Ro’zmatova Zulhumor Xo’jamatovna.
Xorazm viloyati,Qo’shko’pir tumani
27-maktab tarix fani o’qituvchisi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yaqin o’tmishimizda sezilarli iz qoldirgan,o’zbek
xalqining farzandi,birinchi o’zbek fotografi va videooperatori Xudoybergan
Devonov hayoti va ijodiy faoliyati bayon qilingan.
Kalit so’zlar:
shahsiy fotolobaratoriya,fotokinoapparat,qisqa metrajli film.”xalq
dushmani”.
O’zbek xalqining birinchi fotosuratchisi va kinotasvirchisi Xudoybergan
Devonov 1879-yilning 3-avgustida Xivada dunyoga keladi.Otasi Qadam
mahram mahkamasida devonlik qilgan.Oilada to’rtta farzand bo’lib,
Xudoybergan Devonov ikkinchi farzand edi.Yoshligidan ilmga chanqoq ,tinib-
tinchimas bu yigitcha avval savdo ishlari so’ng soatsozlik bilan shug’ullana
boshladi.U arab,fors va rus tillarini o’rgangan.Biroq kutilmaganda uning ko’z
oldida yangi bir dunyo namoyon bo’ladi.
XIX asr oxirida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Yevropadan yollab
keltirgan yigirma,o’ttiz xonadondan iborat nemis binokorlariga shu o’lkada
yashashlariga ruhsat bergandi.Ularning eng yoshi ulug’laridan biri xalq orasida
Panor buva nomi bilan tanilgan Vilgelm Penner edi.Vilgelm Penner va
Xudoybergan Devonov Xivadan uncha uzoq bo’lmagan Sho’rko’lga baliq oviga
borganda tanishib qolishadi va qiziquvchan Xudoyberganni uyiga taklif
qiladi.Shu yerda ilk marotaba fotoapparatni ko’radi.Panor buvadan fotoapparatni
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
434
ishlatishni o’rganib oladi va 1903-yildan boshlab Xudoybergan Devonov Xiva
aholisi,hamyurtlarini suratga tushira boshlaydi.
Avvaliga qozikalon Salim oxun Xudoyberganni bu yo’ldan qaytarishga
urinadi.Biroq fotosuratchini har qanday yangilikka qiziqqan Muhammad
Rahimxon II o’z himoyasiga olgan.Hukmdor Xudoyberganga o’zining suratini
olishni buyuradi so’ng uni o’z devoniga ishga oladi.
1907-yilning kuzida Xivaning Islomxo’ja boshliq bir guruh vakillari Sankt-
Peterburgga jo’nab ketishadi.29 yoshli Xudoybergan Devonov Xiva ulamolaring
Peterburgdagi safari,muzokara va ziyofatlarini suratga tushiradi.NikolayII,uning
rafiqasi,shahzoda Aleksey va boshqalar Xudoybergan Devonov olgan suratlarda
o’z aksini topdi.
Tashrif tugagach Xudoybergan Devonov Islomxo’jadan yana bir necha oy
Peterburgda qolishga izn so’raydi.Chunki Nikolay saroyida harakatlantiruvchi
fotokinoapparatni ko’rgan va uni ishlatishni o’rganmoqchi edi.
1908-yilning boshlarida Xivaga yangi fotokinoapparat-
“Pate”,teleskop,grammafon,fotoapparat va surat chop qiladigan qog’oz bilan
talaygina lenta olib keladi va shaxsiy fotolabaratoriya tashkil qildi.Bu
labaratoriya Xorazmda fotokinostudiya vazifasini o’taga.
U “O’rta Osiyo me’moriy yodgorliklari”,”Turkiston ko’rinishlari”,”Xiva va
xivaliklar”kabi qisqa metrajli filmlarni ishlagan.O’z filmlarida
vatanparvarlik,ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari surgan.Xorazm xalqi urf-
odatlari ifodalangan mingga yaqin fotosurat yaratdi.XXSR davrida
maktab,internatlar ochib,unda foto-kino ishlarini olib bordi.
“UZbekistanskaya
pravda”(“O’zbekistn
haqiqati”),”Inqilob
quyoshi”
gazetalarida fotomuxbirlik qilib,Xorazm dalalarida birinchi traktorning paydo
bo’lishi,dehqonlarga yer taqsimlanishi va ommaviy yig’ilishlarga oid ko’plab
fotosurat va kinolavhalar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |