Gumon yuklamasi ishtirok etgan qatorni belgilang.
A) Bu yerda na ofat, na kulfat, na g‘am. B) Majlis ertaga qoldirilmaydi-yu. C) Bu haqda Shahnozagina biladi. D) Sizni izlab kelgandir.
Bosh kelishik shaklidagi ismlarga qo‘shiladigan ko‘makchilarni aniqlang.
A) yarasha, sayin, doir. B) tomon, bo‘ylab, asosan. C) ko‘ra, so‘ng, sari. D) bilan, kabi, uchun.
Old, ust, ost ko‘makchilari qaysi kelishik shaklidagi ismlarga qo‘shiladi?
A Jo‘nalish B) O‘rin-payt C) Qaratqich D) Tushum
Qaysi gapda ko‘makchi vazifasidagi so‘z qo‘llangan?
A)Men uni tashqarida deb uylabman. B) Sizdan tashqari uning hech kimi yo‘q. C) U ichida unga achindi. D) Bu haqda boshqa odam gapirsin.
Vazifadosh bog‘lovchilar qatorini aniqlang.
A) Va, lekin B) balki, biroq, hamda C)na, chunki, goh. D)bilan, ham, -yu.
Do'stlaringiz bilan baham: |