19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
251
ilmiy ishlarga, yuqori malakali chet tili o’qituvchilariga talab kundan – kun
oshib bormoqda. Shunday ekan bilim olishda hech ham charchmaylik. Xarakat
qilgan har qanday inson, qaysi sohada bo’lmasin u albatta o’z niyatiga erishgay.
Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. Adams V. S., Zimmer B. E. Understanding Psychology. –New York:
McGraw-Hill Inc., 1990. –296 p.
2. Anderson Th., Forrester K. Reading then Writing: From Source to Essay.–
New York: McGraw-Hill Inc., 1992. –523 p.
3.Arends R. I. Learning to Teach. –New York: McGraw-Hill Inc., 1994. –549 p.
4. Bellack A. A. The Language of the Classroom. –New York: Teachers College
Press, 1996. –274 p.
5.Brumft C. Communicative Methodology in Language Teaching.–Cambridge
University Press, 1992. –166 p.
6.Byrne D. Classroom Observation Tasks. – Cambridge University Press, 1992.
–120 p.
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
252
Madrasalarda stipendiya
Yusupov H. S. -
mustaqil tadqiqotchi, (UrDU);
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon
xonliklari madrasalarida talabalar ta’minoti qanday ta’minlanganligi, chor
Rossiyasi bosqinidan keyin barcha talabalarga bir xil stipendiya berilganligi
haqidagi ma’lumotlar aks etgan.
Kalit soʻzlar:
Stipendiya, dahyak, madrasa, mudarris, rubl, gimnaziya,
seminariya, Farjak, vaqf, mullavachcha.
Lotincha “stipendium”-“toʻlov” ma’nosini anglatuvchi soʻz bugun
barchaning qulogʻiga tanish. Oʻzbek tilida ommalashgunga qadar uning oʻrnida
nafaqa soʻzidan foydalanilgan. Hozirda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining
kunduzgi boʻlimlari talaba va oʻquvchilariga, doktorantlarga, maxsus
kurslarning tinglovchilariga har oyda berib turiladigan bu turdagi haq, maosh
ijtimoiy hayotimizga yaqinda kirib kelgandek. Aslida ham shundaymi? Albatta,
yoʻq.
Musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti hisoblangan madrasalar hozirgi
universitetlarning oʻtmishdoshi ekani barchaga ma’lum. Nomi arab tilidagi
darasa-oʻrganmoq soʻzidan olingan madrasalarda ming yillar davomida milliy
ziyolilar tayyorlangan. Madrasa talabalari esa mullavachchalar deb atalgan.
Madrasa muassislari uni ta’minlash uchun maxsus mol-mulk-vaqf
ajratishgan. Aynan ushbu mulklardan olingan foyda talabalar uchun nafaqa-
stipendiya toʻlashga ham sarflangan. Quyida tariximizning XVIII-XX asrlarida
stipendiyalar bilan bogʻliq ayrim jihatlarga e’tibor qaratsak.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Buxoro amirligi madrasalarida talabalarga
beriladigan ta’minot-nafaqa miqdori madrasaning vaqf mulki daromadiga
bogʻliq boʻlgan. Shuning uchun ham u turli madrasalarda turlicha miqdorda
toʻlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |