3. Integratsiyalashgan dars turlari. Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning samaradorligi.
Integratsiyalashgan dars.Boshdan integratsiyalashgan kurs- bu sinfdan tashqari o’qish.Bu yerda yaxlit jarayon kechadi: -kitob o’ish asbobi sifatida o’ish darslarida olgan o’qish ko’nikmalarinitakomillashtirish; -matn ustida ishlash; -suhbatdoshlar doirasini tanlash kabi kitoblarni tanlash.
Tekshiruvlar ko’rsatishicha integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga: 1.Evristik suhbatlar; 2.Umumiy suhbatlar; 3.Ekskursiyalar; 4.Ona tili tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar,badiiy asarlar materiallari asosida nutq o’stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar; 5.Ta’limning ko’rgazmali metodlari; 6.Mustaqil ishlar; 7.O’qish,matematika darslarida og’zaki rasm chizish; 8.Imo-ishorali ko’rinishlar(pantomimalar); 9.Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o’qish; 10.Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar,matnlar yozish(shu sinfga tegishli orfagrammalarni takrorlagan holda); 11.O’lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish,yechish va boshqalar.
3. 2-sinfda “Tabiat- mening uyim” mavzusida sinfdan tashqari o’qish darsi namunasi
Darsnig maqsadi: she’r mazmuni bilan tanishtirish va tabiat haqidagi bilim, malakalarini rivojlantirish. She’r o’qish sifatlarini takomillashtirish. Tabiatga mehr-muhabbat hissini kuchaytiradi.
Dars tipi: Yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: Suhbat, tushuntirish.
Dars jihozi: Tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, qushlarning rasmlari.
Darsning borishi:
A) salomlashish
B) davomatni aniqlash
V) darsga hozirlash
G) Yangi mavzuning bayoni.
1. Bir necha o’quvchiga “Tabiat – mening uyim” she’ri yod ayttiriladi.
Dalalarni aylansam,
Uzoq xayolga botsam,
CHigirtkalar qo’shig’in
O’tloqda tinglab yotsam.
Tabiat mening uyim
Tabiat jonimda jon
SHivirlayman men unga
Va onamga: – Onajon!
SHundanmi ko’ksim og’rir
Zaharlansa ona er,
Tabiat mening uyim
Tabiat eng go’zal she’r.
SHivirlasam giyohga:
Hapriqqancha: – Ey ko’kat,
Nega keldim dunyoga,
YAshamoq sirin o’rgat?
Toshni yorgan giyohlar
Sabotdan dars o’qisin,
Oy cho’milgan daryolar
Bolaga she’r to’qisin.
Uchadi bola tomon
SHu sabab mening so’zim:
– Tabiat – jonimda jon,
Tabiat mening uyim.
She’r yuzasidan suhbat.
Barakalla, bolajonlar, juda chiroyli she’r aytdinglar. Joyingizga o’tiring.
Tabiat shoirning uyi ekan (bolalarning javobt).
Tabiat sizning uyingiz emasi?
Zamira tabiat sening ham uyingmi?
Tabiat mening ham uyimdir. Shu tabiat qo’ynida tug’ilib ulg’aydim.
Murodbek tabiat sening ham uyingmi?
Tabiat mening ham uyim. Negaki men ham shu tabiat qo’ynida yashayman. Tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan iste’mol qilaman.
Juda yaxshi bolalar.
Bolalar hozir o’rtoqlaringiz o’qigan she’rlarning mualliflari nimani kuylashyapti. Nima haqida gapirishyapti?
Tabiat haqida (bolalar javobi).
Siz yuqorida o’rtoqlaringiz ishtirokida X.Davronning “Tabiat mening uyim” she’rini tingladingiz. She’rda nimalar deyilgan ekan?
She’rda dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ini eshitaman, gullarni unib, bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon qilsam, hayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat mening uyimlar, deb aytyapti (bolalar javobi).
Juda yaxshi, Ne’matjon.
Shahloxon, sen davom ettirgin.
Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari, oyu yulduzlari tunlarimni yoritadi. Orol dengizi qurib boryapti. Ona er zaharlansa, ko’ksim og’riyapti. Sen uni asra, mangu qolsin, o’lmasin, deyapti (bolalar javobi).
Demak, bolalar biz tanishgan she’rlarimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. Chunki biz dengiz va tabiat quchog’ida yashaymiz. SHuning uchun ham biz uni “Ona tabiat” deb ataymiz.
Uning bag’ridagi o’simliklarni, qushlarni, hayvonlarni, dengizu, ko’llarni va boshqa boyliklarni asrashimiz, e’zozlashimiz kerak. tabiat insonga birgina toza suv, havo, oziq-ovqat, kiyim-kechakkina emas, sog’liq, a’lo kayfiyat ham beradi.
- Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir va g’alati jonivorlaridan biri. Ular zararkunanda hashoratlarni eb, kishilarga foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularni sayrashidan olam-olam zavq olasiz.
Masalan: Bulbul, sa’va va boshqalar. (Shu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi. “Bahor valsi” eshittiriladi).
Hasharotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. Kapalaklar o’z chiroyi bilan o’ziga maftun etadilar. Gullar chamani uzra qanot qoqib, hayot qo’shig’ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm ko’rsatiladi). Ya’ni bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz, qoqi o’t, otquloq kabi ko’katlar inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir.
- Bolalar bizning hayotimizda Yana bir muhim narsa obi-hayotdir. Biz suvsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni saqlamog’imiz darkor. Turmushda kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating...
Demak, o’quvchilar tabiatimizni bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz bilan bizning qo’limizda ekan.
O’quvchilarning tabiat haqida yodlagan she’rlaridan ayttirish.
Topishmoq va maqollar bilasizmi?
– Qani, Zuhraxon, sen nima aytmoqchisan?
Topishmoq
Dengizu daryoda yashar,
Asosan ko’llarda kezar.
Zeriksa bormi, osmondan
Zamin uzra qaytib tushar. (Suv)
Ikki yaproq bir tanda,
Kezar gulzor chamanda. (Kapalak)
Shoirlarning she’rlar to’plamlar ko’rgazmasini o’tkazish.
Uyga vazifa: Gullar haqida she’r yod olib kelish. Keyinggi darsimizda “Gullar aytishuvi” qilamiz.
Darsni yakunlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |