9-sinf uchun geografiyadan test savollari .(1-4)
1. Hindiston, Braziliya va Meksika davlatlari iqtisodiy salohiyatiga ko`ra qanday mamlakatlar guruhiga kiradi?
a) “Ko`chirilgan kapitalizm” b) “Katta yettilik” c) “Neft eksport qiluvchi mamlakatlar” d) “Tayanch mamlakatlar”
2. “Podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi” iborasi (I.A.Vitver) qanday davlatlar uchun xos?
a) federativ b) islom
c) konstitutsiyaviy monarxiya d) mutlaq monarxiya
3. Monarxiya tipidagi davlatni aniqlang.
a) Norvegiya b) Germaniya c) Turkiya d) Italiya
4. Orolda joylashgan davlatni aniqlang.
a) Boliviya b) Livan c) Ruanda d) Yangi Kaledoniya
5. Afrika qit’asiga tegishli bo`lgan davlatni belgilang.
a) Gonduras b) Kipr c) Surixale d) Svazilend
6. Quidagi davlatlardan qaysilari Okeaniyada joylashgan?
a) Maldiv respublikasi b) Trinidad va Tobago
c) Kabo-Verde d) Palau
7. Quyida dengizga bevosita chiqa olmaydigan davlatlarni aniqlang.
a) Niger, Slovakiya b) Chili, Meksika
c) Namibiya, Bruney d) Yaman, Portugaliya
8. Quyidagilardan eng katta hududga ega mamlakatni belgilang.
a) Xitoy b) AQSH c) Kanada d) Braziliya
9. Quyida Xitoy bilan qo`shni bo`lmagan davlatlarni aniqlang.
a) Mo`g`iliston b) Hindiston c) Nepal d) Tailand
10. Markaziy Amerika tarkibiga kiruvchi davlatni aniqlang.
a) Kanada b) AQSh c) Kosta-Rika d ) Kolumbiya
11. Jahonda tabiiy gaz qazib chiqarishda yetakchi bo`lgan davlatlarni belgilang.
a) Rossiya, AQSH b) AQSH, Kanada
c) Buyuk Britaniya, Indoneziya d) Jazoir, Eron
12. Afg`oniston, Niger, Albaniya, Habashiston, Chad davlatlarini umumlashtiruvchi jihatlarini aniqlang.
a) OPEK ga a’zo b) Iqtisodiy jihatdan eng past darajada rivojlangan
c) Afrika davlatlari d) temir rudasiga boy davlatlar
13. Aholining notekis joylashuviga ta’sir etuvchi asosiy omilni toping.
a) iqtisodiy b) tabiiy c) tarixiy d) ijtimoiy
14. Aholi zichligi eng yuqori bo`lgan hududni belgilang.
a) Yevropa b) Avstraliya va Okeaniya c) Janubiy Amerika d) Osiyo
15. Aholi zich joylashuviga imkoniyat yaratuvchi sharoitni aniqlang.
a) cho`llar b) ekvotrial o`rmonlar c) baland tog`lar d) daryo va dengiz bo`ylari
16. Yevropada aholi soni eng ko`p bo`lgan davlatni toping.
a) Fransiya b) Germaniya c) Bolgariya d) Ispaniya
17. Efiopiya va JARda qanday din muhim rol o`ynaydi?
a) islom b) xristian c) buddaviy d) intoizm
18. Jahonda jami aholining necha % i (2001-y) shaharlarda yashaydi?
a) 35 % b) 73 % c) 91 % d) 47 %
19. ”Millioner shaharlar“ soni 2000-y.da qanchadan oshib ketdi?
a) 50 b) 100 c) 60 d ) 400
20. Bosvash, CHIPITS megapolislari qaysi mamlakatda joylashgan?
a) Kanada b) AQSH c) Yaponiya d) Rossiya
21. Jahonda neftga eng boy bo`lgan hududni aniqlang.
a) Shimoliy Yevropa b) Fors qo`ltig`i c) O`rta Osiyo d) Janubiy-Sharqiy Osiyo
22. Sanoatda band ishchi va xizmatchilar soniga ko`ra jahonda qaysi mamlakat yetakchi o`rinda turadi?
a) Xitoy, AQSH b) Rossiya, Hindiston c) Xitoy, Turkiya d) Eron, Indoneziya
23. Eng ko`p ko`mir qazib chiqaruvchi (2004-yil hisobiga) davlat qaysi?
a) Xitoy b) Avstraliya c) Rossiya d) JAR
24. Ko`mirni eng ko`p import qilib oluvchi davlat qaysi?
a) O`zbekiston b) Ukraina c) Yaponiya d) Polsha
25. Jahon elektroenergetikasida GESlar salmog`i qancha?
a) 80 % b) 50 % c) 70 % d) 20 %
Savol
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
Javob
|
D
|
C
|
A
|
D
|
D
|
D
|
A
|
C
|
D
|
C
|
A
|
B
|
B
|
A
|
D
|
B
|
B
|
D
|
D
|
B
|
B
|
A
|
A
|
C
|
D
|
Do'stlaringiz bilan baham: |