19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
100
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Tolipov O. Umumiy pedagogika Toshkent: 2007-y.
2. Yo’ldashev O. Pedagogika Toshkent: 2008
-y.
3. Xasanboeva O. Oila pedagogikasi. Toshkent: 2007-y.
4.
Daminov T, Adambekova T. O’yin mashg`ulotlari. Toshkent: 1993
-y
5.Apatova N. V. Maktab ta'limida axborot texnologiyalari. - M., 1994 yil.
6. Selevko G. K. Zamonaviy ta'lim texnologiyasi: darslik. - M .: Xalq ta'limi, 1998.
7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil.
8. S.Matchonov va boshqalar. O’qish darslari. 2007
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
101
BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKANI YANGICHA
YONDOSHUV ASOSIDA OQITISH.
Tursunova Ma'rifat Serobovna
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani
25-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada matematikadan boshlangich ta’lim - tarbiyaviy
vazifalari nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin ekanligi haqida
fikrlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
matematika, aql, diqqat, iroda, tafakkur, kompetensiya, ta’lim
standardari, bilim, ko‘nikma, malaka, matematik savodxonlik.
Bugungi kunda axborot texnologiyalar va fan-texnika sohasining jadal
rivojlanishi matematikani o‘qitishning yangicha
yondashuvlarini ishlab
chiqilishini talab qilmoqda. Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish,
ularning kelgusida mal akali kadrlar bo‘lib, O‘zbekistonni yanada
rivojlantirishdagi ishtirokini ta’minlash maqsadida ta’lim jarayoniga
zamonaviy
yondashuvlar joriy etilmoqda. Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror
rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam
ishonch-e’tiqodga
va umuman, komil inson bo‘lishlariga bog‘liq. Jamiyatimiz
oldida vujudga kelayotgan muammolami hal etishga faol kirisha
oladigan,
sharoitni yaxshi tushunadigan, keng qamrovli fikrlaydigan, hayotda uchraydigan
kundalik va kasbiy muammolarni tushunadigan, tahlil qila oladigan, taqqoslay
oladigan, amaliy hal eta oladigan insonlarga bo‘lgan talab
qo‘yilmoqda.Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o‘stiradi,
uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish
uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi va
eng muhimi uning tafakkuri
kengayadi. Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan,