10-sinf ona tili va adabiyotdan chiqish testi
1.Atamalar faqat bir ma’noda qo’llanilib, o’zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko’rsatishga xizmat qiladigan uslubni aniqlang.
A) badiiy uslub B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) ommabop uslub
2.Axborot berish va ta’sir qilish qaysi uslubning muhim xususiyati hisoblanadi?
A) so’zlashuv uslubi B) publitsistik uslub C) rasmiy uslub D) ilmiy uslub
3.Qanday shakllar adabiy tilga xos?
A) faqat yozma adabiy til B) mahaliy so’zlashuv tili va yozma adabiy til
C) faqat og’zaki adabiy til D) og’zaki adabiy til va yozma adabiy til
4.Qaysi qatordagi gap uslubiy jihatdan xato qo’llangan?
A) Do’stlikni ardoqlash kerak. B) Bolalik uy – bozor, bolasiz uy – mozor.
C) Eshik ochiq bo’lsa ham, so’rab kir. D) Barcha gaplar uslubiy jihatdan to’g’ri qo’llangan.
5.Asosan badiiy uslubga xos bo’lgan izn so’zining sinonimini aniqlang.
A) ixtiyor B) ijozat C) erk D) nishona
6.Ushbu gaplardan qay birida so’z qo’llashdagi uslubiy xatolik mavjud?
A) Chiroyli ashulalar eshitib dam oldik.
B) Zumradning oqilaligi, zukkoligi va suluvligiga kata-kichik maftun bo’ldi.
C) Bu o’rinda sukut saqlash insofdan emas.
D) Anvar uydan chiqib, to’g’ri saroy tomonga ketdi.
7.”Biz, bu dalolatnomani tuzuvchilar…”,”Arizani yozishdan maqsadim shuki…” kabi birikmalar qaysi uslubda ishlatiladi?
A) badiiy uslubda B) rasmiy uslubda C) ilmiy uslubda D) publitsistik uslubda
8.Hurmat ayla oq sut bergan onangni. Ushbu gap qaysi uslubga xos?
A) ilmiy uslubga B) so’zlashuv uslubiga C) badiiy uslubga D) publitsistik uslubga
9.Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta’siriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga estetik ta’sir ko’rsatiladi.
A) publitsistik uslubda B) badiiy uslubda C) rasmiy uslubda D) so’zlashuv uslubida
10.Qanday so’zlar uslubiy betaraf so’zlar hisoblanadi?
A) shevaga xos so’zlar B) faqat so’zlashuv uslubiga xos so’zlar
C) atama va kasb-hunarga xos so’zlar D) barcha uslublarda ishlatiladigan so’zlar
11.”Rustamxon” dostoni qahramoni Rustamxon qaysi shaharda 3 kun podshoh bo’ladi?
A) Oqtoshda B) Bujulda C) Qurudimda D) Chambilda
12.”To’nyuquq” bitiktoshi qahramoni To’nyuquq necha kishini birlashtirib, “shad” unvonini oladi?
A) 700 kishi B) 500 kishi C) 800 kishi D) 600 kishi
13.”To’nyuquq” bitiktoshida tasvirlangan xalq yetakchisi, dono maslahatchi, kuchli va botir sarkarda nomi qaysi qatorda berilgan?
A) To’nyuquq B) Bo’g’u tarxon C) Eltarish xoqon D) Bilga xoqon
14.”Rustamxon” dostonidagi o’ylamay qaror qabul qiladigan, o’zgalarning gapiga ishonuvchan, laqma podsho obrazi qaysi javobda berilgan?
A) Rustamxon B) Sultonxon C) Hasanxon D) Go’ro’gli
15.”Rustamxon” dostonida “Ko’r ko’rni qorong’ida topadi” degan maqolga mos keladigan obrazlar qaysi qatorda berilgan?
A) Momogul maston, kundoshlar B) Huroyim, Oftoboy
C) Rustamxon, Oftoboy D) Qozilar, Sultonxon
16.Shevada uchraydigan buvak so’zi qanday ma’noni anglatadi?
17.Ovoz, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Ushbu sinonimik qatordagi qaysi so’zlar faqat odam ovozini bildiradi?
18.Quyidagi matn qaysi uslubga xos? Yomg’ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog’ini.Tomchining diametri 0,5 – 0,6 mm bo’ladi.Yomg’ir bulutdagi mayda suv zarralarining qo’shilib,yiriklashuvidan hosil bo’ladi.
19.”Rustamxon” dostonida “Tillari bulbulcha, kimki yaxshi desa, shuncha, ikki yuzi ochilgan gulcha, bellari xipcha,o’zi suluv oyimcha”, ta’riflangan qahramon kim?
20.”To’nyuquq” bitiktoshidagi turk xalqi qahramoni To’nyuquq qaysi davlatda voyaga yetdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |