxkamasining 1996 yil may oyida qabul
qilgan» O‘zbekiston
Respublikasi qishloq infrastrukturasini
rivojlantirish dasturida qishloqning iqtisodiy va mexnat
imkoniyatlaridan yanada to‘liqroq va samarali foydalanish uchun,
qishloq aholisini turmush sharoitini yaxshilash uchun yo‘nalishlar
berildi. Shuningdek qishloq
hayotiga doir o‘tkazilgan islohotlarda
ta’lim muassasalari va ularni jixozlash masalalari, qishloq aholisini
salomatligini yaxshilash masalalari, aholini tabiiy gaz, toza ichimlik
suvi bilan ta’minlash boralarida ham salmoqli ishlar qilindi. Birgina
1996
yilning o‘zida respublikada 62 ta qishloq vrachlik puktlari ishga
tushirildi.1997 yilga kelib mamlakatda 3 million 155 mingta xonadon
gazlashtirilgan edi.Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan aholini
ish bilan ta’minlash davlat dasturida 1996
-2000 yillar orasidagi
davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin ish joyi yaratish, deyarli
950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish mo‘ljallangan edi va ushbu vazifa ustida amaliy ishlar olib
borilmadi. Yana bir muhim bo‘g‘inlaridan
biri, bu makro iqtisodiyotni
barqarorligini ta’minlashdir.Birinchi navbatda Respublika
iqtisodiyot tuzilmasini yangilash, qayta qurishga kirishildi.
Investitsion faoliyat,ya’ni, iqtisodiyotga sarmoya yotqizishi ishlari
boshlandi.Xorijiy investitsiyalarni j
alb qilishga kirishildi. O‘tgan 1992
-
97 yillar davomida 7 mlrd AQSH dollari xajmida xorijiy investitsiyalar
jalb etildi. 1997 yilga kelib dunyoning 80 mamlakati sarmoyadorlari
ishtirokida tuzilgan 3200 qo‘shma korxona faoliyat olib bordi.
Bugungi kunga kelib ularning soni yanada ortib bormoqda. Hozirgi
kunda respublikamiz miqyosida faoliyat yurgizayotgan Andijon
avtomobil zavodi, Zarafshon Nyumont korxonasi, Qizilkum fosfarit
kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xorazm yaxna ichimliklar zavodi,
Quvasoy kvars
zavodi, Yangiyo‘l va Andijon sport zavodlari,
Samarqand tamaki fabrikasi., Toshkent ip yigiruv fabrikasi va
boshqalar makro iqtisodiyotida barqarorlashib boruvida muhim rol
o‘ynamoqda.Tub o‘zgarishlar, yangi sanoat korxonalarini ishga
tushirilishi sekin as
ta o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Hozirgi
kunda mahsulotlari 70 dan ortiq davlatga eksport qilinmoqda. 1997
yil tashqi savdo oboroti deyarli 9 mlrd AQSH dollarini tashkil
etdi.Neft mahsulotlari masalasida esa 1996 yildan boshlab neft
mahsulotlarini c
hetdan sotib olish to‘xtadi. Bu iqtisodiyotimizda
katta yutuqlaridan hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida
barqarorlikni vujudga keltirishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish
muhim rol o‘ynaydi.Yalpi mahsulot ishlab chiqarish aholini o‘sish
darajasidan sekin
asta o‘sib bormoqda. Hali bu yo‘nalishda ham
amalga oshiriladigan ishlar talaygina. Respublikamizda transport
va aloqa vositalari zamonaviy talab va darajalar asosida olib
borilmoqda. Tag‘an
-Seraxs-Mashxad yangi nuli ishga tushirildi.
Qamchiq dovoni yo‘lini ta’mirlash ishlari nihoyasiga
yetmoqda.O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi O‘zbekistonni MDX
ning barcha yirik shaharlari hamda jahonning 20 dan ortiq
davlatlari bilan xavo yo‘llari orqali munosabatda bo‘lmoqda.
Albatta bu holatlar juda quvonarli holdir. Respublikamiz iqtisodiy
islohatlarning amalga oshirilishida xalqaro tajribalardan ham
unumli foydalanishga harakat qilinmoqda.Mamlakat iqtisodiyotida
soliq siyosatining o‘ziga xos o‘rni bor. Chunki soliqlar davlat
xazinasini to‘ldiruvchi asosiy vosita hiso
blanadi. Bu masala barcha
rivojlangan mamlakatlarda juda yaxshi, ongli ravishda yo‘lga
qo‘yilgan. Shu munosabat bilan 1991 yil avgustida «O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq organlari haqida» qarori qabul qilindi. 12
avgust kuni kasb bayrami sifatida shu soha xodimlarining bayrami
kuni deb ham ta’sis etildi.1994 yil yanvar oyida esa Prezident
farmoni asosan O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasi tashkil
etildi. Soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini amalda tartibga solish
va davlat daromadlarini vujudga keltirish borasida ijobiy ishlar
amalga oshirilmoqda. Davlatimizda soliq tizimining faoliyati jahon
andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilinmoqda. Hozirgi
kunda 1997 yilda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi soliq
kodeksi» asosida ish yurtil
moqda.Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
muhim tamoyillaridan biri
—
aholini ijtimoiy himoyalash bo‘lib,
barcha o‘tkazilayotgan islohotlarning asl mazmun va maqsadi
insonlarga yaxshi yashash uchun zarur imkoniyatlarni yaratishga
bag‘ishlangan.Eng kam ish haqi
va pensiyalardan soliq; olinmasligi
haqdadagi qonun ham ijtimoiy himoyalashning muhim
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qoldi. 1992
-98 yillar davomida ish haqi va
pensiyalarning eng kam miqdori bir necha marta oshirildi.Barcha
toifadagi maktablar, bolalar uyla
ri, bog‘chalar, oliy va O‘rta
maxsus o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, ijobiy va
tibbiy xodimlarga kvartira haqqi kommunal to‘lovlarda imtiyozlar
berildi. Yolgiz pensionerlarni turar joy va kommunal xizmati uchun
to‘lanadigan haqdan ozod
etildilar. Yoshlarni ijtimoiy himoyalash
masalasida 1992-97 yillar orasida stipendiyalar bir necha marta
oshirildi.1994 yil avgustda Prezident I.Karimov tomonidan «Kam
ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni ko‘chaytirishga oid
tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi
yanada aniq vazifalarni belgilab berdi. 1996 yil dekabrdagi «Bolali
oilalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada
ko‘chaytirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni ham xalqimizni ijtimoiy
himoyalash sohasida bir qancha imtiyozlarga sharoit yaratib berdli.
Aholi sog‘lig‘ini saqlashga doir chora tadbirlar masalasi ham
muntazam ravishda hukumat etiborida bo‘ldi. «Ona va bola»
markazlarining tashkil etilishi, «Nikox va oila» maslahatxonalarning
tashkil et
ilishi, sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar masalasiga jiddiy
e’tibor berib borilishi ham aholini ijtimoiy himoyalashning ijobiy
holatlaridir.
1.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini
yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli
ishlashning yangi mexanizmini joriy etish” borasidagi davlat siyosati
Javob:
2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga
oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy
obro‘sini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
reytinglardagi o‘rnini xolis va haqqoniy baholashni ta’minlash bo‘yicha
aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar amalga oshirildi.Shu bi
lan birga,
ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli
yo‘nalishlar bo‘yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan,
amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va
standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas
edi.Mazkur holat xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan tizimli
hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mas’ul vazirlik va idoralarda
baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar va boshqa
davlatlarning ijobiy tajribasini o‘z ichiga olgan tegishli ma’lumotlar
bazasini, xodimlarda esa xalqaro reytinglar metodologiyasini qo‘llash
bo‘yicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini bermas edi.Inson
huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish,
iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’mi
nlash, sud-huquq sohasidagi
moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan
islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi
ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, so‘nggi yillar
mobaynida mamlakatimiz Meros jamg‘a
rmasining «Iqtisodiy erkinlik»
indeksida 52 pog‘onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi»
indeksida 19 pog‘onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog‘onaga
ko‘tarildi.O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining
«Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh
mamlakatlari qatoridan 5-
guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarildi.
Shu
bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor
qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan
so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotganligi oqibatida
ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasi quyi
pog‘onalarda qolmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro
reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish,
shuningdek, 2017
―
2021 yillarda O
‘
zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo
‘
nalishi bo
‘
yicha Harakatlar
strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida
2020 yil 2 iyun kuni Prezident Sh.Mirziyoevning farmoni bilan «Xalqaro
reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi» tashkil
etildi.Uning vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor
bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini
yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini
takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga
asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga
oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish, davlat va jamiyat
hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-
huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi
uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning
o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish, O‘zbekiston
R
espublikasining tegishli reytinglardagi rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi
axborotlarni, shuningdek, baholanayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha
tavsiyalar va xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘z ichiga olgan
axborotlar ma’lumot bazasini yaratish, O‘zbeki
ston Respublikasining
ustuvor xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga to‘sqinlik
qilayotgan mavjud haqiqiy muammolarning tizimli tahlilini olib borish,
ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, xalqaro tashkilotlar,
reyting agentliklari va ilmiy muassasalarning ekspertlari bilan hamkorlik
o‘rnatish va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish; kabi vazifalar
kiradi.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va
idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrda qadar Internet
tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona
portali ishga tushirildi. Kengash ishchi organlari Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal
faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va un
i yangilab borish uchun
mas’ul etib belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo‘llab
-quvvatlash jamoat fondi hamda «Yuksalish»
umummilliy harakati zimmas
iga O‘zbekiston Respublikasining asosiy
xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan
muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar
ishlab chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan keng
ko‘lamli islohotlarning natijalari to‘g‘risidagi axborotni, jumladan
subsidiyalar, grantlar ajratish hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali
xalqaro reytinglarni tuzuvchilarga yetkazish borasidagi ishlarga
fuqarolik jamiyati institutlarini faol jalb etish kabi ishlarni amalga
oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda «davlat
xizmatlarining sirli mijozi» tomonidan monitoringni o‘tkazishning aniq
maqsadlari, parametrlari, ob’ektlari va mez
onlarini nazarda tutuvchi
tartib asosida o‘z faoliyatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro reytinglar indikatorlari doirasida
o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axborotlarning ommaviy
axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlab
berish kabi vazifalarni bajarib boradi.Davlat va jamiyat boshqaruvi
sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish
mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
islohotlar va o‘zgarishlarni samarali amalga oshirishning muhim s
harti
hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat organlari va tashkilotlarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot
xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora
-
tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan “Elektron hukumat” tizimining
joriy etilishi va samarali faoliyat ko‘rsatishiga, axborot sohasidagi
tahdidlarga qarshi kurashishga to‘sqinlik qiluvchi qator muammolar
saqlanib qolmoqda. Mazkur muammolarni hal etish maqsadida qator
ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Re
spublikasi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
“Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi tashkil etildi.
Ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integrallashgan
axborot tizimlarini, ma’lumotl
ar uzatish va almashishning idoralararo
tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot
resurslari integratsiyasi, shu jumladan, elektron davlat xizmatlari
ko‘rsatish samaradorligi oshib bordi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lg
an xalqaro reyting va
indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarni
oshirishda
O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy
-
iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasining o‘rni
Javob:
2030 yilgacha O‘zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va
iqtisodiy o‘sish bararorligini ta’minlash, iqtisodiyot
tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va eksport
salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida
keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o‘sishi va kam
ta’minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.2030 yilgacha
O‘zbekiston Respublikasini kompleks ijtimoiy
-iqtisodiy
rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish mamlakatda amalga
oshirilayotgan 2017
–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
Harakatlar strategiyasiga, Hukumatning moliyaviy-iqtisodiy
munosabatlarning barcha jihatlarini isloh qilish, tarmoqlar va
hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ijtimoiy
masalalarni hal etish bilan bog‘liq qabul qilingan qarorlariga
asoslanadi. Konsepsiyani ishlab chiqish zarurati uzoq muddatli
istiqbolda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini cheklaydigan
mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, xavf-xatar va
tahdidlarni hal etish, shuningdek, iqtisodiyot va ijtimoiy
sohaning hozirgi holatidan barqaror rivojlanishga o‘tishning
maqsadlari va ustuvorliklarini belgilash va aholi hayot darajasini
oshirish bilan bog‘liqdir.Konsepsiya 2030 yilgacha bo‘lgan
davrda belgilangan O‘zbekiston Respublikasini Barqaror
rivojlantirish maqsadlari prinsiplari va vazifalariga, aynan
quyidagilarga javob beradi:
1.Kam ta’minlanganlik darajasini hamm
a joyda qisqartirish,
oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini barqaror
rivojlantirishga ko‘maklashish, sog‘lom turmush tarzini yuritish,
barchani qamrab oladigan sifatli ta’limni ta’minlash, butun umr
davomida ta’lim olish imkoniyatini rag‘batlantirish, gender
tenglik vazifalarini hal etish.
2.Suv resurslarini saqlash va oqilona foydalanish, sanitariyani
rivojlantirish, barcha uchun qimmat bo‘lmagan, ishonchli,
barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan foydalanishni
ta’minlash.
3.Unumli b
andlikni ta’minlash, puxta infratuzilmani yaratish keng
qamrovli va barqaror industrlashtirish va innovatsiyalarga
ko‘maklashish asosida barqaror va umum qamrovli iqtisodiy
o‘sishga ko‘maklashish.
4.Shaharlar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi,
gavjumligi va ekologik barqarorligini ta’minlash, shuningdek,
iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o‘tish, iqlim
o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashishning shoshilinch
choralarini ko‘rish.
Konsepsiya iqtisodiy siyosatni amalga os
hirish yo‘nalishlari
bo‘lib xizmat qiladigan O‘zbekiston Respublikasini o‘rtacha va
uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadlari,
ustuvorliklari va vazifalarini belgilaydi va asoslaydi.
Bunda, maqsadlar sifatida Konsepsiyada jadal va barqaror
o‘sish sharoitlarida respublika har bir fuqarosining sog‘lom va
samarali hayotini ta’minlaydigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyotini shakllantirish, er, suv va energetika resurslaridan
ularni kelajak avlodning foydalanishi uchun saqlab qolgan
holda samarali foydalanish, ekologik muammolarni hal etish,
Orol dengizining ekologik inqirozi oqibatlarini bartaraf etish,
atrof muhitni yaxshilash ko‘rib chiqiladi
.
Prognozlar bo‘yicha 2030 yilga borib real yalpi ichki
mahsulotning o‘sishini 2,1 barava
r va aholi jon boshiga yalpi
ichki mahsulot o‘sishini xorijiy valyutada 3 baravar yoki 2018
yildagi 1533 AQSH dollariga nisbatan 4538 AQSH dollarigacha
ta’minlash ko‘rib chiqiladi. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish
uchun iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’atlarini 6,4 foizdan
past bo‘lmagan darajada qo‘llab
-
quvvatlash zarur bo‘ladi.
2030 yilga borib aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning
erishilgan qiymati O‘zbekistonga daromadlar darajasi o‘rtadan
yuqori bo‘lgan jahon mamlakatlari guruhiga kirish, m
ehnat
bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari
o‘sishini va kam ta’minlanganlikni ikki baravar qisqartirish
imkonini beradi.
Ishlab chiqarish real hajmlari o‘sishini 2,3 baravar (yalpi ichki
mahsulot ulushini 2018 yildagi 26,3 foizdan 2030 yilda 33,3
foizgacha ko‘paytirish) qurilish ishlarini 2,1 baravar (5,7 foizdan
6,4 foizga va xizmatlar sohasini 2,1 baravar ko‘paytirish (35,6
foizdan 39,3 foizgacha) ta’minlash va tegishli ravishda qishloq
xo‘jaligi ulushini 1,8 baravar pasaytirish (3
2,4 foizdan 21
foizgacha) 2018-
2030 yillarda yalpi ichki mahsulot o‘sishining
asosiy omillari hisoblanadi.
Iqtisodiyot ishlab chiqarish salohiyatining o‘sishi eksport
hajmlari 3 baravar ko‘payishini ta’minlaydi. Iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash uchun kapital qo‘yilmalar hajmlarini –
3,1 baravar,
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni –
7,0 baravar
ko‘paytirish talab etiladi.
Bunda quyidagilar maqsadlarga erishishda bosh omillar
sifatida qaraladi.
1.Mehnat resurslarini aniq maqsadni ko‘zlab
tartibga solish
mexanizmlarini ishlab chiqish va inson kapitalini kuchaytirish,
iqtisodiy o‘sishning resurslaridan samarali foydalanish
vositasida demografik omil o‘sishini samarali iqtisodiy o‘sishga
transformatsiya qilish.
Qayd etish zarurki, hozirgi vaqtda mamlakatning mehnat
resurslari butun aholining qariyb 56,7 foizini tashkil etadi.Har yili
mehnat bozoriga 200-250 ming kishi kiradi.Aholining yosh
tarkibi (mehnatga layoqatli aholining 60 foizi) yuqori mehnat
faolligi va katta moslashuvchanlik bilan farqlanib turadigan
mehnat salohiyatini shakllantirish imkonini beradi.
2. Mintaqalarning moddiy-texnik va moliyaviy bazasini
mustahkamlash, sermahsul ish o‘rinlari tashkil etilishini va
mahalliy aholi daromadlari oshishini ta’minlaydigan
infratuzilmaviy, ishlab chiqarish va ijtimoiy loyihalarni amalga
oshirish uchun mahalliy resurslar va imkoniyatlarni jadal
safarbar qilish yo‘li bilan mintaqaviy omildan samarali
foydalanish. Bunda sanoat ishlab chiqarishlarini samarali
rivojlantirish va joylashtirish hamda xususiy hamda xorijiy
investitsiyalarni jalb etish uchun iqtisodiy va ixtisoslashtirilgan
zonalar, tarmoq klasterlari, kichik sanoat zonalari, innovatsion
markazlar, texnoparklarning afzalliklari va ustunligidan
foydalanishga alohida ahamiyat beriladi.
3.J
alb etiladigan investitsiyalar hajmlari o‘sishi konsepsiyasidan
ulardan samarali foydalanish konsepsiyasiga tizimli o‘tish orqali
iqtisodiy o‘sishni va tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni ta’minlashda
aniq maqsadga yo‘naltirilgan investitsiya siyosatini amalg
a
oshirish. Tabiiy-xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish,
energiyaning tiklanadigan manbalarini va yuqori qo‘shilgan
qiymatli tarmoqlarni rivojlantirish bunga ko‘maklashadi, bu atrof
muhitga tashlanmalar chiqarib tashlanishini pasaytirish,
ekotizimlar
ning saqlanishi va tiklanishini ta’minlash imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |