19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
13
Tarixdan ma`lum, ma`naviyatimizning asosiy bo`g`ini bo`lgan musiqiy
madaniyatimiz, an`anaviy qo`shiqlarimiz, maqom ijrochilari hamisha
xalqimizning kundalik hayotida ma`naviy ozuqa sifatida
e’tirof
etib kelingan.
Xalq og`ir kunlarida musiqadan najot izlagan, xursandchilik kunlarida ham
qo`shiq va musiqa ularga hamroh bo`lgan. Zero, bugungi muborak mustaqil
zaminimizda (mustaqillikka erishgan kunimizda) o`zligimizni anglab borayotgan
bir davrda ulkan ma`naviyatimizning bir bo`lagi bo`lgan, ota-bobolarimizdan
meros bo`lib kelgan milliy musiqiy madaniyatimizga suyanish, an`anaviy
qo`shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy holdir. Bularning barchasi barkamol
avlod tarbiyasida, yoshlarning
ma’naviy
dunyoqarashini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta`sir ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lib,
o`quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va
g’oyaviy
- axloqiy tarbiyalashning
muhim vositasidir. Bobomiz Shayx Sa`diy aytgan
edi:” Musiqa
odam ruhining
yo`ldoshidir”. Sharq
allomalari, shayx ul-mashoyixlar musiqa san`tiga yuqori
baho berib, uning inson ruhiga ma`naviy quvvat bo`lib xizmat qilishini alohida
19-son 1
–to’plam dekabr 2021
pedagoglar.uz
14
ta’kidlaganlar. Xususan, Hazrat
Abu Bakr Buxoriy-Kalobodiy (vaf.994-y.) musiqa
tovushlari-
nag’malarni
ta`riflab,ularni “jon
quvvati va
ozig’iturur. Agar
jon
nag’madan
quvvat topsa, o`z maqomi sari ishrof aylaydi,ul maqomi la
mashg’ul
bo`lardi, deb yozadi.
Demak, musiqa insonga
ma’naviy
ozuqa bo
’
lishi bilan birga uni tarbiyalashda
ham ahamiyatli ekan. Chunki, ruhi tetik va barkamol kishi o`zida yaxshi insoniy
fazilatlarni mujassam eta oladi.
Vatandoshimiz Abu Nasr Farobiynig (873-950) bu xususdagi fikri ham
e`tiborlidir: “Musiqa
ilmi shu ma`noda foydaliki, u o`z muvozanatini yo`qotgan
odamlar xulqini tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xulqni mukammal
qiladi va muvozanatda bo`lgan odamlar xulqining muvozanatini saqlab turadi.
Bu ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir. Chunki tana kasal bo`lsa, ruh
so`ladi,tana to`siqqa uchrasa, ruh ham to`siqqa uchraydi. Shuning uchun
ovozlarning ta`siri bilan ruhni
sog’aytirish
yordamida tana
sog’aytiriladi…”
Alloma Abu ibn Sino (980-1037) musiqaning katta tarbiyaviy ahamiyati haqida
aytgan quyidagi so`zlari ham chuqur ma`noga
ega: “Bolaning
mijozini
kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo
’
llamoq kerak. Biri, bolani asta-sekin
Do'stlaringiz bilan baham: |